Yurak auskultatsiyasi, normal va patologik shovqinlar
Auskultasiyaning umumiy qoidalariga - ko’krak qafasining yetarli ochiqligi va tinchlikni taminlash (xona
va bemor)kiradi.
Xususiy qoidalaridan quyidagilarga axamiyat berish lozim - bemorni yuragi xar-xil vaziyatida
eshitiladi.Odatda vrach bemorning o’ng va old tarafida joylashadi.
Yurak klapanlari joylashgan yerlarining proeksiyasi:
a) Mitral klapan, chap tomonda III qovurg’aning to’sh suyagiga tutashgan joyga to’g’ri keladi.
b) Uch tavaqali klapan, chapdan III va V qovurg’aning to’sh suyagiga birlashgan yerining o’rtasida
joylashgan.
v) o’pka arteriyasi klapanlari, to’sh suyagining chap tomonida II qovurg’a oralig’ida joylashgan.
g) Aorta klapan, III qovurg’ani chap va o’ng tomonidan to’sh suyagiga birlashgan yerining o’rtasida
joylashagan.
Yurakning eshitish nuqtalari quyidagicha:
I. mitral klapan – yurak cho’qqisida.
2. Uch tavaqalari klapan – qilichsimon o’simtaning asosida.
3. O’pka arteriyasi klapan – to’sh suyagining chap tomonida III qovurg’a orlig’ida eshitiladi.
4. Aorta klapan – II qovurga oralig’ida to’sh suyagining o’ng qirrasida eshitiladi.
Yurakning eshitish tartibi:
Mitral klapan, aortal klapan, o’pka alteriyasi klapani, uch tavaqali klapan, Botkin nuqtasi.
Yurak tonlarining komponentlari.
Sog’lom odamda, barcha eshitish nuqtalarida ikkita ton, ritmik kaytalanuvchi ton eshitiladi.
I ton sistolik deb ataladi, chunki sistola fazasida, paydo bo’ladi.
I ton bir necha komponentlardan iborat: Klapan komponenti, mushak komponenti, tomir komponenti,
bo’lmacha komponenti.
II ton diastola fazasida tashkil topadi va shuning uchun diastolik ton deb ataladi.
ll ton ikkita komponentdan iborat: klapan komnonenti (aorta va o’pka) komponenti.
Tonlarning xususiyati.
Tonlarning farqli belgilari deb quyidagilar xisoblanidi:
I ton – sistolik, yurak cho’qqisida va xanjarsimon o’simtaning ostida aniq eshitiladi, davomiyroq, yurak
cho’qqisining turtkisi bilan to’g’ri keladi.
II ton – diastolik, yurak asosida yaxshi eshitiladi, qisqaroq.
Soglom odamlarda ikkala tonlarni kuchayishi, Ko’krak qafasi ingichka odamlarda va jismoniy
zo’riqishda, psixik qo’zg’alishlarda ro’y beradi.
Ikkala tonlarni pasayishi, Ko’krak qafasining muskullari kuchli rivojlanganda yoki teri osti yog qatlami
kattalashganda bo’ladi.
II tonni II qovurg’a oralig’ini chap tomonida kuchayishi - kichik qon aylanish doirasida qon bosimini
ko’tarilishini belgisi deb xisoblanadi.
II tonni II qovurg’a oralig’ini o’ng tomonida kuchayishi - katta qon aylanish doirasida qon bosimi
ko’tarilishini belgisi xisoblanadi va aterosklerozda ham yuz beradi.
I tonni yurak cho’qqisida kuchayishi - ko’proq mitral stenozda va taxikardiyada kuzatiladi.
I tonni yurak cho’qqisida pasayishi - miokardit, kardioskleroz va 2 va 3 tavaqali klapan paroklarida
kuzatiladi.
II tonning aorta nuqtasida pasayishi - aorta paroklarida uchraydi.
II tonning o’pka arteriyasi nuqtasida pasayishi - o’pka arteriyasi klapanlarining paroklarida uchraydi.
Shu bilan birga tonlarning ikkiga bo’linishi ajralishi kuzatiladi. Bu bo’linish va ajralish bir jarayonning ikkita
bosqichi hisoblanadi. Agar ikkiga bo’lingan tonlar alohida eshitilmasa bu xolat ajralish xisoblanadi.
1-chi tonning bo’linishi yurakda patologik jarayon ro’y berganini bildiradi.
II tonning bo’linishi ko’proq uchraydi - U mitral stenozda uchraydi ,kichik qon aylanish doirasida bosim
oshganda, chap II qovurg’a oraligida eshitiladi, aortal bosim oshganda o’ng II qovurg’a oraligida eshitiladi.
Ayrim vaqtlarda tonning ikkiga bo’linishi qo’shimcha ton paydo bo’lishi bilan bog’liq. Masalan: mitral
klapan ochilishidagi qushimcha ton, "bedana ritmini" eslatadi.
Shuningdek 3 tali ritm chap qorinchaning miokardi bo’shashganda paydo bo’ladi va "galop ritmini" eslatadi.
Yurak shovqinlari. Shovqinlarning tasnifi va paydo bo’lish omilliri.
Yurak auskultasiyasida ularni eshitilish xarakteriga, optimal eshitish nuqtasiga, shovqinning xarakteriga,
yonaluvchanligiga, shovqinning tonlar bilan nisbatiga ahamiyat beriladi,.
Yurak nuqsonlarida sistolik shovqinlar 2 va 3 tavaqali klapanlar yetishmovchiligida, aorta va o’pka
arteriyasi og’ir stenozida paydo bo’ladi.