Xirurgik kasalliklar


INGICHKA ICHAK KASALLIKLARI



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

INGICHKA ICHAK KASALLIKLARI 
 
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar 
Ingichka ichak me’da-ichak sistemasining eng uzun, tor va xarakatchan 
qismidir. U me’daning pilorik qisqichi sohasidan boshlanadi va ko’r ichakka 
quyilib, ileotsekal burchak hosil qiladi. Distal qismida ingichka ichakning 
chegarasi Baugin to’sig’i bo’lib, u erda ingichka ichak uchi ko’r ichak bilan 
tutashgan bo’ladi. Ushbu bo’limda och ichak va yonbosh ichakning anatomik-
fiziologik xususiyatlari va kasalliklari haqida so’z yuritiladi. Bu ikkala 
ichakning uzunligi umuman olganda 5-7 m ga yaqin bo’lib, ular o’rtasida aniq 
chegara bo’lmaydi (77-rasm). 
77-rasm. Ingichka va yo’g’on ichak topografiyasi. 
1 – katta charvi, 2 – ko’ndalang chambar ichak, 3 – ingichka ichak, 4 – pastga tushuvchi 
chambar ichak, 5 – sigmasimon ichak, 6 – ko’r ichak, 7 – yuqoriga ko’tariluvchi 
chambar ichak. 


359 
Ingichka ichak asosan mezo- va gipogastriy sohasini egallab turadi, o’z 
shakli va vaziyatini doimo o’zgartiradi, intraperitoneal joylashgan bo’ladi, qorin 
pardasining ikkita varag’idan tashkil topgan uzun o’z ichak tutqichi bo’lib, u 
ichakni qorin orqa devoriga taqab turadi. Ichak tutkich bag’rida yog’ 
kletchatkasida limfatik va qon tomirlar, nervlar o’tadi. Ingichka ichak yuqori 
ichak tutqich arteriyasining birinchi yarim doirasidan chiqadigan 16-22 ta 
intestinal tarmoqlar orqali qon bilan ta’minlanib, bu arteriyalar o’zaro birinchi 
va ikkinchi tartibdagi arterial ravoqlarini hosil qiladi. Keyingilaridan ichak 
devoriga to’g’ri kalta arteriyalar chiqadi. Qon qopka (darvoza) vena 
shakllanishida qatnashadigan yuqori ichak tutkich venasi sistemasiga qarab oqib 
ketadi. Innervatsiyasi yuqori ichak tutqich chigalidan chiqadigan simpatik va 
parasimpatik nervlar hisobiga amalga oshiriladi. 
Ingichka ichak funktsiyasi murakkab – bu sekretor, motor, endokrin, shira 
ajratish va so’rish faoliyatlaridir. Ingichka ichak devori uchta qavatdan iborat 
bo’lib: seroz, mushak va shiliq qavatlarni tashkil etadi. Shilliq va mushak 
qavatlar orasida rovoq biriktiruvchi to’qima bo’ladi. Shilliq parda bir qavatli 
tsilindrsimon epiteliy bilan
 
qoplangan va qo’shimcha ravishda biriktiruvchi 
plastinka va mushak qatlamidan iborat. Shilliq pardaning boshidan oxirigacha 
ko’p sonli doirasimon o’ziga xos ko’rinish beradigan burmalari bo’ladi. Shillik 
pardaning butun yuzasi balandligi 0,5 dan 1,5 mm gacha bo’lgan (soni 4 mln 
dan ortiq) tukchalar bilan qoplangan. Tukchalar orasida ichak shirasi ajratadigan 
ichak kriptalari bo’ladi. Ichak shilliq pardasining so’radigan yuzasi 10 m
2
dan 
ortiq bo’ladi va inson tanasining yuzasidan bir necha baravar oshadi. 
Ingichka ichakning shiliq pardasi bir kecha-kunduzda turli-tuman 
fermentlarni saqlaydigan 2 l gacha shira ishlab chiqaradi. Bular: ovqat ximusini 
monosaxaridlar, yog’ kislotalar va aminokislotalargacha parchalaydigan 
enterokinaza, ishqoriy fosfataza, nukleaza, pepsinlar, lipaza, saxarozalar bo’lib, 
ichak shiliq pardasidan parchalangan ovqat tarkibida yana so’riladi. Ingichka 
ichak suv, elektrolitlarning so’rilish jarayonida muhim ahamiyatga ega va uning 


360 
bu faoliyati gomeostazni quvvatlab turishda jiddiy ahamiyatga ega. Bu 
funktsiyalarni turli patologik holatlarda (yallig’lanish, tutilib qolish, ichak 
oqmalari, katta rezektsiyalar va hazm qilishda ayrim qismlarning chiqib qolishi 
va hokazo) buzilishlari suv-elektrolit balansi, metabolizmning jiddiy izdan 
chiqishiga olib keladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish