356
sohada burmalarini yo’qotadi, shaklsiz bo’lib qoladi (xavfli relef), burmalar
parchalanganda «uzilish» belgi aniqlanadi.
Biopsiya olish bilan amalga oshiriladigan gastroskopiya
saratonning erta
turlarini aniqlashda va o’smani morfologik turini aniqlashda muhim rol
o’ynaydi. Me’da saratoni diagnozi ko’yilgandan so’ng bemorni jarrohlik usulda
davolash haqidagi muammoni hal etish lozim. Bemorlarni umum klinik
tekshirganda uzoq metastazlar bor yoki yo’qligi aniqlanadi. Uzoq metastazlar
to’g’risida aniq ma’lumotlar bo’lmasa, me’da saratonining ko’shni a’zolarga
o’tganligini, jigardagi metastazlarni, qorin bo’shlig’i kantseromatozini aniqlash
maqsadida biopsiya bilan laparoskopiya, jigar, me’da
osti bezini ultratovush
skanerlash va kompyuter tomografik tekshiruvlari o’tkaziladi.
Davolash jarrohlik usulida: me’da saratoni jarrohlik amaliyotiga absolyut
ko’rsatma bo’lib hisoblanadi. Me’da rezektsiyasi yoki gastrektomiya radikal
usul hisoblanadi. Jarrohlik amaliyotining radikalligi quyidagilarda namoyon
bo’ladi: 1) me’dani, o’n ikki barmoqli ichakni va qizilo’ngachni sog’lom
to’qima sohasida kesish, 2) saraton joylashgan soha va metastazlar bo’lishi
mumkin bo’lgan sohadagi limfa tugunlarini (1 va 2 tartibli)
birgalikda olib
tashlash. Jarrohlik amaliyotiga qarshi ko’rsatmalar onkologik va umumiy
bo’lishi mumkin. Jigarda, o’pkada, o’mrov usti sohasi limfa tugunlarida uzoq
metastazlar borligi, katta astsit borligi, Shnitsler va Krukenberg metastazlari
borligi, 3- va 4-tartibli, ya’ni me’da bilan birgalikda olib bo’lmaydigan
limfa
tugunlarida gistologik tasdiqlangan metastazlar borligi jarrohlik amaliyotiga
qarshi ko’rsatma bo’lib hisoblanadi. Umumiy xarakterdagi qarshi
ko’rsatmalarga kaxeksiya, og’ir hamroh kasalliklar kiradi.
Radikal jarrohlik amaliyotlarining asosiy turlari: 1) me’dani distal subtotal
rezektsiyasi, 2) gastrektomiya, 3) me’dani proksimal subtotal rezektsiyasi.
Me’dani distal subtotal rezektsiyasi piloroantral sohasi ekzofit o’smasi
proksimal yo’nalishda me’da burchagidan yuqoriga tarqalmaganda bajariladi.
Me’da bilan birgalikda katta va kichik charvi, ikkala egriliklar bo’yicha, piloris
atrofida va chap me’da arteriyasi bo’ylab joylashgan limfatik tugunlari olib
357
tashlanadi. Amaliyot gastroenteroanastomoz qo’yish bilan tugallanadi.
Ko’pincha Bilrot-II usuli qo’llaniladi. Ekzofit o’sma me’da
tanasida
joylashganida, total jarohatlanganda va joylashgan sohasidan kat’iy nazar
infiltrativ o’smalarda gastrektomiya amaliyoti bajariladi. Me’da bilan birgalikda
deyarli butun katta va kichik charvi, me’da-talok bog’lami, parakardial va
paraezofageal yog’ to’qimalari ham olib tashlanishi shart. O’smaning ekzofit
turida qizilo’ngach o’sma paypaslangan joy yuqori chegarasidan 3 sm,
infiltrativ turida 5-6 sm yuqorida kesilishi shart. Amaliyot qizilo’ngach va
me’da anastomoz qo’yish bilan tugallanadi. O’sma qo’shni a’zolarga o’sib
kirganda va uzoq metastazlar bo’lmaganda qo’shma jarrohlik amaliyotlari, ya’ni
me’dani subtotal rezektsiyasi yoki a’zoni butunlay
yoki bir qismi rezektsiyasi
bilan birgalikda qilinadigan gastrektomiya amaliyotlari bajariladi. Palliativ
jarrohlik amaliyotlarini ularning xavfi kam bo’lganda amalga oshiriladi.
Me’daning palliativ ⅔ yoki ¾ qismi rezektsiyasi me’dadan chiqish qismi
o’smasida, parchalanuvchi va qonayotgan o’smani qon ketish manbai sifatida
bemor xayotiga xavf solganda bajariladi. Palliativ jarrohlik amaliyoti bajarish
mumkin bo’lmagan
holatlarda, me’dadan chiqish qismi stenozlanuvchi
saratonida gastroeyunoanastomoz yoki eyunostoma qo’yish amaliyoti, me’da
proksimal qismi saratonida va disfagiyada gastrostoma yoki eyunostoma qo’yish
amaliyoti bajariladi.