361
borligi qayd qilinadi. Bu klinik jihatdan o’tkir yoki surunkali ichak tutilishi
belgilari, ba’zan esa qorin bo’shlig’i a’zolarining boshqa patologiyasi belgilari
bilan o’tadi. Bosh diagnostik usul rentgenologik usul hisoblanadi.
Bolaning ona qornidagi rivojlanish davrida, ichak naychasini o’t pufagi
bilan tutashtirib turadigan o’t yo’lining o’sib
etilmaganligi embriogenez
buzilishlari natijasida shunga olib keladiki, bu yo’l boshidan oxirigacha ochiq
qoladi va bu holda ichak bilan kindik o’rtasida muayyan sohada oqma bo’ladi,
bu esa o’z navbatida yopiq bo’shliq hosil bo’lishiga olib keladi.
Ingichka ichak devori oldida joylashgan o’t yo’lining bir qismigina o’sib
etilmagan hollarda (qolgan xamma joyda to’liq obliteratsiya bo’lganda)
divertikul hosil bo’ladi. Uni tasvirlab bergan muallif Mekkel (1811) sharafiga,
Mekkel divertikuli deb yuritiladi. Odatda bu divertikul ileotsekal burchakdan 1-
1,5 m masofada joylashadi, uning diametri 0,5-1 sm, uzunligi 1 dan 12 sm gacha
etadi va bu holat aholining 2% da qayd qilinadi. Ularning 95% da esa
divertikulning yallig’lanishi, yaralar paydo bo’lishi
yoki uning perforatsiyasi,
qon oqishi kabi asoratlarda o’zini namoyon qilmaydi. Divertikulning o’tkir
yallig’lanishi (divertikulit) kataral, flegmonoz, gangrenoz (perforatsiyali yoki
perforatsiyasiz) bo’lishi mumkin. Bunda qorinda og’riq, ko’ngil aynishi, tana
haroratining ko’tarilishi, et junjikishi, peritoneal simptomlar bo’lishi kuzatiladi.
Ob’ektiv tekshirganda – mushak tarangligi va o’tkir appenditsitga xos boshqa
belgilar kuzatiladi. Diagnostik xatolarga ko’pincha shu sababli yo’l qo’yiladi.
Divertikul shiliq pardasining yarasi, yallig’lanish
natijasi sifatida yoki
me’da shiliq pardasining ektopirlangan sohasi ajratadigan xlorid kislotasining
ta’siri ostida paydo bo’ladi. Klinik belgilari – o’rtacha og’riqlar, aksariyat qon
ketish, hatto profuz qon ketish bilan kuzatiladi.
Divertikul perforatsiyasi (yallig’lanish, yara, gangrena, axlat yoki o’t
suyuqligi toshidan yoki yot jismdan yotoq yara natijasi) sababli amalda hech
qachon operatsiyaga qadar aniqlanmaydigan peritonit bilan o’tadi.
Mekkel surunkali divertikuli qorin bo’shlig’ida
bitishma jarayoni avj
olishiga, ichak tutilib qolishi hodisalariga olib keladi (ichak buralishi,
362
invaginatsiyasi). Qon ketishi, perforatsiya, yallig’lanish,
ichak tutilib qolishi
sababli qilinadigan operatsiya vaqtida tasodifan topilgan divertikulni davolash
divertikulni kesib, keyin teshikni ikki qatorli choklar bilan tikishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: