364
bajariladigan va shuning bilan birga eng murakkab
amaliyotlaridan biri
hisoblanadi.
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar
Chuvalchangsimon o’simta ko’richakning orqa-medial devoridan uzunasiga
ketgan uchta mushaklar uchrashgan joydan chiqadi. U turli holatni egallab,
uzunligi 6-16 sm, diametri esa 5-9 mm bo’lgan yopiq tsilindr shakliga ega
bo’ladi. Yoshi o’tgan organizmda o’simta kichrayadi,
devorlari sklerotik
o’zgarishlarga uchraydi, natijada uning bo’shlig’i torayib, hatto yo’qolib ketishi
kuzatiladi.
Chuvalchangsimon o’simta odatda o’ng yonbosh sohasida joylashib, qorin
bo’shlig’ida pastga va medial tomonga yo’naladi, ba’zan esa kichik chanoq
sohasigacha tushishi mumkin. O’simta ko’richakdan medial va lateral
yo’nalishda yuqoriga ham ko’tarilishi mumkin, ba’zan esa o’t pufagigacha etadi.
Aksariyat hollarda, chuvalchangsimon o’simta ko’richak
orqasida va hatto
retroperitoneal joylashgan bo’ladi. Ba’zida, o’simtani yuqorida – jigar ostida,
yoki pastda – kichik chanoq bo’shlig’ida – joylashishi kuzatilishi mumkin.
Ko’pchilik hollarda ko’richak parietal qorin parda bilan har tomonlama o’ralgan
bo’ladi, lekin ba’zi holatlarda mezoperitoneal joylashgan bo’lib, kam
harakatchang yoki umuman harakatsiz holda bo’ladi. Ba’zida chuvalchangsimon
o’simtaning tug’ma bo’lmaslik hollari ham uchraydi, lekin bu turdagi hodisalar
kamdan kam hollarda bo’ladi.
Chuvalchangsimon o’simtaning retrotsekal joylashishi, 9-25 % holatlarda
kuzatiladi. Retrotsekal o’simta joylashishining 3 turi farqlanadi:
qorin parda ichida joylashishi;
qorin devori ichida joylashishi;
qorin orti bo’shlig’ida joylashishi.
Retrotsekal joylashgan chuvalchangsimon o’simta, ko’pchilik hollarda uzun
bo’lib, o’zining uch qismi bilan jigar, buyrak, o’n ikki barmoqli ichak, umurtqa
pog’onasi, siydik nayi, tuxumdon, siydik pufagigacha borishi mumkin. Bunday
365
holatlarda yallig’lanish jarayoni yuqoridagi sanab o’tilgan a’zolarga o’tib, o’tkir
appenditsit tashxisini aniqlashni mushkullashtiradi.
78-rasm. Chuvalchangsimon o’simtaning joylashuvi.
Embriogenez jarayonida ko’richak epigastral sohadan o’ng
yonbosh
sohasiga tushadi. Embrional rivojlanishdagi nuqsonlar natijasida embrional
ichak va chuvalchangsimon o’simta jigar ostida bo’lishi mumkin.
Chuvalchangsimon o’simtaning qon bilan ta’minlanishi appendikulyar arteriya
(a. appendicularis) orqali amalga oshiriladi, u o’z
navbatida yonbosh-chambar
arteriyadan boshlanadi. Qon yonbosh-chambar venaga quyiladigan
appendikulyar vena bo’ylab oqib ketadi.
Chuvalchangsimon o’simta innervatsiyasi simpatik va parasimpatik nerv
chigallari tomonidan amalga oshiriladi. Chuvalchangsimon o’simtaning o’zida
limfoid to’qima tutgan ko’p sonli solitar follikulalar bo’lib, bu to’qima to’siq
faoliyatini bajaradi.
Bugungi kungacha, chuvalchangsimon o’simtaning
funktsional
xususiyatlari oxirigacha to’liq o’rganilmagan. Bu rudimentar, hech kanday
vazifani bajarmaydigan a’zo, degan ba’zi olimlarni tushunchasi hozirgi kunda
asossiz hisoblanadi.
Chuvalchangsimon o’simta faoliyati:
366
Shilliq qavatida ishlab chiqariladigan suyuqlik
tarkibida amilaza va
lipaza bo’lib, ovqat hazm qilish jarayonida ishtirok etadi.
Takibida ko’p miqdorda limfatik follikulalar bo’lib, himoya vazifasini
bajaradi.
Tarkibida
peristaltikani
kuchaytiradigan
gormon
bo’lib,
chuvalchangsimon o’simta holati reflektor ravishda me’da, o’n ikki
barmoqli ichak va boshqa a’zolarga ta’sir qiladi.
Demak, yuqoridagilarga asoslangan holda quyidagi hulosa kelib chiqadi:
chuvalchangsimon o’simta inson organizmida ma’lum vazifani bajaruvchi zarur
a’zolardan biri bo’lib, faqatgina patologik o’zgarishlar mavjud bo’lgandagina
uni olib tashlash to’g’ri bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: