Xirurgik kasalliklar


Differentsial diagnostika



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Differentsial diagnostika. 
O’tkir appenditsit kasalligining differentsial 
diagnostikasida barcha kasalliklarni 5 guruhga bo’linadi: 
1.
Qorin bo’shlig’i a’zolarining o’tkir kasalliklari bilan: me’da va o’n ikki 
barmoqli ichak yara kasalligi xuruji yoki asoratlari; o’tkir xoletsistitning ba’zi 
turlari, o’tkir pankreatit, o’tkir enterit, terminal ileit (Kron kasalligi), kolit, 
gastrit, o’tkir ichak tutilishi, o’tkir toksikoinfektsiyalar, tifoparatifoz infektsiya, 
Mekkel divertikulining yallig’lanishi, gemorragik kapillyarotoksikoz (Shenleyn-
Genox kasalligi) va boshqalar. 
2.
Kichik chanoq bo’shlig’i a’zolari kasalliklari bilan: ayollar jinsiy 
a’zolarining o’tkir, xuruj qilgan surunkali yallig’lanishlari va asoratlari, 
bachadondan tashqari homiladorlik, ayollar jinsiy a’zolarining xavfsiz va xavfli 
o’smalari va boshqalar. 
3.
Qorin orti qismida joylashgan a’zolar kasalliklari
 
bilan: buyrak 
sanchig’i, o’tkir va surunkali pielonefrit, siydik-tosh kasalligi, tsistit, o’tkir, 
surunkali glomerulonefrit va boshqalar. 
4.
Plevra bo’shlig’i a’zolari kasalliklari
 
bilan: o’ng tomonlama eksudativ 
plevrit va pnevmoniyaning ba’zi turlari, o’pka tuberkulezi va boshqalar. 


372 
5.
Yurak va qon tomir kasalliklari
 
bilan: yurak miokardi infarktining 
abdominal turi va boshqalar. 
O’tkir appenditsitning atipik kechishi 
Yallig’lanishga uchragan chuvalchangsimon o’simta retrotsekal 
joylashganda o’tkir appenditsit kasalligi, aksariyat hollarda tipik (xos) klinik 
manzarasi aniq yuzaga chiqqan holda o’tadi. Og’riqlar odatda, o’ng yonbosh 
sohasida paydo bo’lib, keyinchalik o’ng chov sohasiga va son sohasiga 
irradiatsiya qiladi (beradi). O’simtaning ko’richak orqasida joylashganligi 
hisobiga bemorlarda mushak taranglanishi belgisi, hatto gangrenoz o’simtada 
ham umuman namoyon bo’lmaydi. Pti uchburchagida og’riq qayd qilinadi. 
Pasternatskiy simptomi musbat bo’lishi mumkin. Yallig’lanish jarayoniga qorin 
orqasidagi kletchatkaning tortilishi oqibatida siydikda ko’pincha eritrotsitlar 
topiladi va dizurik hodisalar bilan o’tishi mumkin. O’ng oyoqning bukilgan 
kontrakturasi kabi belgilar bilan o’tadi va oyoq yozilganda Pti uchburchagi 
sohasida og’riq qayd qilinadi (Koup simptomi). 
Chuvalchangsimon o’simta chanoqda joylashganda ham o’tkir appenditsit 
klinik manzarasi atipik holatda o’tadi. Odatda, og’riq unchalik ifodalanmagan, 
asosan qov ustida bo’ladi, dizurik hodisalar bilan o’tadi. Aksariyat hollarda, ich 
ketish, tenezmlar kuzatiladi, mushaklarning himoya taranglanishi ham ba’zan 
ifodalangan bo’ladi. Chuvalchangsimon o’simta kichik chanoqda joylashganda 
rektal va vaginal tekshirish Duglas kengligida og’riq va infiltratni aniqlashga 
yordam berib, o’tkir appenditsit diagnostikasida katta ahamiyatga ega bo’ladi. 
Chaqaloqlar hayotining birinchi yillarida o’tkir appenditsit kasalligi 
kamdan kam hollarda uchraydi va uning yuzaga kelishida quyidagi faktorlar 
sabab bo’ladi: 

ko’richak va chuvalchangsimon o’simta shaklining konussimon bo’lishi 
va uning tarkibidagi moddalar evakuatsiyasini tezlashishi; 

o’simta limfoid apparatining yaxshi rivojlanmaganligi; 


373 

ovqatlanish hususiyatlariga ko’ra (odatda bu yoshda bolalar dag’al 
ozuqa iste’mol qilmaydi).
Biroq, o’tkir appenditsit kasalligi yosh bolalarning barcha yoshida 
kuzatilishi mumkin. Bolalik yoshida o’tkir appenditsit kasalligining kechishi, 
ular chuvalchangsimon o’simtasida destruktiv jarayonlarning tez va shiddat 
bilan rivojlanishidan ko’pincha peritonit asorati kelib chiqadi. Klinik 
manzarasida esa, asosan quyidagi simptomlar: o’qtin-o’qtin og’riq bo’lishi, ko’p 
marta qayt qilish, ich ketish ustunlik qiladi. Tana harorati ko’pincha yuqori (39-
40°C) darajalarga ko’tariladi va og’ir intoksikatsiya belgilari bilan ifodalangan 
bo’ladi. Kasallik ko’pincha shiddat bilan kechadi, ba’zan esa o’tkir zaharlanish 
yoki o’tkir gastroenterit klinik manzarasiga o’xshab ketadi. 
Keksalarda chuvalchangsimon o’simta, odatda atrofiyaga yoki sklerotik 
o’zgarishlarga uchraydi, uning hajmi kichrayadi, limfoid apparatining 
xususiyatlari yo’qoladi. Bunga keksa bemorlarda bo’ladigan areaktiv holat ham 
inobatga olinsa, ularda o’tkir appenditsit kasalligi klinik kechuvining birmuncha 
sust o’tishi tushunarli bo’ladi. Keksa bemorlarni qorindagi og’riq kamroq 
bezovta qiladi, mushaklarning himoya taranglashuvi belgisi deyarli bo’lmaydi, 
qorin pardasining ta’sirlanishi sust yuzaga chiqqadi yoki umuman bo’lmaydi, 
ba’zan gangrenoz appenditsitda ham aniqlanmaydi. Tana harorati normal yoki 
subfebril. Leykotsitlar miqdori oz darajada oshgan, leykotsitar formulaning 
chapga surilishi ham kam sezilarli darajada qayd etiladi. 
Demak, yoshi ulug’ va keksa bemorlarda o’tkir appenditsit anchagina farq 
bilan o’tadi va chuvalchangsimon o’simta tomirlarining sklerozi natijasida, 
uning destruktsiyasi birmuncha tezroq rivojlanadi. Bemorlar ko’pincha klinikaga 
kechikkan muddatlarda, asoratlar rivojlanib bo’lgandan keyingina keltiriladilar. 
Homilador ayollarda o’tkir appenditsit kasalligining klinik kechuvi 
homiladorlikning birinchi yarmi mobaynida odatdagi (tipik) kechuvdan deyarli 
farq qilmaydi. Homiladorlikning ikkinchi yarmida esa, xomilasi bor 
bachadonning kattalashgani, yuqori va yon taraflarga kengayganligi hisobiga
umuman qorin bo’shlig’i a’zolarining, jumladan ko’richak va chuvalchangsimon 


374 
o’simtaning yuqoriga surilishi kuzatiladi va shu sababli kasallikning klinik 
kechishi anchayin o’zgaradi. Og’riqlar o’ng yonbosh sohasidan yuqoriroqda 
joylashgan bo’lishi mumkin. Bachadon kattalashganligi sababli
 
Sitkovskiy, 
Bartome-Mixelson, Rovzing simptomlari yaxshi aniqlanmasligi yoki manfiy 
bo’lishi mumkin. Aksariyat homilador ayolarda o’tkir appenditsit kasalligi tez 
va shiddat bilan rivojlanib, odatdagidan ilgariroq asoratlarga olib kelishi 
mumkin. Shu sababli, homilador ayollarda o’tkir appenditsit kasalligi belgilari 
qayd etilganda, barvaqtroq jarrohlik amaliyotini o’tkazish zarur bo’ladi. Albatta, 
bu bemorlar amaliyot jarayonida va undan keyingi davrda ginekolog nazoratida 
bo’lib, xomilani saqlab qolish (xavf solayotgan bola tashlash) uchun barcha 
chora-tadbirlar qo’llanilishi lozim bo’ladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish