Xirurgik kasalliklar


O’tkir appenditsit asoratlari



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
O’tkir appenditsit asoratlari
Appendikulyar infiltrat (chegaralangan peritonit) – ingichka ichak 
qovuzloqlari, katta charvi, yo’g’on ichakning bir-biri va parietal qorin pardasi 
bilan qo’shilib ketgan birgalikdagi yallig’lanishi bo’lib, uning markazini 
yallig’langan chuvalchangsimon o’simta va atrofida yig’ilgan ekssudat tashkil 
etadi. Uning vujudga kelishi negizida, inson organizmining qorin bo’shlig’ida 
joylashgan biror-bir a’zosida yallig’lanish jarayoni paydo bo’lsa uni chegaralash 
yoki cheklash maqsadida, unga boshqa a’zolarning kelib yopishishi yotadi. 
Odatda bu jarayon, kasallik boshlanishining 3-4 sutkasidan boshlab
yallig’langan chuvalchangsimon o’simtaga yaqin joylashgan barcha a’zolar uni 
o’rab oladi va appendikulyar infiltrat shakllanadi. Kuchli og’riqlar bu jarayon 


377 
boshlanishi bilan bosilib, simillaydigan holga o’tadi. Qorin paypaslab 
ko’rilganda, o’ng yonbosh sohasida zich-elastik konsistentsiyali o’smasimon 
tuzilma aniqlanadi. Odatda u harakatsiz, chanoq kletchatkasi bilan qo’shilib 
ketgan bo’ladi. Appendikulyar infiltrat operatsiyaga birdan-bir monelik 
qiladigan hol hisoblanadi va muolaja yo’li bilan davolanadi. Uning kechuvida 
asosan 2 yo’nalish mavjud bo’lib, so’rilib ketishi yoki yiringlashi mumkin 
bo’ladi.
Shuni aniqlash maqsadida, har kuni bemorga ultratovush yordamida 
tekshiruvlar o’tkazib turish lozim bo’ladi. Maqsadga muvofiq o’tkaziladigan 
antibakterial muolaja (antibiotiklar va sulfanilamid preparatlari) tayinlangandan 
keyin, tana harorati asta-sekin pasayadi, infiltrat o’lchami kichrayadi, 
leykotsitlar miqdori normaga keladi. Boshdan kechirilgan appendikulyar 
infiltratdan keyin bemorlarni 3 oydan keyin surunkali appenditsit bor bemorlar 
sifatida operatsiya kilinadi. 
Appendikulyar abstsess – appendikulyar infiltratda yallig’lanish 
jarayonining yiringlashga o’tishi bilan izohlanadi. Bunda, appendikulyar 
infiltratni konservativ davolashga qaramay, bemor ahvol yomonlashadi, tana 
harorati, ayniqsa kechqurunlari yuqori bo’ladi. Infiltrat sohasidagi og’riq 
kuchayadi, paypaslaganda u yumshoqroq holga o’tadi, uning chegaralarida 
noaniqlik paydo bo’ladi. Qon tahlilida leykotsitoz ortishi qayd etiladi. Bunda 
yiringlikni (abstsess), iloji boricha qorin bo’shlig’iga tarqatmasdan, tashqariga 
ochish va uni drenajlash zarur bo’ladi. 
O’tkir appenditsitning eng xavfli asorati tarqalgan yiringli peritonit 
hisoblanadi, u gangrenoz-perforativ appenditsitda yoki appendikulyar 
abstsessning qorin bo’shlig’iga yorilganida kelib chiqishi mumkin. Bu holatda, 
qorindagi og’riq tarqalgan xususiyatga ega bo’lib, qorin nafas olish jarayonida 
faol ishtirok etmay qo’yadi. 
Peritonitning boshlang’ich davrida mushaklar butun qorin bo’ylab 
taranglashadi, qorin pardasining ta’sirlanishi (Shyotkin-Blyumberg simptomi) 
keskin ifodalangan bo’ladi. Bemorning tili va og’iz bo’shlig’ining shilliq 


378 
qavatlari quriydi, tili oqish rangda qoplangan bo’ladi. Perkussiyada qorinning 
yon kanallari sohasida to’mtoq tovush aniqlanadi (ekssudat hisobiga). 
Ultratovush yordamida tekshiruv o’tkazilganda, qorin bo’shlig’ida suyuqlik 
borligi tasdiqlanadi. Auskultatsiyada ichak peristaltikasi ko’pincha 
aniqlanmaydi. Qon tahlilida yuqori leykotsitoz, uning formulasini chapga 
surilganligi, EChT keskin ortishi aniqlanadi. Appendikulyar etiologiyali 
tarqalgan peritonitning klinik belgilari, boshqa sababdan kelib chiqqan 
peritonitlar belgilaridan deyarli farq qilmaydi (spetsifik peritonitlar bundan 
mustasno). 
Pileflebit – qopqa venasi tarmoqlarining yiringli tromboflebiti bo’lib, jigar 
abstsesslari, sepsis rivojlanishiga olib keladi. Bemorlarning ahvoli bu asorat 
yuzaga kelganda g’oyat darajada og’ir, intoksikatsiya kuchaygan bo’ladi. Tana 
harorati juda yuqori va gektik xususiyatga ega bo’ladi. Jigar gepatotsitlarining 
zararlanishi oqibatida jigarning kattalashishi, ba’zi hollarda sariqlikning paydo 
bo’lishi yuzaga keladi. Bemor ahvoli jigar etishmovchiligining rivojlanishi 
hisobiga og’irlashadi. Bu asoratlar qo’shilganda o’lim darajasi yuqori bo’ladi va 
bemorlar asosan jigar-buyrak etishmovchiligidan nobud bo’ladilar. 


379 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish