Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
Chambar ichak poliplari
Poliplar ichak endoteliysidan chiqadigan xavfsiz o’smalar katoriga kirib
malignizatsiyaga moyilligi bo’ladi. Aksariyat hollarda, poliplar chambar 
ichakning chap yarmida joylashgan (75% to’g’ri va sigmasimon chambar 
ichakda uchraydi) bo’ladi. Poliplar yakka va ko’p sonli, o’lchamlari 0,5 dan 2,0 
sm gacha bo’ladi va ular ichak bo’shlig’iga osilib turadi (84-rasm).


390 
84-rasm. Chambar ichak polipi
Chambar ichakning yuvenal, giperplastik, bezsimon, bezsimon-tukli, tukli 
diffuz polipozi uchraydi. 
Poliplar paydo bo’lishini aksariyat yallig’lanish, kolit, dizenteriya, yarali 
proktosigmoidit bilan bog’laydilar. 
Klinik manzarasi
qorinda joylashishi aniq bo’lmagan og’riqlar, ich ketishi, 
qon, shilimshik aralash najas, qabziyat, ichakda g’alati sezgi (diskomfort) bilan 
xarakterlanadi. 
Diagnostikasi:
klinik simptomlari va anamnez ma’lumotlari bilan birga 
rekto- va kolonoskopiya, irrigoskopiyaning muhim ahamiyati bor. 
Poliplarni 
davolash
usulini har kim o’ziga xos tanlashi kerak. Yakka 
poliplar elektrokoagulyatsiya yo’li bilan rekto- yoki kolonoskop orqali olib 
tashlanadi. 
Operatsiya usulida olib tashlashning iloji bo’lmasa, ichak devorini polip 
zonasida ponasimon qilib kesiladi. Polip malignizatsiyasida esa radikal 
operatsiya: o’ng tomonlama yoki chap tomonlama gemikolektomiya qilinadi. 
Chambar ichak diffuz polipida subtotal kolektomiya qilinib, ileorektal yoki 
ileosigmasimon anastomoz qo’yiladi. 


391 
TO’G’RI ICHAK KASALLIKLARI 
 
Anatomo-fiziologik ma’lumotlar 
To’g’ri ichak taxminan uchinchi (S
3
) dumg’aza umurtqasi sathidan 
boshlanib, ichakning terminal qismi hisoblanadi. U kichik chanoq sohasi orqa 
qismida joylashgan bo’lib, dumg’aza va dum egilmasi bo’ylab tushib, anal 
teshigi bilan tugaydi. To’g’ri ichak uzunligi o’rta hisobda 12-20 sm ni tashkil 
etib, u uch qismga: qorin pardasi bilan qoplangan ampula usti (rektosigmoid) – 
4-5 sm, ekstraperitoneal va fastsiya bilan qoplangan ampulyar (8-10 sm) va anal 
kanali (2,5-4 sm) qismlariga bo’linadi. Ampulyar qismi o’z navbatida – yuqori 
ampulyar (3-5sm),
o’rta ampulyar (4-6 sm) va pastki ampulyar (3-5 sm) 
qismlariga bo’linadi. Pastki ampulyar qismi anal kanaliga o’tib, orqa chiqaruv 
teshigi bilan tugaydi.
Chanoq qorin pardasi ostida to’g’ri ichakni yog’ klechatkasidan iborat 
chanoq-to’g’ri ichak va o’tirg’ich-to’g’ri ichak sohalari o’rab turadi. O’rta 
ampulyar qismi qorin pardadan butunlay xoli joylashgan bo’lib, uning yuqori 
chegarasi bo’lib qorin pardaning o’tuvchi bukilmasi hisoblanadi va u pararektal 
klechatka bilan o’ralagan bo’lib, bu ayniqsa, orqa va yon tomonlarida kuchli 
rivojlangan. To’g’ri ichak yo’g’on ichakning boshqa qismlaridan farq qilib
uning gaustratsiyalari bo’lmaydi, bo’ylama mushak qavati tizimcha shaklda 
emas, balki, ichak aylanasi bo’ylab bir tartibda tarqalgan. Chanoq qorin pardasi 
o’tuvchi bukilmasi to’g’ri ichak oldingi yarim aylanasida joylashib, u anusdan 
erkaklarda 7-9 sm va ayollarda 5-7 sm masofada bo’ladi. To’g’ri ichakning 
orqa-yon devorlarida qorin parda o’tuvchi bukilmasi – plicae rectovesicales 
odatda anusdan 12-15 sm masofada yotadi. 
To’g’ri ichak shilliq qavati tsilindrik epiteliy bilan qoplangan. Pastki 
ampulyar qismida to’g’ri ichak shilliq qavati bo’ylama bukilmalar (Morgani 
ustunlari) xosil qilib, ularning asosida anal kriptalar joylashgan. Bu kriptalarga 
shilliq ishlab chiqaruvchi anal bezlarining chiqaruv teshiklari ochiladi. Anal 


392 
kanali shilliq qavati ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Ushbu yassi 
epiteliy bilan pastki ampulyar qism tsilindrik epiteliylari orasidagi chegara – 
zigzagsimon anarektal (tishsimon) chiziq deyiladi.
To’g’ri ichak devorida tashqi tomondan uzunasiga ketgan muskul tolalari, 
ichki devorida esa doirasimon tolalar joylashgan. To’g’ri ichakning pastki 
qismida silliq muskul tolalari ichki sfinkterni hosil qiladi. Orqa chiqaruv yo’lini 
ko’taradigan muskulning bir qismi hisoblangan qov-to’g’ri ichak muskuli to’g’ri 
ichakni qovuzloq xolida o’rab, tashqi sfinkterni hosil qiladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish