Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Me’daning yara kasalligi
Me’da yarasining 3 turi farq qilinadi (Jonson, 1965): 
I turi – me’da kichik egriligi yaralari – meziogastral yaralar;
II turi – me’da va o’n ikki barmoqli ichakning ko’shma yaralari; 
III turi – prepilorik yaralar. 


327 
Ko’pincha (60% hollarda) I tipga oid yaralar va 20% da II va III tiplarga 
oid yaralar uchraydi. 
Me’da yaralarining kelib chiqish sabablari xilma-xil. Bosh sababchilaridan 
biri me’dadan passajni buzilishi natijasida ro’y beradigan duodenogastral 
reflyuks, piloroduodenal segment motorikasi buzilishi, pilorusdagi 
etishmovchilik hisoblanadi. O’n ikki barmoqli ichak ichidagi moddalar 
(lizoletsitin, o’t kislotalari) me’da shilliq pardasi himoya barerini buzadi, 
vodorod ionlarining jadal teskari diffuziyasi esa shilliq pardaning bevosita 
jarohatiga, atrofik gastrit boshlanishiga olib keladi. Mikro- va 
makrotsirkulyatsiya buzilishlari, shilliq parda ostidagi qavat chigali bo’lmasligi, 
kichik egrilik sohasidagi shilliq parda tomirlarining tugallanish xarakteri me’da 
yarasining eng ko’p joylashadigan joyini izohlab beradi. Me’da yaralarida xlorid 
kislota miqdorining past ko’rsatkichlari vodorod ionlarining teskari 
diffuzlanishi, qoplama hujayralar massasi kamayib ketgan atrofik gastrit bilan 
tushuntiriladi. 
Me’da va o’n ikki barmoqli ichakning qo’shma yaralari birlamchi duodenal 
yara, pilorostenoz va evakuatsiya buzilishlari natijasida antral staz ro’y berishi 
bilan bog’lik, bu antral bo’limning cho’zilishiga, gastrin ajralib chiqishiga
gipersekretsiyaga va keyinroq, me’da yarasi hosil bo’lishiga olib keladi. 
Prepilorik yaralar (III turi) paydo bo’lishining patogenetik mexanizmlari 
o’n ikki barmoqli ichak yaralarining paydo bo’lishiga o’xshashdir. 
Me’da yara kasalligining klinik manzarasi ko’p jihatdan yara joylashgan 
joyga, dastlabki umumiy statusga, yoshga, asoratlar paydo bo’lishiga bog’liq. 
Kardial og’riqlar xanjarsimon o’siq sohasidagi og’riq bilan kechadi, u bel 
sohasiga, chap elkaga, yurak sohasiga o’tadi, shu sababli bu og’riqni 
stenokardiyadagi og’riq deb o’ylaydilar. Og’riq ovqat eyish bilan bog’lik 
bo’ladi, ovqat eyishdan 20-30 minut o’tishi bilan paydo bo’ladi. 
Mediagastral yaralar aksariyat 40 dan oshgan kishilarda paydo bo’ladi. 
Asosiy belgisi – ovqat eyilgandan keyin 30-60 minut o’tgandan keyin og’riq 
paydo bo’lishidir. Og’riq paydo bo’lish muddatining yaraning joylashuviga 


328 
bevosita bog’liqligi qayd qilinadi. Og’riq odatda 1-1,5 soat, ya’ni ovqat 
me’dadan chiqib ketguncha davom etadi. Og’riq xarakteri, paydo bo’lish 
muddati, kuchi va davomliligi ovqatga, uning miqdoriga, sifatiga bog’liq, 
keyinchalik esa og’riq ovqat xarakteridan qat’iy nazar, har gal ovqat eyilgandan 
keyin paydo bo’ladi. 
O’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligidan farqli ravishda me’da 
yaralaridagi og’riqlar «ikki fazali» bo’ladi: ovqat – og’riq, tinch sharoit – 
engillashuv. 
Katta egrilikdagi yaralar kam uchraydi, ko’pincha xavfli bo’ladi, charviga, 
yo’g’on ichakka, taloq va jigarning chap bo’lagiga o’tadi. 
Pilorus yaralari (III turi) klinik jihatdan o’n ikki barmoqli ichak yaralariga 
o’xshash, biroq malignizatsiyalanishga moyil (2-3% hollarda). 
Yoshi ulg’aygan va keksa odamlarda yaralar aturik, ko’pincha asoratlar 
rivojlanishi bilan o’tadi. 60 yoshdagi bemorlarda paydo bo’lgan yaralar «eski», 
bu yoshdan keyin paydo bo’lgan yaralar «kechikkan» yaralar deyiladi. Me’da 
yaralari uchun «qarilik» yaralari xos, ular o’tkir boshlanadi, yassi, yirik bo’ladi, 
yaradan qon ketishiga moyil bo’ladi, ularning sababi – atrofik jarayon, tomir 
patologiyasi. 
Me’da va o’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi simptomatikasi keksa 
kishilarda kam ifodalangan – kuchli og’riq

bo’lmaydi (diametri 3 sm dan katta 
«gigant» yaralardan tashqari), tsikllilik, mavsumiylik yo’q, kamqonlik, ozib 
ketish ifodalangan. O’n ikki barmoqli ichakning «kechikkan» va «eski» 
yaralarida me’da shirasi kislotaliligining ko’rsatkichlari saqlanib qolgan yoki 
hatto yuqori raqamlarda bo’ladi. 
O’smirlarda yara kasalligi og’riq, qusish, duodenal yaraning bir yoki bir 
necha asoratlari rivojlanishi: yara teshilishi, penetratsiya, stenoz, qon ketishi 
holatlari kuzatiladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish