Xirurgik kasalliklar


Me’da va o’n ikki barmoqli ichak yara kasalligining asoratlari



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Me’da va o’n ikki barmoqli ichak yara kasalligining asoratlari
 


329 
Yara penetratsiyasi
Bu perforatsiyaning sekin kechadigan turlaridan biri bo’lib, 
penetratsiyaning 3 bosqichi farq qilinadi:
I – devorning hamma bo’limlari orqali o’tishi – devor ichi penetratsiyasi; 
II – qo’shni a’zo bilan fibroz qo’shilib ketish bosqichi; 
III – penetratsiyaning tugallanish va qo’shni a’zoga (kichik charvi, me’da 
osti bezi, jigar, ko’ndalangchambar ichak yoki uning ichak tutqichi, diafragma, 
taloqqa) kirishi. 
Penetratsiyaning o’ziga xos simptomlari og’riqning kuchayishi, uning 
doimiyligi, bel sohasiga, kurakka, bo’yinga (penetratsiya ro’y bergan a’zoga 
ko’ra) tarqalishi, qattiq, tungi og’riqlar, konservativ davolashning foydasi 
yo’qligi yoki kam naf berishidan iborat. Umumiy o’t yo’liga penetratsiya 
bo’lishi mumkin, u o’t pufagiga kamdan-kam kiradi. Bu holda biliodigestiv 
oqma yara hosil bo’ladi.
Me’da osti beziga penetratsiya orqaga o’rab oladigan og’riq bilan o’tadi, 
me’da osti bezi boshchasiga penetratsiya bo’lganda sariqlik paydo bo’lishi 
mumkin, me’da yarasi bez tanasiga teshilganda og’riq, kurakka, yurakka 
tarqaladi. 
Kovak a’zoga penetratsiya oqma hosil bo’lishi bilan
 
tugallanishi mumkin, 
yo’g’on ichakka penetratsiya bo’lganda axlatda ovqat, axlat aralashgan, axlat 
hidi keladigan qusish bilan o’tadi. 
Penetratsiyali yaralarda, ayniqsa oqma paydo bo’lganda jarrohlik 
amaliyotlari qiyinchilik bilan kechadi. 
Piloroduodenal stenoz
Uning sababi ko’pincha o’n ikki barmoqli ichak yoki pilorik bo’limi, yoki 
pilorik kanalidagi yarada periultseroz infiltrat, shish, spazm va chandiqdanish 
bo’lishidir. Yarali anamnez odatda davomliligi, biroq, yoshi ulg’aygan va keksa 
odamlarda kasallik paydo bo’lgan vaqtdan boshlab
 
1-3 oy ichida stenoz 
rivojlangan hollar ma’lum. 


330 
Evakuatsiyaning buzilish darajasiga ko’ra stenozning 3 asosiy bosqichi farq 
qilinadi. 
Kompensatsiyalangan stenoz biror belgilarsiz o’tadi: ovqatning toraygan 
uchastka orqali qiyinlik bilan o’tishi me’daning kuchaygan peristaltikasi bilan 
qoplanadi, ya’ni kompensatsiyalanadi. Klinik jihatdan yara kasalligining 
odatdagi simptomlari fonida me’daning to’lib ketish sezgisi, epigastriyda
ayniqsa ko’p ovqat eyilgandan keyin og’irlik paydo bo’ladi. Nordon kekirish, 
ba’zan me’da suyuqligi aralash nordon hidli qayt qilish engillik beradi. 
Rentgenologik tekshiruvda me’da o’lchami normal, biroq gipermotorika, 
bariyning o’rtacha tutilib qolishi aniqlanadi.
Subkompensatsiyalangan stenoz me’dada to’liqlik hissi palag’sa bo’lgan 
tuxum hidi keladigan yoqimsiz kekirish, sanchiqsimon og’riq, qorin quldirashi 
bilan o’tadi. Qusish ko’prok bo’ladi, bemorlar o’zlarini qusishga majbur 
etadilar, u engillik beradi. Qusuq massasida undan oldin yoyilgan ovqat 
qoldiqlari bo’ladi. Bemorlarning ahvoli yomonlashadi, holsizlanish, ozib ketish, 
suv-elektrolit balansi buzilishlari ifodalangan. Ob’ektiv tekshirishda 
epigastriyda «chayqalish shovqini» qayd qilinadi. Rentgenologik nahorga 
me’dada suyuqlik, uning peristaltikasi sustlashgan, toraygan piloduodenal kanal 
orqali sekinlashgan evakuatsiya qayd qilinib, bariy 6-12 soatgacha tutilib qoladi. 
24 soat o’tgach me’dada bariy bo’lmaydi. 
Dekompensatsiyalangan stenoz me’dada suyuqlik evakuatsiyasining keskin 
buzilishi, umumiy holatning yomonlashishi bilan o’tadi. Me’dada suyuqlikning 
turib qolishi me’daning cho’zilib ketishiga, dilatatsiyasiga olib keladi, me’dada 
bir necha litrgacha badbo’y suyuqlik to’planib qoladi, palag’sa bo’lgan tuxum 
hidi keladigan kekirish paydo bo’ladi. Atayin qo’zg’atilgan qusishdan keyin 
bemor ahvoli vaqtinchalik engillashadi, biroq tez-tez qayt qilish, ko’p mikdorda 
suyuqlik, xloridlar, kaliy ionlari yo’qotish degidratatsiyaga, qonning 
quyuklashuviga, xloridlar kamayishiga, alkaloz, diurez kamayib ketishiga olib 
keladi. 


331 
Bemorlarning umumiy ahvoli yomonlashadi, ular ozib ketadi, teri 
qoplamining elastikligi pasayadi, adinamiya bo’ladi. Qorin devorining 
turtkisimon chayqalishlarida «chayqalish shovqini», me’dada ko’zga 
ko’rinadigan qisqarish aniqlanadi. 
Rentgenologik tekshiruvda qabul qilingan kontrast aralashmasi pastga 
tushadi va me’da kosacha ko’rinishini oladi, bunda me’daning pastki qutbi 
taroqsimon chiziqdan 6-10 sm pastga tushadi, tekshirish vaqtida suyuqlik 
evakuatsiyasi bo’lmaydi, me’da peristaltikasi sekinlashadi yoki bo’lmaydi, 
me’dada bariy 24 soat va bundan ko’p vaqt tutilib qoladi. 
Dekompensatsiya bosqichida bemorda keskin suvsizlanish, kaxeksiya 
rivojlanishi mumkin, buyrakda qon oqimi pasayadi, diurez kamayadi, nordon 
mahsulotlar siydik bilan chiqarilmaydi, alkaloz atsidozga o’tadi, og’ir hollarda 
gastrogen tetaniya rivojlanadi (talvasa, trizm, «akusher qo’li» – Trusso 
simptomi). 
Bunday asoratlar operatsiyadan oldingi korrektsiyani qunt bilan o’tkazish, 
bemorlarni reanimatsion bo’limga yotqizishni taqozo etadi. 
Piloroduodenal stenozlarni operatsiya yo’li bilan davolash. Operatsiyaning 
maqsadi bir tomondan o’tkazuvchanlikni tiklash va ayni vaqtda yara kasalligini 
batamom tuzatib yuborish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Hozirgi 
vaqtda piloroduodenal soha stenozlarini davolashning ko’p sonli usullaridan 
asosan 3 turi kullaniladi: 1 – radikal operatsiyalar – dekompensatsiyalangan 
stenozda me’daning 2/3 qismini rezektsiya qilish gastrodudenoanastomoz 
Bilrot-I (72-rasm) yoki gastroenteranastamoz Bilrot-II (73-rasm) usulida 
bajariladi (o’n ikki barmoqli ichakning stenozlovchi yarasi va me’da yarasining 
qo’shilib kelishi; duodenostaz bo’lganda ham), ikki tomonlama tutam 
vagotomiyasi bilan antrumektomiya (o’sha ko’rsatmalar bo’lganda va 
kislotalilikning yuqori raqamlarida) utkaziladi; II – palliativ operatsiyalar – 
me’dani 
drenajlashning 
har 
xil 
turlari 
(gastroenteroanastomoz, 
gastroduodenoanastomoz, piloroplastika). Biroq operatsiyalarning bu turlari 
alohida variantda, juda og’ir yotgan, holsizlangan va keksa bemorlardagina 


332 
qo’llanilishi mumkin, chunki saqlanib qolgan kislota hosil qiladigan va sekretor 
funktsiyalar peptik yaralar paydo bo’lishiga olib keladi; III – a’zoni saqlab 
qoladigan operatsiyalar vagotomiyaning turli variantlari (tutam, selektiv, 
selektiv proksimal, vagotomiyaning boshqa har xil variantlari) bilan birga 
o’tkaziladigan me’dani drenajlovchi operatsiyalar. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish