Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Patologik anatomiyasi
. Me’da va o’n ikki barmoqli ichak shilliq pardasi 
va birmuncha chuqur joylashgan devorlarining defekti (nuqsoni) yara deyiladi, 
uning o’lchamlari va chuqurligi har xil bo’lishi – yuza yaradan (shilliq parda 
chegarasida), to uning hamma qatlamlarini qamrab oladigan chuqur (perforativ 
va penentratsiya qiladigan) yaralargacha, bir necha millimetrdan, to «gigant» 
yaralargacha (3-5 sm va undan katta) bo’ladi. Me’da yaralari asosan kichik 
egrilikda, kamroq – tanasida va katta egriligida, o’n ikki barmoqli ichakda – 
uning piyozcha qismida, kamroq – postbulbar qismida joylashadi. Yara 
bitgandan keyin me’da piyozcha qismi shaklini buzadigan chandiq qoldiradi, 
ba’zan chiqish qismi torayishiga – stenoziga olib keladi. 
O’n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi odatda navqiron va o’rta yoshda 
boshlanadi, biroq 60 dan oshgan odamlarda paydo bo’lishi ham mumkin 
(«kechikkan» yaralar). Kechishining davriyligi, mavsumiy (bahor-kuzda) 
qo’zishi, kunduzgi maromi, tungi og’riqlar va ovqat eyilgandan keyin 
tinchiydigan och og’riqlar, jig’ildon qaynashiga xos bo’ladi. Og’riq maromi 
ifodalangan: ochlikda – og’riq boshlanadi, ovqat eyilganda – engillashadi, 
ochlikda – yana og’riq boshlanadi. Bu «uch fazalilik» jarayonning yaqqol o’n 


326 
ikki barmoqli ichakda joylashganidan darak beradigan asosiy diagnostik-
anamnestik belgi hisoblanadi. Og’rik xarakteri, doimiyligi o’zgarganda, orqa, 
elka, kurakka o’tganda yara penentratsiyasi haqida o’ylash lozim. 
Odatda jarayon qo’zigan davrda paydo bo’ladigan qusish bemorga 
birmuncha engillik beradi, u nordon, unda ovqat aralashmasi bo’lmasligi 
mumkin. Qusuqda ovqat bo’lishi, ayniqsa qusishdan bir muncha oldin yoki 
qusish oldidan ovqat eyilgan bo’lsa, bu holda stenoz bilan bog’lik bo’lgan 
evakuatsiya buzilishi to’g’risida fikr yuritish mumkin. 
Bemorlarning umumiy holati, odatda, kam o’zgaradi yoki umuman 
o’zgarmaydi. Bemorda ozib ketish kuzatilmaydi, bu aksariyat bemorning 
og’riqni yo’qotish uchun ovqat eb turishga intilishi bilan bog’lik bo’ladi. Stenoz 
paydo bo’lganda va ovqat o’tkazuvchanlikning buzilishlarida ozib ketish qayd 
qilinadi, xolos. 
Duodenal yara diagnostikasida, umumiy qabul qilingan tekshirishlardan 
tashqari, me’da sekretsiyasini tekshirishga katta ahamiyat beriladi. 
Kislotalilikning yuqoriligi (bu me’daning boshqa kasalliklarida ham uchrasada) 
bazal davrda ham, gistamin va insulin bilan rag’batlantirishdan keyin ham o’n 
ikki barmoqli ichak yarasi uchun xos. 
Rag’batlantirilgan 
kislotalilik 
ko’rsatkichlarining 
yuqoriligi 
– 
gipersekretsiya (soatiga 40 mmoldan yuqori) yara teshilishi (perforatsiya) yoki 
qon ketishi kabi asoratlar bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi, KBI (kislotaning 
bazal ishlanishi) ning yuqori ko’rsatkichlari Zollinger-Elisson sindromi borligi 
mumkinligidan dalolat beradi. Bu holda qondagi gastrin mikdorini tekshirish 
kerak.

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish