To’g’rilanmaydigan
churra
simptomatikasi.
To’g’rilanadigan
churranikidan odatda yaqqolroq ifodalangan. Dispeptik buzilishlar, qabziyatlar
ko’p uchrab turadi.
To’g’rilanmaydigan churra ko’pincha ichakning mexanik tutilib qolishi
(bitib ketish, buralish, striktura), churra pardalarining yallig’lanishi va qisilishi
bilan asoratlanadi.
318
ME’DA VA O’N IKKI BARMOQLI ICHAK KASALLIKLARI
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar
Me’da chap qovurg’alar ostida va qorinning chap yarmida joylashgan,
uning chiqish qismigina o’rta chiziqdan o’ngga o’tadi. Me’da to’lganda uning
katta egriligi kindik sohasida proektsiyalanadi. Me’dada kardial bo’lim, tubi,
tanasi, antral bo’lim, pilorik kanal farq qilinadi. Pilorik qisqich me’da bilan o’n
ikki barmoqli ichak o’rtasidagi chegara hisoblanadi.
O’n ikki barmoqli ichak me’da osti bezi boshchasini taqa ko’rinishida
bo’lib, Treytts boylami oldida duodenoeyunal bukilma hosil qiladi. O’n ikki
barmoqli ichakda 4 qism qayd qilinadi: yuqori gorizontal, pastga tushadigan
(unga umumiy o’t yo’li va me’da osti bezi yo’li quyiladi), pastki gorizontal va
yuqoriga ko’tariladigan qism.
Me’da tanasi bilan antral bo’lim o’rtasida burchak kemtigiga muvofiq
keladigan oraliq egat chegara bo’lib hisoblanadi. Me’dani shu tarzda bo’lish
me’daning gistologik tuzilishiga va fiziologik xususiyatlariga muvofiq, keladi.
Me’da qon bilan qorin aortasi tarmoqlaridan ta’minlanadi. Tomirlarning
a’zolar ichidagi katta aloqalari, ularning anastomozlari qon ta’minotining
ko’pligini keltirib chiqaradi. Bu hol eroziyalardan va yaralardan qon oqqanda
qon ketishini to’xtatishni qiyinlashtiradi. Me’da venalari arteriyalarga mos
keladi va qopqa vena tarmog’i hisoblanadi. Me’da kardial bo’limining shilliq,
pardasi ostidagi qavatda venoz chigallar portal sistemani yuqori kovak vena
sistemasi bilan tutashtiradi,
bu portal gipertenziyada venalarning varikoz kengayishini diagnostika qilishda
va davolashda g’oyat muhim.
Me’dadan limfa oqib ketadigan yo’llar me’dada onkologik jarayon sababli
o’tkaziladigan radikal operatsiyalarda muhim ahamiyatga ega. Asosan tomirlar
yo’li bo’ylab joylashadigan asosiy limfatik sohalar soni 3 ta: 1) chap me’da
319
arteriyasi sohasi; 2) taloq arteriyasi bo’ylab o’tgan limfatik tomirlar; 3) jigar
arteriyasi bo’ylab joylashgan limfatik tugunlar.
Bu uchala asosiy arteriyalar tarmoqlari bo’ylab joylashgan tugunlar birinchi
tartibdagi limfatik tugunlar, bu arteriyalarning o’z tutami bo’ylab joylashgani –
ikkinchi tartibdagi tugunlar, qorin arteriyasi (truncus coeliacus) bo’ylab
joylashgani esa uchinchi tartibdagi limfatik tugunlar deb ataladi. Me’dani
intramural nerv chigallari, adashgan nervlar va quyosh chigalidan simpatik
nervlar innervatsiya qiladi.
Me’da funktsiyasini idora qilishda oldingi yoki orqa, ba’zan esa ham
oldingi, ham orqadagi qo’shimcha tutamlar ko’rinishidagi adashgan nervlar,
o’ng tutamdan chiqadigan va qizilo’ngachning orqa chap yuzasi bo’ylab me’da
tubiga Gis burchagi sohasida boradigan Grassi qo’shimcha tarmog’i muhim
ahamiyatga ega. Bu qo’shimcha tarmoqlar vagotomiyadan keyin yara
kasalligining qaytalanishida muhim rol o’ynaydi. Adashgan nerv tutamlari
sekretor faoliyatini boshqaradigan Latarje oldingi va orqa tarmog’i bilan
tugallanadi, uning oxirgi 2-4 tarmoqlari esa motor funktsiyasini boshqaradi.
Oldingi va opqa Latarje tarmoqlari orasida antral bo’lim sohasida ham, tanasi va
hatto kardiya sohasida ham kollaterallar bo’ladi.
Me’da sekretsiyasi butun hazm qilish davri mobaynida o’zaro ta’sir
qiladigan neyrogumoral mexanizm bilan amalga oshiriladi. Adashgan nervlar I
faza deb ataladigan neyrogen fazani ta’minlab beradi, u o’rta hisobda taxminan
yarim soat davom qiladi va sekretsiyaning go’yo ish solish mexanizmi
hisoblanadi. Ayni vaqtda adashgan nervlar ovqatning me’dadan o’n ikki
barmoqli ichak motorikasini va evakuatsiyasini ta’minlab beradi. Oxirgi
ma’lumotlarga ko’ra ovqat eyilgandan keyin me’dani bo’shashishi noadrenergik
tormozlanish nerv tolalari tomonidan amalga oshiriladi.
Me’da sekretsiyasining (II faza) gumoral rag’batlantirishni 1905 yil Edkins
kashf etgan va 1964 yilda Gregori va Trasi sof holda ajratib olgan gastrin
vositasida amalga oshiriladi. Gastrin me’daning antral bo’limi shilliq pardasida
joylashgan hujayralar (ularning 90%gacha), o’n ikki barmoqli va och
320
ichaklarning proksimal qismlarida, hatto me’da osti bezidagi hujayralar
tomonidan sintez qilinadi. Fiziologik sharoitlarda C-hujayralar oqsili ovqat,
peptonlar, aminokislotalar, adashgan nerv kabilar bilan rag’batlantiriladi va endi
uning o’zi ichki omil ishlanishi, xlorid kislota, pepsin, me’da osti bezi
fermentlari sekretsiyasini rag’batlantiradi, me’da va och ichak peristaltikasini
kuchaytiradi.
Ichak fazasi (III faza) mexanizmi unchalik ravshan emas: ayrim mualliflar
ingichka ichakning yuqori bo’limlarida me’da sekretsiyasini rag’batlantiradigan
enterogastron hosil bo’ladi deb hisoblasalar, boshqalari ingichka ichakda oqsil
parchalanishida gistamin hosil bo’ladi deb hisoblaydilar. Ma’lumki, ingichka
ichak sekretsiyani faqat qo’zg’atish ta’siriga emas, balki tormozlash ta’siriga
ham ega. Biroq, bu vagus innervatsiyasi saqlanib qolgan taqdirdagina shunday
bo’ladi.
Me’dada 3 ta sekretor bezsimon sohalar farqlanadi:
1.
Kardial – ovqat luqmasi uchun qulay sharoit yaratadigan shilliq ajratadi.
2.
Fundal bezlar, hujayralarning 4 turidan tashkil topgan: bosh hujayralar
pepsinogen ajratadi, parietal (yoki qoplama) hujayralar xlorid kislota va
Kastl ichki omilini ajratadi; qo’shimcha hujayralar bufer xossalarga ega
shilliq ishlab chiqaradi; differentsiatsiyalanmagan hujayralar – ulardan
qolgan hujayralar rivojlanadi.
3.
Antral bezlar hujayradan tashqari suyuqlik pH iga yaqin bo’lgan pH li
eriydigan shilliq, va gastrin gormoni ajratadi.
Me’daning tsilindrsimon epiteliy bilan qoplangan butun shilliq pardasi
shilliq pardani o’z-o’zini hazm qilishdan himoya qiladigan va uni parda
ko’rinishida bekitib turadigan asosiy vosita hisoblangan shilliq ajratadi.
O’n ikki barmoqli ichak shilliq pardasida endokrin hujayralar joylashadi:
gastrin ishlab chiqaradigan C-hujayralar, S-hujayralar – sekretin, J-hujayralar –
pankreozimin ishlab chiqaradi.
Bir sutka ichida me’dada 1 l gacha me’da shirasi hosil bo’ladi. Ovqatda
xlorid kislota, pepsinogendan hosil bo’ladigan pepsin tomonidan xlorid kislota
321
ta’siri ostida ishlov beriladi. Ovqatning o’n ikki barmoqli ichakka portsiya-
portsiya bo’lib tushishini pilorus va me’daning antral bo’limi funktsiyasi
ta’minlab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |