Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

To’g’rilanmaydigan 
churra 
simptomatikasi. 
To’g’rilanadigan 
churranikidan odatda yaqqolroq ifodalangan. Dispeptik buzilishlar, qabziyatlar 
ko’p uchrab turadi. 
To’g’rilanmaydigan churra ko’pincha ichakning mexanik tutilib qolishi 
(bitib ketish, buralish, striktura), churra pardalarining yallig’lanishi va qisilishi 
bilan asoratlanadi.


318 
ME’DA VA O’N IKKI BARMOQLI ICHAK KASALLIKLARI 
 
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar 
Me’da chap qovurg’alar ostida va qorinning chap yarmida joylashgan, 
uning chiqish qismigina o’rta chiziqdan o’ngga o’tadi. Me’da to’lganda uning 
katta egriligi kindik sohasida proektsiyalanadi. Me’dada kardial bo’lim, tubi, 
tanasi, antral bo’lim, pilorik kanal farq qilinadi. Pilorik qisqich me’da bilan o’n 
ikki barmoqli ichak o’rtasidagi chegara hisoblanadi. 
O’n ikki barmoqli ichak me’da osti bezi boshchasini taqa ko’rinishida 
bo’lib, Treytts boylami oldida duodenoeyunal bukilma hosil qiladi. O’n ikki 
barmoqli ichakda 4 qism qayd qilinadi: yuqori gorizontal, pastga tushadigan 
(unga umumiy o’t yo’li va me’da osti bezi yo’li quyiladi), pastki gorizontal va 
yuqoriga ko’tariladigan qism. 
Me’da tanasi bilan antral bo’lim o’rtasida burchak kemtigiga muvofiq 
keladigan oraliq egat chegara bo’lib hisoblanadi. Me’dani shu tarzda bo’lish 
me’daning gistologik tuzilishiga va fiziologik xususiyatlariga muvofiq, keladi. 
Me’da qon bilan qorin aortasi tarmoqlaridan ta’minlanadi. Tomirlarning 
a’zolar ichidagi katta aloqalari, ularning anastomozlari qon ta’minotining 
ko’pligini keltirib chiqaradi. Bu hol eroziyalardan va yaralardan qon oqqanda 
qon ketishini to’xtatishni qiyinlashtiradi. Me’da venalari arteriyalarga mos 
keladi va qopqa vena tarmog’i hisoblanadi. Me’da kardial bo’limining shilliq, 
pardasi ostidagi qavatda venoz chigallar portal sistemani yuqori kovak vena 
sistemasi bilan tutashtiradi, 
bu portal gipertenziyada venalarning varikoz kengayishini diagnostika qilishda 
va davolashda g’oyat muhim. 
Me’dadan limfa oqib ketadigan yo’llar me’dada onkologik jarayon sababli 
o’tkaziladigan radikal operatsiyalarda muhim ahamiyatga ega. Asosan tomirlar 
yo’li bo’ylab joylashadigan asosiy limfatik sohalar soni 3 ta: 1) chap me’da 


319 
arteriyasi sohasi; 2) taloq arteriyasi bo’ylab o’tgan limfatik tomirlar; 3) jigar 
arteriyasi bo’ylab joylashgan limfatik tugunlar. 
Bu uchala asosiy arteriyalar tarmoqlari bo’ylab joylashgan tugunlar birinchi 
tartibdagi limfatik tugunlar, bu arteriyalarning o’z tutami bo’ylab joylashgani – 
ikkinchi tartibdagi tugunlar, qorin arteriyasi (truncus coeliacus) bo’ylab 
joylashgani esa uchinchi tartibdagi limfatik tugunlar deb ataladi. Me’dani 
intramural nerv chigallari, adashgan nervlar va quyosh chigalidan simpatik 
nervlar innervatsiya qiladi. 
Me’da funktsiyasini idora qilishda oldingi yoki orqa, ba’zan esa ham 
oldingi, ham orqadagi qo’shimcha tutamlar ko’rinishidagi adashgan nervlar, 
o’ng tutamdan chiqadigan va qizilo’ngachning orqa chap yuzasi bo’ylab me’da 
tubiga Gis burchagi sohasida boradigan Grassi qo’shimcha tarmog’i muhim 
ahamiyatga ega. Bu qo’shimcha tarmoqlar vagotomiyadan keyin yara 
kasalligining qaytalanishida muhim rol o’ynaydi. Adashgan nerv tutamlari 
sekretor faoliyatini boshqaradigan Latarje oldingi va orqa tarmog’i bilan 
tugallanadi, uning oxirgi 2-4 tarmoqlari esa motor funktsiyasini boshqaradi. 
Oldingi va opqa Latarje tarmoqlari orasida antral bo’lim sohasida ham, tanasi va 
hatto kardiya sohasida ham kollaterallar bo’ladi. 
Me’da sekretsiyasi butun hazm qilish davri mobaynida o’zaro ta’sir 
qiladigan neyrogumoral mexanizm bilan amalga oshiriladi. Adashgan nervlar I 
faza deb ataladigan neyrogen fazani ta’minlab beradi, u o’rta hisobda taxminan 
yarim soat davom qiladi va sekretsiyaning go’yo ish solish mexanizmi 
hisoblanadi. Ayni vaqtda adashgan nervlar ovqatning me’dadan o’n ikki 
barmoqli ichak motorikasini va evakuatsiyasini ta’minlab beradi. Oxirgi 
ma’lumotlarga ko’ra ovqat eyilgandan keyin me’dani bo’shashishi noadrenergik 
tormozlanish nerv tolalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Me’da sekretsiyasining (II faza) gumoral rag’batlantirishni 1905 yil Edkins 
kashf etgan va 1964 yilda Gregori va Trasi sof holda ajratib olgan gastrin 
vositasida amalga oshiriladi. Gastrin me’daning antral bo’limi shilliq pardasida 
joylashgan hujayralar (ularning 90%gacha), o’n ikki barmoqli va och 


320 
ichaklarning proksimal qismlarida, hatto me’da osti bezidagi hujayralar 
tomonidan sintez qilinadi. Fiziologik sharoitlarda C-hujayralar oqsili ovqat, 
peptonlar, aminokislotalar, adashgan nerv kabilar bilan rag’batlantiriladi va endi 
uning o’zi ichki omil ishlanishi, xlorid kislota, pepsin, me’da osti bezi 
fermentlari sekretsiyasini rag’batlantiradi, me’da va och ichak peristaltikasini 
kuchaytiradi. 
Ichak fazasi (III faza) mexanizmi unchalik ravshan emas: ayrim mualliflar 
ingichka ichakning yuqori bo’limlarida me’da sekretsiyasini rag’batlantiradigan 
enterogastron hosil bo’ladi deb hisoblasalar, boshqalari ingichka ichakda oqsil 
parchalanishida gistamin hosil bo’ladi deb hisoblaydilar. Ma’lumki, ingichka 
ichak sekretsiyani faqat qo’zg’atish ta’siriga emas, balki tormozlash ta’siriga 
ham ega. Biroq, bu vagus innervatsiyasi saqlanib qolgan taqdirdagina shunday 
bo’ladi. 
Me’dada 3 ta sekretor bezsimon sohalar farqlanadi: 
1.
Kardial – ovqat luqmasi uchun qulay sharoit yaratadigan shilliq ajratadi. 
2.
Fundal bezlar, hujayralarning 4 turidan tashkil topgan: bosh hujayralar 
pepsinogen ajratadi, parietal (yoki qoplama) hujayralar xlorid kislota va 
Kastl ichki omilini ajratadi; qo’shimcha hujayralar bufer xossalarga ega 
shilliq ishlab chiqaradi; differentsiatsiyalanmagan hujayralar – ulardan 
qolgan hujayralar rivojlanadi. 
3.
Antral bezlar hujayradan tashqari suyuqlik pH iga yaqin bo’lgan pH li 
eriydigan shilliq, va gastrin gormoni ajratadi. 
Me’daning tsilindrsimon epiteliy bilan qoplangan butun shilliq pardasi 
shilliq pardani o’z-o’zini hazm qilishdan himoya qiladigan va uni parda 
ko’rinishida bekitib turadigan asosiy vosita hisoblangan shilliq ajratadi. 
O’n ikki barmoqli ichak shilliq pardasida endokrin hujayralar joylashadi: 
gastrin ishlab chiqaradigan C-hujayralar, S-hujayralar – sekretin, J-hujayralar – 
pankreozimin ishlab chiqaradi. 
Bir sutka ichida me’dada 1 l gacha me’da shirasi hosil bo’ladi. Ovqatda 
xlorid kislota, pepsinogendan hosil bo’ladigan pepsin tomonidan xlorid kislota 


321 
ta’siri ostida ishlov beriladi. Ovqatning o’n ikki barmoqli ichakka portsiya-
portsiya bo’lib tushishini pilorus va me’daning antral bo’limi funktsiyasi 
ta’minlab turadi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish