Simptomatikasi va davolash.
Ichki churralarning shunday xususiyati
borki, ular qisilmagan vaktda, diafragmal churralarni istisno qilganda muayyan
klinik simptomlarga ega bo’lmaydi va aniqlanmaydi. Ular qisilganda xronik
(qisilishgacha) yoki o’tkir strangulyatsion ichak tutilib qolishi simptomlari bilan
namoyon bo’ladi. Shuning uchun ichki churra diagnozi faqat operatsiya vaqtida
qo’yiladi.
Bel churralari kamdan-kam, keksa xolsizlangan ayollarda uchraydi va
ko’pincha katta o’lchamli bo’ladi. Katta bel churralarida churra teshigi qorin
tashqi qiyshiq mukulidan olingan oyoqchadagi laxtak bilan yopiladi yoki
alloplastika qilinadi.
Yopqich churra yopqich kanali orqali shu nomdagi nervlar va tomirlar bilan
birga chiqib kanaldan o’tadi va m. peelneum ostida joylashadi. Suning uchun
churra o’smasi deyarli konturlanmaydi (ko’rinmaydi) va yaxshi
paypaslanmaydi. Kamdan kam, faqat kattalarda, deyarli faqat ayollarda, asosan
yoshi ulg’aygan (60-70 yoshdagi) odamlarda uchraydi.
Diagnostikasi
qiyinchilik tug’diradi. Xovship-Romberg simptomi
xarakterli. Unda nevrologik xarakterdagi kuchli sanchiqli og’riq bo’lib, u
yopqich nerv yo’li bo’ylab, sonning medial yuzasi bo’yicha tizza bo’g’imigacha
tarkaladi va paresteziya bo’ladi.
Bemor oyog’ini bukib va yon tomoniga burib o’tiradi. Qin yoki to’g’ri
ichagi orqali kiritilgan barmoq bilan ba’zan chanoq oldingi devoridagi tortmani
paypaslab ko’rilsa bo’ladi. Davolash operatsiya usulida, chunki aksariyat qisilish
manzarasida operatsiya qilishga to’g’ri keladi. Laparotomiya yoki son kesmasi
313
yo’li bilan, ba’zan kombinatsiya qilib – laparotomiya va son kesmasi
ko’rinishida (Trelat) operatsiya qilinadi.
Quymich churralari: a) noksimon muskul ustidan b) noksimon muskul
ostidan (foramen intraperiforme) orqali chiqishi mumkin.
Keksa ayollarda uchraydi. Quymich churralari ko’p xollarda noksimon
muskul ostidan o’tadi va dumbaning katta muskuli ostiga yotadi. Shuning uchun
o’lchami katta bo’lmagan churralar qiyinlik bilan aniqlanadi. Ba’zan quymich
sohasida og’riq paydo bo’ladi va u yurish vaqtida kuchayadi. Qisilganda
bosimdan mahalliy og’riqlar va ishias simptomlari aniq ifodalangan bo’ladi,
ichak tutilishi manzarsi paydo bo’ladi.
Davolash –
faqat operatsiya usulida, aksariyat u qisilish vaqtida o’tkaziladi.
Ko’pchilik xirurglar qorin orqali qilinadigan usuldan foydalanadilar.
Churra darvozalari fastsiya yoki muskul bilan to’ldirladi.
Oraliq churrasi teri ostiga chanoq tubining muskul qismi orqali m. levator
ani, m. coecygeus yoki m. levator ani tolalari orasidagi bo’shliqqa chiqadi. U
chanoq fastsiyasini bo’rttirib, isheorektal chuqurgacha kiradi va oraliq yoki
to’g’ri ichak oldingi devori, qin devori yoki katta lab pastki qismi terisini
bo’rttiradi. Aksariyat to’g’ri ichakning tushishi bilan birga keladi. Ko’pincha
ayollarda, to’g’ri ichak operatsiyasidan keyin uchraydi. Uning ichida qovuq yoki
uning divertikuli, ayol tanosil a’zolari, ichak, charvi bo’lishi mumkin.
Joylashuviga ko’ra o’rta, yon tomonlama, oraliq churralar farq kilinadi.
Churra o’smasining xarakatchanligi, uning yo’talish va kuchanish vaqtida
kattalashuvi, shuningdek quldirab joyiga kirishi xarakterli.
Davolash
qorin bo’shlig’ini kesish yo’li bilan yoki oraliq orqali operatsiya
usulida bo’ladi.
Joyiga kiritib bo’lmaydigan yon tomonlama oraliq, churralarida
operatsiyaga ruxsat etilmaydi.
Qorin churralari asoratlari – yalliglanish, churrani joyiga kiritib bo’lmaslik,
koprostaz, qisilish.
314
Do'stlaringiz bilan baham: |