Xirurgik kasalliklar


Churralarning o’tkir asoratlari



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Churralarning o’tkir asoratlari. 
Bularga: churrada najas turib qolishi 
(koprostaz), churra ichidagi a’zolar yalliglanishi va churra qisilishi kiradi. 
Koprostaz asosan yoshi ulg’aygan odamlarda, aksariyat ayollarda sodir 
bo’ladi. Bunda odatda churraning o’zida ham, butun qorin bo’ylab ham og’riq 
nisbatan kam bo’lgani holda churra bo’rtmasining xajmi kattalashadi. 
Keyinchalik qorinda og’riq paydo bo’ladi, loxaslik va intoksikatsiya, kekirish, 
ko’ngil aynishi, qusish paydo bo’ladi. 
Churrada axlat turib qolganda dastlabki yordamning asosiy vazifasi qorin 
pressining peristaltikasini kuchaytirishga yordam berish va shu tariqa najas turib 
qolishiiga barham berish uchun churra ichidagini qorin bo’shlig’iga repozitsiya 
qilish (o’tkazish) hisoblanadi. Churra bo’rtmasini massaj qilish yoki oz-moz 
bosib turadigan bog’lam bog’lash ma’lum darajada yordam beradi. 
Churra bo’rtmasiga muz solingan xaltacha qo’yish yoki bo’rtgan joy 
terisiga xloretil oqimini ta’sir ettirish shu maqsad uchun xizmat qiladi. Ular 
ta’siri ostida ichaklarning qonga to’liqligi kamayadi, ularda qiska vaqtga spazm 
vujudga keladi, ichak repozitsiyaga oson beriladi, uning peristaltikasi kuchayadi. 
Churraning o’tkir yallig’lanishi. 
Churraning o’tkir yallig’lanishi kamroq 
uchraydi. Ichak devori sohasi churrani yallig’lantiradigan manba hisoblanadi. 
Bunda churrada, ko’pincha gipogastral sohasida o’rtacha og’riq sezgilari, 
Qorinning chuqur joylashgan qismida to’liqlik hissi paydo bo’ladi, qorin devori 
zonasi taranglashishi mumkin. 
Bunday yallig’lanishlarni davolash ularning ichidagi narsani qorin 
bo’shlig’iga albatta repozitsiya qilish, keyin o’rinda yotish rejimini saqlash, 
ichak va qovuq funktsiyasi ustida nazorat qilishdan iborat. Bunda churraning 
qisilishiga yo’l qo’ymaslik uchun churra holatini tez-tez nazorat qilib turish 
zarur. Odatda shundan keyin churra yalliglanishi kamayib boradi va yo’qoladi. 
Churra patogen mikroblar ishtirokida yallig’langanda seroz va seroz-fibrinoz 
ekssudat tezda yiringli va hatto yiringli-chirigan bo’lib qoladi. Churra 
xaltachasidagi infektsiya reflektor qusishga, butun qorin bo’ylab qorin pardasi 
yallig’lanishiga, qorin og’rishi, ichaklar parezi, peritonit manzarasiga sabab 


315 
bo’ladi. Shuning uchun bunday hollarda qorin devorining o’zgarmagan 
to’qimalari chegarasiga yaqin joyda revizion laparotomiya operatsiyasini 
boshlash va agar qorin bo’shligida hamma narsa joyida bo’lsa, bu jarohatni 
yopish va shundan keyingina yalliglangan churra to’qimalarini kesishga o’tish 
kerak. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish