Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Simptomlari
– qorinda og’riq, og’irlik va jismoniy mehnat bilan 
shug’ullanishga imkon yo’qligi, ba’zan qabziyat va qorin dam bo’lishi 
bemorlarning asosiy shikoyatlaridan hisoblanadi. 
Ob’ektiv tekshiruvda qorin devorida yamoqli o’zgargan yupqalashgan teri 
bilan qoplangan bo’rtmacha aniqlanib, uning ostida qorin a’zolari paypaslab 
ko’riladi. 
Ularni joyiga solingandan keyin churra teshigining o’tkir chekkalarini 
paypaslab ko’rish mumkin, bu teshik operatsion yamoqning boshdan-oxirigacha 
katta o’lchamlargacha etishi mumkin. 
Churra xaltachasi ichidagi a’zolar (charvi, ingichka va yo’g’on ichak 
qovuzloqlari) ko’pincha bo’rtib chiqqan joy sohasida yamoqli o’zgargan teri 
bilan qo’shilib ketgan bo’ladi. Tushgan ichki a’zolarning churra xaltachasi bilan 
bitishmalar hosil qilganligi, shuningdek ko’p sonli ichki a’zolarning churra 
xaltachasiga surilishi natijasida operatsiyadan keyingi churralar ko’pincha 
to’g’rilab bo’lmaydigan bo’lib qoladi. 
Davolash.
Operatsiyadan keyingi churralarni konservativ davolash qorinni 
mahkam tutib turadigan belbog’-bandaj tayinlashdan iborat. Davolashning bu 
usuli ba’zan katta eventratsiyali semiz bemorlarni davolashning birdan bir yo’li 
hisoblanadi, chunki yurak faoliyatida buzilishlar bo’lgan bu bemorlarni 
operatsiya yo’li bilan davolash katta xavf tug’diradi. 


309 
Eventratsiyasi ko’p bemorlarni operatsiyaga 1-2 xafta mobaynida 
tayyorlanadi, u o’rinda yotishi kerak, chunki aks holda operatsiya vaqtida ichki 
a’zolarni to’g’rilash va ularning ustidagi qisqargan qorin devorlarini tortish 
qiyin. Operatsiya qilib davolash churra xaltachasini ajratishdan, yupqalashgan 
teri yamog’i va unga yopishgan churra ichidagi a’zolar o’rtasidagi bitishmalarni 
ajratishdan iborat, shundan keyin ajralib ketgan qorin devori aponevrozini 
ajratish va ularga choklar solish zarur. 
O’rtada joylashgan churra operatsiyalaridan keyin churra teshigini ikki 
marta ko’paytirish printsipi bo’yicha, aponevrozning bir chekkasini ikkinchisiga 
qo’yib yopiladi. Yon tomonlama operatsiyalardan keyingi churralarda devor 
nuqsoni odatda muskullarni qatlam-qatlam qilib tikib yopiladi. 
Vreden usuli – qorin devori nuqsoni bo’lgan joyda cho’zilgan yamoq 
to’qimalari va aponevrozidan qo’shaloq hosil qilishdan iborat. 
S. P. Shilovtsev usuli – aponevrozdagi nuqsonni yamoqli teri laxtagi bilan 
uning epidermal qatlamini oldindan elektr koagulyatsiya qilib plastik 
bekitishdan iborat. Chandiqli to’qima va katta nuqsonlarda cutis-subcutis dan 
foydalaniladi, shuningdek qo’shni muskullardan olingan oyoqchadagi plastinka, 
son serbar fastsiyasidan olingan erkin fastsial to’qima yoki alloplastika ham 
qo’llaniladi. Churra teshiklarini polivinilalkogol, porolon, polietilen kabi 
matolar bilan plastika qilishda ham yaxshi natijalar olingan. 


310 
71-rasm. Amaliyotdan keyingi churralarda Voznesenskiy usulida plastika 
qilish. 
Amaliyotdan keyingi gigant churralarida, osilgan qorin bilan bo’lgan 
bemorlarda jarrohlik amaliyoti churra darvozasini Voznesenskiy usulida plastika 
qilish va osilgan qorinni Zolton usulida bartaraf etish tavsiya qilinadi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish