Xi bob. Dars ta’limida rivojlan- tirish texnologiyasi rivojlantiruvchi ta’lim nima?



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/54
Sana21.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#504778
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Bog'liq
pedagogika-1

O‘QIÒISHNING AMALIY MEÒODLARI
1.
Òa’limiy topshiriqlar.
Maktablardagi ta’limning hamma
bosqichlarida o‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish
juda muhimdir. Lekin kichik yoshligidan boshlab ularning ijodiy
fikrlashini shakllantirish alohida ahamiyatga ega. Chunki bosh-
lang‘ich sinflarda, xususan, ta’limning birinchi yili bolalarda o‘qish
qobiliyatlari shakllana boshlaydi.
O‘quvchining ijodiy fikrlashi yangilik kashf etishida, ko‘rila-
yotgan narsani yaratishning boshqacha usulini topishda, o‘quv
materialidan o‘zgacha bog‘lanishlarni ochib berishi va hokazolarda
aks etadi. O‘quvchilarning namunaga tayanmay qandaydir yangi
narsani yaratish qobiliyati ijodkorlikni talab qiladigan faoliyatda
rivojlanadi.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni
rivojlantirishda ta’limiy topshiriqlar muhim rol o‘ynaydi. Bunday
topshiriqlar fikrlash faoliyatining maqsadi sifatida xizmat qiladi va
uning xarakterini belgilaydi.
Òopshiriqlarning har xil turlari kichik maktab yoshidagi o‘quv-
chilar fikrlashining rivojlanishiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. O‘quv
faoliyatida reproduktiv topshiriqlarning ko‘p qo‘llanishi bolada
ilgari o‘zlashtirgan bilimlarini va ish usullarini qayta tiklashga
intilishni, namunaga qarab ishlash odatini vujudga keltiradi va bu
odat fikrlash jarayonining reproduktiv asosiga aylanadi. Lekin ijodiy
fikrlash ishning andazasiz usullarini amalga oshirishni, yangi
maqsadlar qo‘ya olishni, nazorat qila bilish va baholashni, reja-
lashtirishni, tahlil, taqqoslash va umumlashtirishning o‘ziga xos
usullarini, baholash mezonlarini shakllantirishni talab qiladi.
O‘quvchilarda mazkur fikrlash jarayonlarini tarkib toptirish uchun
darsda produktiv topshiriqlarni qo‘llash, ularning bevosita ijodiy
fikrlashi maqsadlar qo‘yishga, rejalashtirishga, umumlashtirishga,
shuningdek, nazorat qilishga va baholash kabi jarayonlarni
rivojlantirishga qaratilishi kerak.
Maqsadlar qo‘yish jarayoni matn, rasm mazmuniga savollar
tuzish, javob qaytarayotgan o‘quvchiga qo‘shimcha savol berish,
masalaning shartlariga turli savollar qo‘yish va hokazolarda amalga
oshadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ishni rejalashtirish ko‘nikmasini
rivojlantirish uchun ular bilan o‘zlarining kelgusidagi darslarda har
qanday topshiriqlarni bajarishdagi xarakterlarini qanday tasavvur


231
etishlarini doimiy ravishda muhokama qilib borish zarur. Shuningdek,
darslarda hikoyaning rejasini tuzish, bayon yozish, masalalar yechish
kabi topshiriqlardan keng foydalanish kerak.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni shakl-
lantirish zarurligi o‘qituvchining oldiga o‘quv jarayonida o‘quv-
chilarda tahlil qilish, taqqoslash va umumlashtirish ko‘nikmalarini
rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlardan ham keng foydalanish
vazifasini qo‘yadi. Ana shu jihatdan matematika darslarida, xususan,
masalalar yechishda katta imkoniyatlar mavjud bo‘ladi.
Fikrlash faoliyatining nazorat-baholash mexanizmini shakl-
lantirish har bir darsda o‘quvchilarni faqat faoliyatning natijasini
emas, balki ana shu faoliyat jarayonida tegishlicha baholashni
ham amalga oshirishga undaydigan topshiriqlardan foydalanishni
talab qiladi.
Dars strukturasiga produktiv topshiriqlarni kiritish kichik mak-
tab yoshidagi o‘quvchilarda yangi maqsadlar qo‘yish, rejalash-
tirish, andazasiz tahlil qilish, taqqoslash, nazorat qilish va baholash
kabi fikrlash jarayonlarini shakllantirishning asosiy shartlaridan
biridirki, bu jarayonlar ijodiy fikrlashning rivojlanishida katta rol
o‘ynaydi.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish