Xi bob. Dars ta’limida rivojlan- tirish texnologiyasi rivojlantiruvchi ta’lim nima?



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/54
Sana21.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#504778
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54
Bog'liq
pedagogika-1

Òa’limiy suhbat.
Ekskursiya, amaliy ish va yangi materialni
tushuntirgandan keyin ularni mustahkamlashda, takrorlashda,
shuningdek, ekskursiya va yangi materialni tushuntirish davomida
o‘qituvchi o‘quvchilar bilan suhbatlashadi. Suhbatni o‘quvchilar
shaxsiy tajribalari va kuzatishlari, mavjud bilimlari asosida
o‘qituvchining savolini tushunadigan va unga javob qaytara oladigan
bo‘lganlaridan keyin o‘tkazish mumkin. Agar ana shunday sharoit
(bilimlar, tajriba va kuzatishlar) bo‘lmasa, o‘quvchilar hech
qanday tasavvurga ega bo‘lmagan narsalar, hodisalar to‘g‘risida
suhbat o‘tkazishning mutlaqo foydasi yo‘q.
Har qanday suhbatning asosini didaktik masala tashkil etadi.
Ana shu masala suhbatning vazifasini va xarakterini, hatto uning
turini ham belgilaydi. Shunga ko‘ra, ta’limiy va evristik-ta’limiy
suhbatlar bo‘ladi.
Òa’limiy suhbat o‘rganiladigan materialni yanada mustah-
kamlash, chuqurlashtirish va takrorlash maqsadlariga xizmat qiladi.
Yangi mavzu tushuntirilgach, garchi har bir bola faol qatnashmasa
ham, ularning xotirasi va tafakkurini rivojlantirish uchun suhbat
o‘tkazish zarur. Unda to‘g‘ri fikr yuritish uchun misollarning
namunalari bo‘ladi. Bundan tashqari, adabiyot, jamiyatshunoslik
va boshqa fanlarga doir darsliklardagi suhbatlarda o‘quvchilarning
o‘qituvchi aytgan g‘oyalariga to‘g‘ri kelmaydigan xususiy fikrlari
yoki tushunchalari ham ma’qullanadi, o‘qituvchi o‘quvchilarning
javoblarini e’tirof etishga yoki rad qilishga shoshilmaydi. Aksincha,
sinfda ular o‘z fikrlarini yoki mustaqil mulohazalarini erkin
aytishlari uchun sharoit yaratishga harakat qiladi.
Javoblarni baholashda esa ularning shunchaki to‘g‘ri yoki
noto‘g‘riligini qayd qilish bilan cheklanmay, balki o‘quvchilarning
javoblaridan ozgina bo‘lsa-da, to‘g‘ri fikrlarini izlaydi. Ulardan
zarracha haqiqatni topsa, uni o‘zi qisqa va yaqqol qilib takrorlaydi,
15 — Pedagogika


226
o‘quvchining mustaqil fikr yuritganini ta’kidlaydi va uni shunday
qilishga da’vat etadi. Muvaffaqiyatli fikrlar, hatto ayrim ifodalar
mazkur mavzuda nima haqida gap borayotganini tushunishga yo‘l
ochsa, ta’limiy suhbatning evristik-ta’limiy suhbatga aylanishi
uchun xizmat qiladi. Noto‘g‘ri javoblar, agar jiddiy bo‘lmasa,
o‘qituvchi tomonidan qayd qilinmaydi yoki yo‘l-yo‘lakay tuzatib
ketiladi. Noto‘g‘ri javoblar esa o‘quvchilar tomonidan oydinlik
kiritilguniga qadar muhokama qilinadi. Òo‘liq qaytarilmagan
javoblarni o‘quvchilarning o‘zlari to‘ldiradilar.
Hozircha maktablarimizda o‘quvchilarning bilish ehtiyojlariga
taalluqli dolzarb masalalar bo‘yicha suhbatlardan ko‘p foydala-
nilmayotir. Fan, texnika, san’at va ishlab chiqarishning dolzarb
masalalari yoki ayrim muammolari o‘quvchilarni hayajonlantirishi
mumkin. Ixtisoslikka doir o‘quv predmeti bo‘yicha darslarda,
xususan hozirgi paytda, o‘quvchilarni qiziqtiradigan masalalar
muhokama qilinadi. Ba’zan esa bunday masalalar o‘quv dasturining
chegarasidan ancha chiqib ketadi. Shunday suhbatda o‘qituvchi
o‘quvchilar muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha uning fikriga
ehtiyojmand bo‘lishlariga ko‘ra qatnashadi. Mazkur suhbat
o‘quvchilarning shaxsiy ehtiyoji va qiziqishlarini, shuningdek,
ularni qiziqtiradigan muammoni aniqlash imkonini beradi. Unda
o‘quvchilar o‘zaro erkin fikr almashadilar.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish