Xi bob. Dars ta’limida rivojlan- tirish texnologiyasi rivojlantiruvchi ta’lim nima?


REPRODUKÒIV ÒA’LIMDAN AMALIY ÒA’LIMGA O‘ÒISH



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/54
Sana21.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#504778
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
Bog'liq
pedagogika-1

REPRODUKÒIV ÒA’LIMDAN AMALIY ÒA’LIMGA O‘ÒISH
Biz maktabda insonga hayotiy masalalarni mustaqil holda hal
qilishni o‘rgatamiz. Buning uchun faqat bilimlar emas, balki
ularni ishlatish va turli sharoitlarda qo‘llash ko‘nikmasi ham kerak.
Ana shu nuqtayi nazardan hozirgi maktabda ustunlik qiladigan
o‘qitishning reproduktiv usuli maqsadga muvofiq emas.
Masalan, hozir teatrlashtirish keng tarqalgan. Bunda jiddiy
spektakllarni qo‘yish haqida gap borayotgani yo‘q. Darsda kichik
sahnani o‘ynash: bolalarga tasodifan qadimgi odam uchrab qolsa, u
bilan nimalarni gaplashishlarini o‘ylab ko‘rishni taklif qilish mumkin.
Shu payt birdan shkafning eshigi ochilib, undan „ibtidoiy odam“
chiqadi. U teriga o‘ralgan va qo‘liga so‘yil ushlab olgan. Òeri bo‘lmasa,
ag‘darma nim po‘stin kiyadi. So‘yilning og‘irligini chamalab va terini
siypalab ko‘rib, „ibtidoiy odam“dan uning qabiladoshlari va yuz
ming yil avval qanday yashaganini so‘rash o‘quvchilar uchun
qiziqarlidir. Undan gugurtsiz olov yoqishni ham o‘rganish mumkin.
Bilishga doir yurishlar va ekskursiyalar barchaga ma’lum. Lekin
bunda bolalarning o‘zlari muammolarni qo‘yishlari, giðotezalarni
bayon qilishlari va ularga javob topishlari muhimdir. Bu borada
daladagi o‘simliklarning nima uchun har xil o‘sishi, gunafshaning
chiroyliligi va hokazolar haqida fikr yuritish g‘oyat foydalidir. Sinfda
o‘quv jarayonini bolalarni qiziqtiradigan savollarga javob topish
yo‘sinida tashkil qilish mumkin.
Hech qachon unutmaslik kerakki, pedagogik jarayonning ikkita
qatnashchisida — o‘qituvchi va o‘quvchida ikki xil maqsad bo‘lishi
mumkin. Masalan, o‘qituvchi o‘quvchini tabiat hodisalari bilan
tanishtirishni istasa, o‘quvchi o‘yin uchun vaqt topish haqida
o‘ylaydi. Buni bitta yo‘ldan ikki xil maqsadga qarab borish desa bo‘ladi.
Faoliyatga intilishning eng yaxshi omillaridan biri hayrat-
lanishdir. O‘qituvchilardan o‘quvchi darsdan nima olib ketishi
kerakligi so‘ralsa, ular: uyga vazifa, yangi bilimlar, baholar, deb
javob beradilar. Aslida o‘quvchi uyiga zavq-shavq va qoniqish bilan,
yana darsga kelish ishtiyoqi bilan qaytishi kerak. O‘qituvchining
darsda nimanidir amalga oshirishga ulgurmagani hech gap emas.
Uning bolalarda uyg‘otgan qiziqishi keyingi safar kamchilikni
to‘ldirishda unga yordam beradi. Dars oxirida o‘qituvchi bolalarni
hayratlantiradigan savolni ochiq qoldirsa, bolalar sarguzashtlarning
davomini kutgandek u bilan yana uchrashishga intiladilar.
Afsuski, darsliklarimizdagi matnlarda aqlga nomuvofiq fikrlar
uchramaydi, barcha ziddiyatlar bartaraf etilgan va shunga ko‘ra


229
darsliklar zerikarli. Odatda, dastlabki manbalarda aqlga nomuvofiq
fikrlar, ziddiyatlar, to‘qnashuvlar juda ko‘p bo‘ladi. Dastlabki
manbalardan foydalanish yaxshi, lekin ularni o‘qish qiyin. Shuning
uchun, bir tomondan, bolalar tushunadigan tilda yozilgan, ikkinchi
tomondan, o‘zaro zid fikrlar uyg‘otadigan mazmundagi o‘quv
matnlari zarur.
Bizning juda bo‘sh o‘quv materiallarimizni xayoliy qo‘shim-
chalar bilan jonlantirish mumkin va bu ish murakkab emas.
Masalan, o‘qituvchi darsni quyidagicha boshlaydi: „O‘zimizni
kosmik kemada uzoq galaktikadagi noma’lum planetaga uchib
kelgandek his qilamiz. Undagi hamma sharoit xuddi yerdagidek,
lekin faqat tortish kuchi kam. Unda qanday hayvonlar yashashi
mumkin?“ Bu holda bolalarni maqsadi mazkur planetada hayvonot
dunyosini ko‘paytirishdan iborat bo‘ladi. O‘qituvchi esa ularga
yerdagi hayvonot dunyosini o‘rgatishni ko‘zlaydi. O‘qituvchi ham,
o‘quvchilar ham o‘z maqsadlariga erishadilar, binobarin, taqqos-
lash bilishning yaxshi yo‘lidir.
Maktablarimizdagi o‘quv predmetlarning mazmunida asosiy
e’tibor definitsiyalarga, ya’ni tushunchalarni ta’riflashga qaratilgan.
Lekin ana shu tushunchalarga turli nuqtayi nazardan qarash g‘oyat
foydalidir. Har qanday obyekt o‘zi haqidagi tushunchaning ta’rifidan
ancha boydir. Bolaning miyasiga tushunchalar ta’rifini qanchalik
ko‘p tiqishtirsak, ana shu boylikning imkoniyatlari shunchalik
yo‘qolib boradi.
O‘qituvchining materialni takrorlash va mustahkamlashga
qaratilgan vazifalari ham o‘quvchilarning faoliyatini kuchaytirishi
lozim. Uyga beriladigan vazifaning o‘qish va so‘zlashdangina iborat
bo‘lishi ma’qul emas. Undan ko‘ra bolalarning o‘qituvchiga savollar
bergani yaxshiroqdir. Ammo o‘tilgan mavzu bo‘yicha berilgan savollar
o‘quvchilarni yangi bilimlarni o‘zlashtirishga tayyorlashi kerak. Suv
solingan idish isitilsa, itarilish kuchi qanday o‘zgaradi? O‘qituvchi
darsda isbotlagan qoidalarni amalda sinab ko‘rishni bolalarga tavsiya
etishi mumkin. Chunki bahslashish uchun bilim kerak.
Hozir maktablarda o‘quvchilarga o‘zlari o‘rganadigan
predmetlarni yoki mavzularni tanlash huquqini berish mumkinligi
xususida gaplar bo‘layotir. Bolaga ko‘chaga chiqishdan oldin etigini
kiyish yoki kiymasligini aytish kerak emas. Chunki u „kiymayman“
deyishi mumkin va so‘ragan kishi mulzam bo‘lib qoladi. Unga etikni
avval chap yoki o‘ng oyoqqa kiyishini aytish boshqa gap. U o‘zining
tanlash huquqidan qoniqish bilan foydalanadi.


230

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish