Xi bob. Dars ta’limida rivojlan- tirish texnologiyasi rivojlantiruvchi ta’lim nima?


O‘yinlarni psixologik-pedagogik tashkil etish, tayyorlash va



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/54
Sana21.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#504778
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
pedagogika-1

O‘yinlarni psixologik-pedagogik tashkil etish, tayyorlash va
o‘tkazish bosqichlari
— o‘qituvchining o‘yinni tashkil qilish va
o‘tkazishga nazariy-metodik tayyorgarligi:
— kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning yoshi, o‘ziga xos
psixologik va tiðologik xususiyatlarini o‘rganish, ana shu xususi-
yatlarni hisobga olish hamda ular o‘yinining maqsadi, vazifasi va
mazmuniga muvofiq ravishda tuzatishni rejalashtirish;
— o‘quvchilarning hayotiy tajribasini, qiziqishlarini, mayllari
va qobiliyatlarini o‘rganish hamda o‘yinda ulardan foydalanib, har
bir o‘quvchida to‘la qoniqish hosil qilishni rejalashtirish;
— texnik vositalardan foydalanib, namunaviy o‘yinlarni ko‘rsa-
tish va tushuntirish;
— o‘quvchilarni o‘yinning mazmuni, sujeti, maqsadi va
vazifalari, bosqichlari, borishi va qoidalari bilan tanishtirish;
— o‘quvchilarni o‘yin jarayonida o‘zini o‘zi nazorat qilishga
shaylash;
— o‘yinga rahbarlikning xarakterini, o‘yinda o‘qituvchining
o‘zi ham hakam yoki kuzatuvchi sifatida qatnashishini, yoki
rahbarlikni peshqadam o‘quvchiga berishini belgilash;
— o‘yin jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir
ko‘rsatishi;
— o‘tkazilgan o‘yinni muhokama qilish: qo‘yilgan vazifalar
yuzasidan o‘yinning natijalarini, ishtirokchilarning harakatlarini
baholash va ularni rag‘batlantirish;


235
— mazkur o‘yinning o‘quvchilarni vatanparvarlik va baynalmi-
lallilik ruhida tarbiyalashdagi samaradorligini pedagogik tahlil
qilishdan iboratdir.
O‘yinlarni tashkil qilishda quyidagi pedagogik omillarni hisobga
olish zarur:
— o‘quvchilarning o‘yinning mohiyati, mazmuni, bosqich-
lari va natijasini to‘la tushunishini;
— ularning navbatdagi o‘yin faoliyatiga shaxsan qiziqish bilan
ijobiy munosabatda bo‘lishini; o‘yinda zarur bilim, ko‘nikma va
malakalarini safarbar etishini;
— o‘yingacha, o‘yin jarayonida va undan keyin o‘qituvchining
barcha talablarini bajarishlarini.
Muammoni hal qilishning optimal psixologik-pedagogik
shartlari quyidagilardan iboratdir:
— mazmunan dolzarb o‘zbek xalq o‘yinlari majmuasini tanlash;
— o‘quvchilarni o‘yin faoliyatiga emotsional jihatdan shaylash;
— o‘qituvchining kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni o‘zbek
xalq o‘yinlariga qiziqtira olishi;
— o‘zbek xalq o‘yinlariga rahbarlik qilish mazmuni, shakllari
va metodlarining birligi;
— o‘yin jarayonining hayotiyligi, uning haqqoniyligi;
— kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘yin faoliyatida
qatnashuvining ixtiyoriyligi:
— o‘yinlarning mazmunini asta-sekin murakkablashtirib
borish.
O‘zbek xalq o‘yinlarini tanlashga qo‘yiladigan talablar:
— o‘yinlar mazmunining hayotiyligi va haqqoniyligi;
— mazmuni bo‘yicha mosligi;
— sujetning soddaligi, qiziqarliligi va hissiyotliligi;
— o‘yinda faol fikrlashni, ijodkorlikni, sezgirlikni, tashab-
buskorlik va faollikni, hissiy ta’sirchanlikni, o‘tkir zehn va kuzatuv-
chanlikni, diqqat-e’tiborlilikni talab qilish;
— o‘yinning o‘quvchilar yoshiga, psixologiyasi va ularning
pedagogik tayyorgarligiga mosligi.
O‘qituvchi sinflar bo‘yicha o‘yinlarni „Milliy harakatli o‘yin-
lar“ (Ò. Usmonxo‘jayev va b. Milliy harakatli o‘yinlar. Òoshkent,
„O‘qituvchi“, 2000) kitobidan yoki mahalliy bolalar o‘yinlaridan
foydalanishi mumkin.
O‘yinlarni o‘tkazishning tarbiyaviy maqsadi va vazifalari uchta
(boshlang‘ich, asosiy, yakunlovchi) bosqichda amalga oshiriladi.


236
Boshlang‘ich bosqich
o‘quvchilar bilan ularning yoshiga mos,
tushunarli, ijodiy yo‘sindagi tayyorgarlik ishlarini olib borishdir.
Ana shu ishlar orqali o‘yinlar o‘quvchilarda o‘z xalqining
tarixiga, an’analariga: xalq ijodiga, shu jumladan, o‘yinlariga,
o‘zbek xalqining qahramonona, inqilobiy o‘tmishiga qiziqish hamda
mehnatga hurmat va muhabbat uyg‘otishi lozim. Shuningdek, ularda
respublikamizning mehnatdagi yutuqlari bilan faxrlanish hissini;
xalq yaratgan go‘zal narsalarga muhabbat tuyg‘usini, tabiatdagi
boyliklarni qo‘riqlash ehtiyojini tarkib toptirish zarur.
Asosiy bosqich
bolalarni bevosita o‘yinga tayyorlash, o‘yin
jarayonida bolalarning har xil o‘yin faoliyatini boshqarishi, uyga
vazifa berish va hokazolardan iboratdir.
Yakunlovchi bosqich
mazkur o‘yindagi barcha pedagogik-
psixologik jarayonlarning natijalarini jamlashdir.
O‘yinlarning samaradorligini oshirishning eng muhim shartlari
quyidagilardan iborat:

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish