Xalqaro valyut-kredit munosabatlari



Download 491,63 Kb.
bet22/86
Sana18.07.2022
Hajmi491,63 Kb.
#819687
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86
Bog'liq
10-y-XALQARO-VALYUTA-KREDIT-MUNOSABATLARI-Darslik-T.-2009-R.R.-Tojiev

BANK

EUR USD




USD

EUR

Kotirovkani so’raydi MIJOZ MIJOZ
Faraz qilaylik, bank mijozining AQSh dollaridagi valyuta hisobraqami mavjud, biroq shartnoma shartlari bo’yicha etkazib berilgan uskuna uchun to’lovni evroda amalga oshirishi kerak. Bankdagi dollarli hisobraqamga nisbatan evroda to’lov topshiriqnomasini taqdim qilgani holda mijoz amalda bankdan dollarni uskunalarni sotib olish uchun zarur bo’lgan miqdordagi evroga ayirboshlashni so’raydi. Bank konversiyani offer kotirovkasi bo’yicha bajaradi, va mijozdan dollarni sotib olib (ularni mijoz hisobvarag’idan olib), unga evroni sotadi (mijoz hisobvarag’iga o’tkazadi va to’lovni amalga oshiradi).
Mazkur qoida bank ayirboshlash shahobchalariga ham tegishlidir. Taxmin qilaylik, bir fuqaro, 100 dollarlik banknotaga ega va unda rublga ehtiyoj tug’ildi.

Mijoz biror bir bankning ayirboshlash shahobchasiga murojaat etganida unda AQSh dollarining rublga nisbatan quyidagi kotirovkalariga duch keldi.

Xarid qilish (bid) Sotish (offer) 29,75 30,05


Fuqaro bankka 100 dollarni 29,75 kursi bo’yicha sotadi va evaziga 2975 rubl oladi. Xorijda dam olishni mo’ljallab turgan boshqa bir fuqaro 100 dollarlik banknotani 1 dollarga 30,05 rubl kursi bo’yicha sotib oladi va bunda 3005 rubl to’laydi. Mazkur ikki bitim natijasida bank 30 rubl foydaga ega bo’ladi. Kotirovkaning o’ng va chap tomonlaridagi farq spred (spread) yoki marja (margin) deb ataladi va bankning mijozlar va banklar bilan amalga oshiradigan qarama-qarshi bitimlari bo’yicha oladigan daromadining asosini tashkil qiladi. Marja (spred) «konvertastiya xizmatlari uchun to’lov» sifatida ko’rilishi mumkin. Ikki tomonlama kotirovkani ta’minlash uchun bank operastiyalarni o’tkazish bilan bog’liq xarajatlarni qoplashi, shuningdek, valyuta kursining o’zgarish riskini hisobga olishi kerak.
Marja hajmi quyidagi sabablar ta’sirida o’zgarib turadi:

  • Kontragent maqomi. Bank marjasi banklararo bozordagi boshqa banklarga nisbatan bankning korporativ mijozlari uchun kattaroq bo’ladi. Xalqaro valyuta bozorida evroni dollarga nisbatan kotirovkalashda EURUSD spred miqdori odatda 10 punktdan ortmaydi (odatda 5 punkt) – 0,8720-30. Moskva banklararo bozorida dollarrubl (USDRUB) kursining spred miqdori 2001 yilda 100 punktni tashkil qilgan edi (taxminan 1 kopeyka) – 29,7550-7650. Banklar valyuta konversiyalarini amalga oshirishda o’z korporativ mijozlariga yanada kengroq spredni kotirovka qiladilar, masalan, EURUSD  0,8700 – 0,8750.

  • Bozor kon’yunkturasi. Beqaror, doimo o’zgaruvchan kurs sharoitida marja hajmi odatda kattaroq bo’ladi. Masalan, xalqaro bozorlarda evro kursi tez pasayadigan vaziyatda ko’pgina banklar evrodollar bitimlarini kotirovkalashda 10 punktdan kam bo’lmagan marjani belgilaydilar. Rossiyada 90-yillarda inflyastiyaning kuchayib borishi va dollarga bo’lgan talabning keskin ortganligi davrida banklarning almashuv shahobchalarida marja hajmi 100 rublgacha oshib ketgan edi.

  • Kotirovkalanadigan valyuta va bozorning likvidliligi. Bank kam ishlatiladigan valyutani kotirovkalaganida yoki kam likvidli bozorda bitimlarni amalga oshirayotganda marjaning miqdorini kattaroq qilib belgilaydi. Masalan, Avstriya bankining funt sterlingni Shveystariya frankiga nisbatan kursida belgilaydigan marjasi evroning dollarga nisbatan kursiga qaraganda kattaroq bo’ladi. Xuddi shu tarzda, Rossiya

bozorida banklar evro va boshqa valyutalarning rublga nisbatan kursini dollarning rublga nisbatan kursiga qaraganda yuqoriroq kotirovkalaydilar, chunki bunday bitimlar segmenti kam likvidli hisoblanadi. Shuningdek, bozor o’zining geografik joylashuviga qarab ham kam likvidli bozor turiga kirishi mumkin, masalan, Sankt- Peterburgda banklar dollarrubl bitimlari bo’yicha kattaroq spred belgilaydilar.

  • Bitim summasi. Jahon valyuta bozorlarida banklar o’zaro bir-biriga nisbatan evro, yapon ienasi, funt sterling, Shveystariya frankiga qarshi 1 mln.dan 10 mln. dollargacha bo’lgan o’rtacha bozor summalaridagi bitimlarda 3-5 punktli standart spredlarni qo’llaydilar. Hajmi bo’yicha yirik va uncha yirik bo’lmagan bitimlar ham kattaroq spred bilan olib boriladi. Yirik bitimlar bankni kattaroq riskka duchor qiladi, shu bilan birga kichik summadagi bitimlarni o’tkazishda bankning xarajatlari ortib ketadi.

  • Kontragentlar o’rtasidagi munosabatlar xarakteri. Agar banklar- kontragentlar o’rtasida ko’p yillar davomida barqaror ijobiy munosabatlar o’rnatilgan bo’lsa, bitim shartlari doimo uzluksiz bajarilib kelingan, va banklar dilerlari bir-birlarini juda yaxshi bilsalar, marja miqdori kichikroq bo’ladi. Agar bank dileri biror kontragent bilan konversion bitimni tuzishni istamasa, biroq vaziyatdan kelib chiqib ochiqchasiga inkor qila olmasa, u katta spredni belgilaydi va shu orqali kontragentning bitimdan voz kechishiga erishadi.

Arbitraj konversion operastiyalar (valyuta arbitraji) valyuta dilerining valyuta kursining o’zgarishidan foyda olish maqsadida bank hisobiga spekulyativ valyuta pozistiyasini ochishi bilan bog’liq. Odatda pozistiyalar bazaviy valyutaning yaxlit miqdorlarida (USD, EUR, GBP) ochiladi.
Agar kursning ko’tarilishi kutilayotgan bo’lsa, uzun pozistiya (ya’ni xarid qilish) ochiladi.
Agar valyuta kursining pasayishi ro’y beradigan bo’lsa, qisqa pozistiya (ya’ni sotish) ochiladi.
Masalan, valyuta dileri yaqin orada (odatda ish kuni davomida) evro kursining AQSh dollariga nisbatan oshishini mo’ljallab, 0,9175 kursi bo’yicha dollar evaziga 1 mln. evro sotib oladi va bu bilan AQSh dollari bo’yicha uzun pozistiyani ochadi. Spekulyativ pozistiyani yaratib, u kursning noqulay o’zgarish riskiga moyil bo’lib qoladi. Taxmin qilaylik, hisob-kitoblar to’g’ri bo’lgan va kurs 0,9235 gacha ko’tarildi. Bunda diler uzun pozistiyani 1 mln. evroni sotish orqali yopadi va quyidagi foydaga ega bo’ladi:


 1 000 000 EUR - 917 500 USD



Download 491,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish