Xalqaro valyut-kredit munosabatlari



Download 491,63 Kb.
bet20/86
Sana18.07.2022
Hajmi491,63 Kb.
#819687
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   86
Bog'liq
10-y-XALQARO-VALYUTA-KREDIT-MUNOSABATLARI-Darslik-T.-2009-R.R.-Tojiev

Kotirovka bazasi
Kotirovka valyutasi
kurs

Bu yozuv bir birlik baza valyutasiga nisbatan kotirovkalanadigan valyutaning mos keladigan miqdorini anglatadi (ya’ni 1 Amerika dollari uchun 1,7525 Shveystariya franki).


Valyuta kursining yozilishidagi oxirgi raqamlar bazis punktlari (points) yoki pipslar (pips) deb ataladi. Yuzta punkt baza raqamni – dilerlar tilida "katta figura" ni tashkil qiladi. Masalan, dollar kursining Shveystariya frankiga nisbatan 1,7525 dan 1,7535 ga o’zgarishi dollarning 10 punktga oshganini, kursning 1,7525 dan 1,7325 ga o’zgarishi esa dollarning ikkita "figura"ga tushganini anglatadi. Dollarning rublga nisbatan kursi uchun 1 punkt 1 kopeykaning yuzdan biriga teng bo’ladi, kursning 30,0515 dan 30,0615 ga (ya’ni 1 kopeykaga) o’zgarishi esa kursning bir "figura"ga oshganini bildiradi.
Valyuta kurslari kotirovkasi to’g’ri va teskari turlarga bo’linadi.
To’g’ri kotirovka – bir birlik xorijiy valyuta uchun zarur bo’ladigan milliy valyuta miqdori. Odatda ko’pincha valyutalar Amerika dollari bilan solishtiriladi: 1 AQSh dollariga to’g’ri keladigan milliy valyuta miqdori (bu erda dollar bazaviy valyuta hisoblanadi). To’g’ri kotirovka sifatida jahondagi ko’pgina valyutalarning dolllarga nisbatan kursi rasmiy ravishda kotirovka qilinadi - USDCHF, USDRUB, USDJPY, USDCAD va h.k.
Evro hududiga kiruvchi mamlakatlarning valyutalari ham evroga almashtirilguniga qadar kurslari dollarga nisbatan to’g’ri kotirovka bo’yicha belgilangan (USDDEM, USDFRF, USDITL va b.).
Teskari kotirovka bir birlik milliy valyutada aks ettirilgan xorijiy valyuta miqdori:

Teskari
kotirovka
1
Тo' g' ri kotirovka

Odatda teskari kotirovkadan kam foydalaniladi.
Masalan, to’g’ri kotirovkada dollarning Shveystariya frankiga nisbatan kursi quyidagi USDCHF  1.7525 ko’rinishga ega bo’lsa, teskari kotirovkada u bunday aks ettiriladi: CHFUSD  11.7525  0.5706.
Teskari dollar kotirovkasida Amerika pul birligi kotirovkalanadigan valyuta sifatida, boshqa valyuta esa bazaviy valyuta sifatida qabul qilinadi. Bir qator valyutalar AQSh dollariga nisbatan rasmiy ravishda teskari kotirovkada belgilanadi. Bular dollarning evroga, Angliya funt sterlingiga, shuningdek, Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlaka davlatlari valyutalariga nisbatan teskari kotirovkalaridir - EURUSD, GBPUSD, AUDUSD, NZDUSD va b.
Masalan, EURUSD  0.9130 kursi 1 evroning 0,9130 AQSh dollariga sotib olish mumkinligini anglatadi.
Boshqa valyutalardan farqli o’laroq, Evropa Ittifoqining pul birligi hisoblangan evro jahon valyutasi maqomiga da’vogarlik qiladi, shuning uchun kotirovkalarda bazaviy valyuta sifatida qabul qilinadi. Siyosiy maqsadlardan tashqari evro 70-yillardan buyon dollar kotirovkasida bazaviy valyuta sifatida kelgan Evropa valyuta birligi – EKYu ning o’rniga yuzaga keldi.
Funt sterlingning bazaviy valyuta sifatida kotirovkalanishining sababi bu ingliz funtining Britaniya imperiyasi davridan beri asosiy jahon valyutasi bo’lib kelishidadir. XX asr boshlarida boshqa mamlakatlar, shu jumladan AQSh ham o’z valyutalarini funt sterlingga solishtirganlar.
O’sha davrlardan buyon funt sterlingning dollarga bo’lgan kursini
«telegraf kursi» yoki «keybl» (cable) deb atalib kelingan. Mazkur an’ananing ildizlari shunga borib taqaladiki, XX asr boshlarida birja kotirovkalari, shuningdek, Buyuk Britaniya va AQSh o’rtasidagi hisob-kitoblar okean tubidan o’tkazilgan sim (cable) orqali telegraf xabarlari vositasida amalga oshirilgan.
Jahon bozorlarida asosiy valyuta juftligi bo’lib AQSh dollarining evroga kotirovkasi hisoblanadi, xalqaro muomalada uning ulushi 2001 yilda taxminan 30%ni tashkil qilgan. Keyingi o’rinlarda dollariena (20%), funt sterlingdollar (11%) va dollarShveystariya franki (5%) turadi.

Download 491,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish