Xalqaro valyut-kredit munosabatlariValyuta 1 Yevro uchun milliy valyutalarning
10-y-XALQARO-VALYUTA-KREDIT-MUNOSABATLARI-Darslik-T.-2009-R.R.-Tojiev
13 Ushbu tizimga Avstriya, Belgiya, Germaniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Portugaliya, Finlyandiya, Fransiya kirgan. Международные валютно-кредитные и финансовые отношения: учебник / под ред. Красавиной Л.Н. - 3-е изд., перераб. и доп. – М.: Финансы и статистика, 2006. – 176 с. 1999 - 2002 yillar davrida o'zaro naqdsiz hisob-kitoblarda Yevro va unga biriktirilgan milliy valyutalar parallel ravishda ishlatildi, hududning barcha davlat hamda xususiy bo'lgan moliyaviy aktivlari va passivlarining nominatsiyasi Yevroda amalga oshirildi. Yevroittifoqning yagona pul-kredit va valyuta siyosati hamda EI milliy bank institutlarining faoliyati amalga oshirila boshlanishini; 2002 yilning 1-yanvaridan boshlab Yevroning banknot va tangalarini muomalaga chiqarilishi, uning a'zo mamlakatlar milliy valyutalari bilan parallel muomalasi, mazkur milliy valyutalarni Yevroga almashinishini; 2002 yilning 1-iyulidan milliy valyutalarni muomaladan chiqarib olinishi va a'zo mamlakatlar xo’jalik muomalasining to'liq Yevroga o'tishini. Yevroittifoqning yagona pul va valyuta siyosati a'zo mamlakatlar tomonidan EI Kengashi orqali, shu jumladan ularning moliya vazirlari tarkibida yig’ilishlarda ishtirok etadigan (EIning iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashi), oddiy ko'pchilik ovoz bilan qaror qabul qilishda hamda Yevroparlament va EMB bilan maslahatlardan so'ng shakllantiriladi. Yaqin istiqbolga bo'lgan iqtisodiy, pul va valyuta siyosatlarining asosiy maqsadlari bo'lib baholar barqarorligi hamda Yevroning xalqaro mavqei mustahkamlanishi ta'minlangani holda iqtisodiy o'sish va aqoli bandligini rag’batlantirish hisoblanadi. 1999 yilning 1-yanvaridan ushbu siyosatning aniq shakllantirilishi va uning ijro etilishi Markaziy banklarning Yevropa tizimiga berildi (MBET). Ushbu MBET Yevroga o'tgan mamlakatlar markaziy banklari va millatusti Yevropa Markaziy Bankidan tashkil topadi. o’z navbatida MBET a'zo mamlakatlar Markaziy banklari bilan hamkorlik aloqalarini amalga oshiradi, shu jumladan ularning qar biri uchun yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan emissiya kvotalarini belgilaydi, EI kredit va valyuta bozorlari kon'yunkturasi ustidan joriy kuzatuvni amalga oshiradi, EIning iqtisodiy hamda moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashi qarorlarini tayyorlaydi va zarur bo'lganda zikr etilgan kon'yunkturani qo'llab-quvvatlash maqsadida milliy markaziy banklar bilan birgalikda intervensiyalarni amalga oshiradi. Bunda EIning iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashi siyosatining asosiy instrumentlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi: targetlash (inflyatsiyani nazorat qilish maqsadida asosiy pul agregatlarining maqsadli yo'nalishlarini belgilanishi); asosiy foiz stavkalarining tebranish chegaralarini belgilash, shu jumladan Yevroning yalpi zonasi bo'yicha ularni o'zaro yaqinlashtirish maqsadida; v) ochiq bozordagi operatsiyalar; g) banklar uchun minimal zahira talablarining o'rnatilishi. EIning iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashi tomonidan boshqariladigan "TARGET" o'zaro hisob-kitoblar tizimi Yevro zonasini mustahkamlovchi vosita bo'lib hisoblanadi. "Yevro zonasi"ning boshqa dunyo bilan ham munosabatlari chegaralangan. Yagona valyutaga EIning 15 davlatidan hozircha 11 davlati o'tayotganligini hisobga olgan holda shunday holat ham ko'zda tutilganki, agarda Yevroning oyoqqa turish va amal qilish jarayoni yalpi Yevroittifoq manfaatlariga taalluqli bo'lsa EI mamlakatlarining vujudga kelayotgan muammolari yuzasidan ushbu mamlakatlarning to'liq (yoki manfaatdorlari) ishtirokida, ularning xulosalari hamda takliflarini EIning iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashiga yetkazgan holda norasmiy o'zaro maslahatlari uyushtirilishi mumkin. 1999 yilning 1-yanvaridan boshlab Yevropa Valyuta Ittifoqining (EVI) uchinchi bosqichiga o'tish EI a'zosi bo'lmish barcha mamlakatlar uchun rasman ochiq bo'lsada, boshidanoq ushbu mamlakatlarning barchasini Yevroga o'tishi qiyin ekanligi ayon edi. Shu sababli qo’shilgan ("ins") va qo’shilmagan ("pre ins") mamlakatlar o'rtasidagi kelgusi munosabatlarni belgilab olinishi Yevro hamda milliy tasarrufda qolayotgan valyutalar o'rtasidagi kurslarni muvofiqlashtirishning muqobil mexanizmini ishlab chiqish zaruratida o'z ifodasini topdi. 1996 yildan boshlab ushbu masala EIning iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashi, Yevropa Valyuta Institutlari hamda Yevropa Ittifoqi Komissiyasining ma'ruzalari negizida Yevropa Ittifoqi Kengashida muhokama etildi. Ushbu mexanizmning asosiy elementlari 1996 yil 13-14 dekabrda Yevrokengash tomonidan Dublinda rasman tasdiqlangan edi. 1997 yilning 16-17 iyunida Amsterdamdagi Yevrokengash 1999 yilning 1-yanvaridan amalga kiritiladigan "MOK-2" ("almashuv kurslari mexanizmi - 2") nomini olgan mazkur mexanizmning tamoyillari va fundamental asoslarini belgilovchi rezolyutsiyani qabul qildi. Ushbu rezolyutsiya EIga a'zo barcha mamlakatlar markaziy banklarining rahbarlari tomonidan qo'llab-quvvatlandi va milliy markaziy banklar hamda EMB orasidagi MOK-2 amal qilishining tezkor tartibotlari bo'yicha maxsus kelishuv shaklida rasmiylashtirildi. MOK-2ning asosiy maqsadi - "pre ins" mamlakatlarini Yevro zonasiga qo’shilishi uchun tayyorlash va EIda kurs intizomini mustahkamlashda ko'maklashishan iborat. Ishtirok etish rasman ixtiyoriy bo'lgan "MOK-2" "MOK-1"dan meros sifatida va yangidan quyidagi asosiy elementlarni oladi: "MOK-2" mexanizmining tashkiliy tuzilishi o'ziga asos sifatida "spisali g'ildirak modeli"ni oladi. Ushbu modelda Yevro markaziy valyuta, "yakor valyutasi" va hisob birligi rolini o'ynaydi, "pre ins" mamlakatlarining valyutalari esa ikki taraflama asosda u bilan bog’langan bo'ladi. Ushbu valyutalar paritetlarining ko'p tomonli to'ri (setkasi) endi hech qachon qo'llanilmaydi; markaziy kurslar va kurs tebranishlarining yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan chegaralari. "Pre ins" valyutalari markaziy valyuta kurslarining Yevroga nisbatan miqdori ular atrofida +,-15% tebranishning yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan chegaralarida individual asosda belgilanadi. Mazkur kurslarning aniq ifodasi va diapazonlari Yevro zonasi mamlakatlari moliya vazirlari, EMB hamda MOKda ishtirok etuvchi ushbu zonaning a'zo mamlakatlari markaziy banklarining rahbarlari va moliya vazirlarining o'zaro kelishuvi hamda Yevropa Ittifoqi Komissiyasining an'anaviy ishtiroki asosida aniqlanadi. Shu kabi tartibot bo'yicha xo’jaliklar yaqinlashuvining amalga oshishi zaminida Yevro va "pre ins" mamlakatlari valyutalari o'rtasida nisbatan qat'iy aloqalar o'rnatish imkoni mavjud. o’z navbatida markaziy kurslarning barqarorligi muntazam monitoring ostidadir va "MOK-2"ning (hamda Yevropa Ittifoqi Komissiyasining) barcha ishtirokchilari ularni muvofiqlashtirish yuzasidan konfidensial maslahatlarni boshlash huquqini oladilar (4-jadval). "MOK-2"ni boshqarish. Valyuta bozorlaridagi ehtimoliy intervensiyalarni o'z ichiga olgan holda Yevro zonasi va "pre ins" mamlakatlari o'rtasida valyuta siyosatini muvofiqlashtirish organi bo'lmish EMB "MOK-2"ni tezkorlik bilan boshqarishga javobgar bo'ldi. EIning iqtisodiy va moliyaviy qo'mitasi (Yevropa hamjamiyati iqtisodiy va valyuta ittifoqi shakllanishining uchinchi bosqichida u EIning iqtisodiy hamda moliyaviy masalalar bo'yicha Kengashi o'rnini egallaydi) Yevropa Ittifoqi Komissiyasi bilan birgalikda "pre ins" mamlakatlarida valyuta hamda moliyaviy vaziyat rivojlanishini nazorat qilib turadi. Valyuta kursi siyosati EMB bilan maslahatlardan so'ng Yevropa Ittifoqi Kengashi a'zolarining oddiy ko'pchilik ovozi bilan qal qilinadi. Kurslarni markaziy kurs chegarasidan 15% tashqariga chiqishi valyuta bozorlarida hamkorlikdagi intervensiyalar orqali muvofiqlashtirish choralari qo'llanilishini taqozo etadi. Yevro va jahon valyuta tizimi o'rtasidagi munosabatlar o'zaro kelishuv tamoyili asosida Yevropa Ittifoqi Kengashining (Yevroparlamnt va EMB bilan maslahatlardan so'ng) qarorlari bilan muvofiqlashtiriladi. Yevro zonasi a'zolari bo'lmish mamlakatlar o'zlarining XVFga individual a'zoliklarini saqlab qolishni maqsadga muvofiq deb hisoblab, kollektiv intizom bilan o'zaro bog’langan yagona blok sifatida maydonga chiqishni afzal ko'radilar. Download 491,63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |