Xalqaro valyut-kredit munosabatlari


-jadval 1999 yilning 1-yanvar holatiga markaziy kurslar va Yevropa-II



Download 491,63 Kb.
bet17/86
Sana18.07.2022
Hajmi491,63 Kb.
#819687
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   86
Bog'liq
10-y-XALQARO-VALYUTA-KREDIT-MUNOSABATLARI-Darslik-T.-2009-R.R.-Tojiev

4-jadval 1999 yilning 1-yanvar holatiga markaziy kurslar va Yevropa-II


valyuta mexanizmi doirasida valyuta tebranishlarining yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan chegaralari15



  1. Международные валютно-кредитные и финансовые отношения: учебник / под ред. Красавиной Л.Н. - 3-е изд., перераб. и доп. – М.: Финансы и статистика, 2006. – 576 с.

.



Mamlakat va valyuta

EUR 1 =




Yuqori chegara

7,62824

Daniya, krona

Markaziy kurs

7,46038




quyi chegara

7,29252

Gretsiya, drahma

Yuqori chegara

406,075




Markaziy kurs

353,109




quyi chegara

300,143

EIning yagona valyuta va kredit bozori sharoitida bir qator moliyaviy operatsiyalarning davlat muvofiqlashtirish qoidalarini sezilarli erkinlashtirilishi hamda soddalashtirilishi kutiladi, xususan:

  1. nafaqat o'z mamlakatlarida, balki Yevro zonasida ham investitsiya qilishga teng huquqlarni oladigan sug’urta kompaniyalari va pensiya fondlarining faoliyati. Birinchi navbatda ushbu, ularga mavjud qo'yilmalarni davlat milliy qimmatli qog’ozlarida majburiy to'planuvidan qutilish va bu bilan sezilarli darajada o'z portfellarini diversifikatsiyalash imkonini beradi;

  2. davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirish bo'yicha birlamchi dilerlar o'zining cheklovchi, asosan milliy tavsifnomasini yo'qotadi;

v) Yevro zonasida kreditlarni ko'chmas mulk garovi yuzasidan joylashtirish erkin va ko'p chegarali bo'ladi. Bir qator mamlakatlarda ushbu bugungi kunda maxsus ruxsatni talab etadi;
g) milliy hukumatlar hamkor-mamlakatlar banklari faoliyatini o'z hududlarida nisbatan kamroq nazorat qila boshlaydilar. Hozirgi paytda ushbu nazorat milliy pul siyosati manfaatlari bilan izohlanadi;
d) ayrim mamlakatlardagi soliqqa tortilishdagi farqlar tobora ko'rinarli bo'ladi. Ushbu ularning taqqoslama raqobatdoshligining mustaqil omiliga aylanadi. o’z navbatida ushbu jarayon EI soliq tizimlarining integratsiyasini tezlashtiradi. EIdagi "soliq ko'rfazlari"ni yopilishi manfaatidagi harakatlar kuchayadi.
Yevro kiritilishining tasdiqlangan tartibida o'tish davrida EI ushbu jarayonda zo'rlash va majbur etish tamoyillarini qo'llamasligidan kelib chiqqan holda rasmiy hokimiyat hamda xususiy biznes unga o'tish yo'llarining nisbatan kengroq tanlov erkinliklari va oraliq sanalariga ega bo'lishi ko'zda tutiladi. Biroq bularga qaramasdan bir qator davlat moliyaviy operatsiyalarini yangi valyutaga o'tishining ma'lum bir qoidalari o'rnatilgan.
Byudjet va EI institutlarining Yevroga o'tishi eng oddiysi bo'lib hisoblanadi, chunki ular Yevro ekvivalenti bo'lgan EKYUda azaldan ishlab kelgan. Bunga muvofiq EIning moliyasi 1999 yilning 1-yanvaridan boshlab
Yevroda ifodalanadigan bo'ldi. EI va EMBning nominali EKYUda ifodalangan, so'ndirilish muddatlari 1999 yilning 1-yanvaridan so'ng bo'lgan obligatsiya zayomlari ushbu sanadan boshlab Yevroga avtomatik ravishda konvertatsiya qilinadi, EIga a'zo mamlakatlar valyutasida ifodalangan zayomlar nominali esa ushbu valyutalarning Yevroga nisbatan kursiga asosan 2001 yilning 31- dekabriga qadar davr mobaynida qayta hisoblab chiqiladi.
Yevro zonasiga a'zo mamlakatlarning ichki moliyaviy (byudjet, hisob yuritish va boshqa shu kabi) operatsiyalari 2001 yilning 31-dekabriga qadar milliy valyutalarda amalga oshishi mumkin. Biroq davlat moliyaviy statistikasining asosiy ko'rsatkichlari parallel ravishda Yevroda ham chop etiladi. Yevroga qo’shilgan davlatlar valyutasida ifodalangan va 1998 yilning 31-dekabriga qadar to'lanishi lozim bo'lgan mazkur davlatlarning tashqi davlat qarzi ushbu ifodadagi valyutada to'lanadi. 1999-2001 yillar o'tish davriga to’g’ri keladigan to'lovlarga yuqorida zikr etilgan "majbur etmaslik va taqiqlamaslik", ya'ni to'lov valyutasining erkin tanlovi qoidasi qo'llaniladi.
Yevropa fond birjalari federatsiyasi nominali Yevro zonasi mamlakatlari milliy valyutalarida ifodalangan xususiy qimmatli qog’ozlar bilan birja savdosini 1999 yilning 4-yanvaridan boshlab, ya'ni fond birjalarining yangi yilda ochilishining birinchi kunidan boshlab yangi valyutaga o'tkazishni tavsiya etdi.
Qimmatli qog’ozlar nominalini ifoda etish uslubi to’g’risidagi qaror ularning emitentlari (aksiyalar uchun - aksiyadorlar majlisi) tomonidan qabul qilinadi. Bunda ushbu ko'rsatkichlar ifodasining to'liq raqamlarini saqlab qolish maqsadida aksiyalarning nominal qiymati yoki ustav kapitalining hajmi o'zgarishi mumkin. Zikr etilgan nominallashtirish jarayoni aksiyadorlar manfaatiga zid bo'lmasligi yoki o'z portfellarining bir qismini sotishga majbur etmasligi lozim.
Yevroning yutug'i yoki yutqizishi o'tish davrining oxiriga kelib yangi kollektiv valyuta ma'lum bir aniq xo’jalik aylanmasida "kritik massa"ga ega bo'la olishi yoki bo'lmasligiga bog’liq bo'ladi. Ehtimollarga ko'ra ushbu amalga oshadi, chunki:

  1. 1999 yilning 1-yanvaridan boshlab EI va Yevro zonasi mamlakatlari davlat moliyasining katta qismi, shuningdek byudjet hamda xususiy sektor o'rtasidagi moliyaviy oqimlar ham Yevroda ifodalangan. 1999 yilga kelib ushbu mamlakatlar tashqi davlat qarzining yarmini Yevroda nominallashtirilishi kutilmoqda;

  2. bank aylanmalari va qisqa muddatli depozitlarning 1/3 qismi hamda majburiy bank zahiralashtirilishining asosiy qismi Yevroda nominallashtirish jarayoniga tushadi;

v) Yevro bilan almashinayotgan milliy (Germaniya markasi, Fransiya franki, Gollandiya gul'deni) valyutalar xalqaro xo’jalik aylanmasiga xizmat ko'rsatishda sezilarli o'rin egallaydilar va nominallashtirish natijasida o'z mavqelarini yo'qotmasalar kerak. Bu erda EI ichki hisob-kitoblarida AQSh dollari aylanmasi hajmining qisqarishi haqiqatga yaqindir. Yevro tomonidan Xalqaro savdoning 18-28 foiziga, shu jumladan EI ichidagi aylanmaning asosiy qismiga o'tish davrida xizmat ko'rsatilishi kutilmoqda;
g) Yevro zonasi valyuta bozorlari yangi valyutaga tez o'tishga tayyordir; d)uchinchi davlatlar hamda ularning iqtisodiy operatorlarini valyuta
zahiralari yoki hisobvaraqlarda Yevrodagi avuarlarga ega bo'lishga xohishi mavjudligi sababli Yevroga, uning zonasidan tashqarisida ham, katta talab paydo bo'ladi;
e) mavjud tebranishlarga qaramasdan Yevroni AQSh dollariga nisbatan kursi nisbatan muvozanatli bo'lishi kutilmoqda.
Bozorlardagi Yevroning umumiy massasi avvalgi valyuta massasidan katta bo'ladi deb, ya'ni boshqa valyutalar hisobiga mablag’lar bir qismining birinchi navbatda dollar va iena orqali Yevroga oqib o'tishi prognoz qilinmoqda.
Xalqaro iqtisodiy, shu jumladan, valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlarga Yevro tomonidan sezilarli o'zgarishlar olib kirilishini ekspertlar prognoz qilmoqda. Barqarorlashtirilgan davlat moliyasi sharoitida hukumatning yangi qarzlarga bo'lgan ehtiyojining pasayishi singari Yevro zona mamlakatlarining zarurati qolmagan avvalgi hajmlardagi valyuta zahiralarini qisqarishi hisobiga ushbu zonadagi pul va kapital bozorlarida taklif ortadi. Ushbu sharoit mazkur bozorlarni yanada ochiq va bir maromli qiladi hamda bu bozorlarda eng muhim ishtirokchi bo'lib davlat emas, balki xususiy shaxs sifatidagi qarz oluvchi maydonga chiqadi, asosiy investitsiyalar esa davlat majburiyatlariga emas, balki korxonalar qimmatli qog’ozlariga, shu jumladan ularning aksiyalariga ketadi. Ushbu esa EI fond va kredit bozorlarini ishlab chiqarish bilan yanada qattiqroq boqlaydi. Natijada kapitalning yalpi aylanishi tezlashadi.
Xalqaro miqyosda kapitallar chambarchas bog’lanib ketishi jarayonida Yevro zonasi mamlakatlari ishtiroki faolligining ortishi kutilmoqda. Ularning bozor sub’ektlari maydonga nafaqat savdogarlar, balki investorlar sifatida ham maydonga faol chiqadi. EI korxonalari va banklarini mazkur zonaning yalpi masshtabida faoliyat ko'rsatishga imkon beradigan hajmlarda yiriklashtirishga qaratilgan birlashish hamda o'zaro qo’shilib ketishning yangi bosqichi boshlanadi.
Yevroni kiritilishi banklar uchun bank xizmatlari va davlat hamda korporativ qimmatli qog’ozlarning EIda yagona bozorini qaror topishi va
yaratilishini bildiradi. Alohida mamlakatlarning mustaqil kredit reytingi asta- sekin individual milliy qarz oluvchilarning taqqoslama imtiyozlari foydasiga o'zining avvalgi ahamiyatini yo'qotadi.
Sanoat korporatsiyalari uchun Yevroning kiritilishi Yevrodan baho va to'lov valyutasi sifatida foydalanish, hisob-kitoblar, valyuta tavakkalchiligini sug’urtalash bilan bog’liq xarajatlarning kamaytirilishini bildiradi. Ushbu moliyaviy korxonalarni sog'lomlashtirish aksiyalari daromadliligini o'sishi uchun muhimdir va Yevro zonasining nisbatan past darajada rivojlangan janubi asta- sekin asosiy ko'rsatkichlar bo'yicha shimol darajasiga yaqinlashib boradi.
Jahon moliyaviy markazlar xususiga kelsak, agarda Buyuk Britaniya Yevro zonasiga qo’shilmasa unda yetakchilik London qo'lidan Frankfurt (Maynda) va Parij qo'llariga o'tib qolishi mumkin.
Yevropa hamjamiyati iqtisodiy va valyuta ittifoqining barpo etilishi jahon xo’jaligidagi kuchlar joylashishini AQSh hamda Yaponiyaning jahondagi mavqei kuchsizlanishi hisobiga istiqbolda "yangi Yevropa" foydasiga o'zgartirib yuborishi mumkin.

Xulosa


Valyuta tizimi - bu, milliy qonunchilik yoki davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan valyuta munosabatlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishning shaklidir.
Jahon valyuta tizimi - bu, jahon bozori (xo’jaligi) ning rivojlanishi asosida shakllangan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir. Jahon valyuta tizimining tashkiliy asosi bo'lib, milliy valyuta tizimi hamda ushbu tizimga kirayotgan har bir mamlakat valyuta mexanizmini tashkil etilishining davlat-huquqiy shakli hisoblanadi.

Download 491,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish