Xalqaro valyut-kredit munosabatlari



Download 491,63 Kb.
bet19/86
Sana18.07.2022
Hajmi491,63 Kb.
#819687
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   86
Bog'liq
10-y-XALQARO-VALYUTA-KREDIT-MUNOSABATLARI-Darslik-T.-2009-R.R.-Tojiev

7-jadval


Sotib olish

Sotish




Korxona operatsiyasi

SEK 1501000

USD

1000000

Bank operatsiyasi

USD

1000000

SEK

1501000

    1. Valyuta kursining turlari


Valyuta kurslarining quyidagi turlari mavjud: "spot" kurs, sotuvchi va sotib oluvchi kurslari, forvardli kurs, kross-kurs, "autrayt" kursi. "Spot" kurs - bu, naqdli (kassa) shartnomasi kursidir. U "spot" shartnomalari ijrosi paytida qayd etiladigan bir mamlakat valyutasining bahosini boshqa mamlakat valyutasidagi ifodasidan iborat.
"Spot" kurslar erkin suzadigan yoki qat’iy belgilangan bo’lishi mumkin. Ular milliy valyutani mamlakat tashqarisida shartnomani amalga oshirish paytiga sotib olish qobiliyatini ko’rsatadi.
Ba'zi davlatlar valyutalarining ichki va tashqi qiymati mavjudligiga qaramasdan valyuta nazorati sharoitida oddiy tijorat operatsiyalarini amalga oshirishda, asosan tovar hamda xizmatlar importida valyuta va "spot" kurslari bir xilda qo’llanilishi mumkin.
Forvardli kurs - bu, muddatli valyuta shartnomalari kursidir. U kelgusida ma'lum bir sanaga valyutani yetkazib berish sharti bilan sotish yoki sotib olish bahosidan iboratdir. Bunda muddatli valyuta operatsiyasida kurs uning ijrosi ma'lum bir muddat o’tganidan so’ng amalga oshsa ham shartnoma tuzilish paytida qayd etiladi.
Amaliyotda forvard kursi "spot" kursiga yaqin. Farqi shundaki, forvard operatsiyalarida valyuta xavf-xatarlari paydo bo’ladi. Masalan, forvard kursi valyutalarning kuchli va kuchsiz pozitsiyalarini, foiz stavkalaridagi farqlarni hisobga olishi lozim. Bu omillar forvard kursini "spot" kursidan jiddiy og’ishiga olib kelishi mumkin.
"Autrayt" kursi - bu, mukofot va diskont yordamida aniqlanadigan muddatli shartnoma kursidir.
Kross-kurs - bu, ikki valyuta o’rtasidagi kursni uchinchi valyuta orqali aniqlash uslubi yordamida topilgan kursdir. Yuqorida zikr etilgan barcha kurs turlari bo’yicha masala ushbu darslikning 5-mavzusida batafsil ko’riladi.
Valyuta kurslarida sotuvchi va sotib oluvchi kurslar kotirovka uslublariga qarab belgilanadi. Masalan, 1 AQSh dollari 1,7550 yoki 1,7555 Shved kronasi kotirovkasini olsak, Shvesiyada bu to’g’ri kotirovkadir va 1,7550 sotib oluvchi kursi, 1,7555 esa sotuvchi kursi bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, to’g’ri kotirovkada banklar past kursda sotib oladilar va yuqori kursda sotadilar.
Agar yuqorida ko’rib chiqilgan kotirovkamiz 1AQSh dollari 1,7550 yoki 1,7555 N'yu-Yorkda bo’lsa, unda bu kotirovka teskari kotirovka bo’ladi va endi 1,7550 sotish, 1,7555 esa sotib olish kursi bo’ladi. Chunki, teskari kotirovkada milliy valyutaning xorijiy valyutadagi bahosi emas, balki bir birlik milliy valyutaga qancha xorijiy valyuta to’g’ri kelishini tushunish kerak. Shu sababli teskari kotirovkada banklar past kursda sotib oladilar va yuqori kursda sotadilar.
Amaliyotda bir kotirovka turini boshqa kotirovka turiga aylantirish mumkin. Buning uchun 1 sonini ushbu kotirovkaga bo’lish kerak. Masalan, 1AQSh dollari 1,7550 yoki 1,7555 Shved kronasi Shvesiyada to’g’ri kotirovka. Agar, 1 / 1,7550 (0,5698) va 1 / 1,7555 (0,5696) arifmetik hisob-kitoblarni bajarsak, 1 Shved kronasi 0,5696 yoki 0,5698 AQSh dollariga teng ekanligini topamiz. Bu endi Shvesiyada teskari kotirovka bo’ladi.
Joriy konversion operastiyalari uchun spot almashuv kursi qo’llaniladi. Spot kursi joriy valyuta kursi hisoblanadi va u doimo gazetalar sahifalarida, axborot agentliklari ekranlarida e’lon qilib turiladi.
Bank amaliyotida valyutalar kurslarining quyidagi belgilanishlari amal qiladi: masalan, AQSh dollarining Shveystariya frankiga nisbatan kursi - USDCHF kabi, dollarning rublga nisbatan kursi - USDRUB kabi belgilanadi, va aksincha, evroning dollarga nisbatan kursi - EURUSD, funt sterlingning dollarga nisbatan kursi - GBPUSD kabi belgilanadi.
Mazkur belgilanishlarda chap tomonda kotirovka asosi (baza valyutasi yoki asosiy savdolanadigan valyuta), o’ng tomonda kotirovka valyutasi yoki kotirovkalanadigan valyuta (shu jumladan, kontrvalyuta atamasi ham qo’llaniladi) turadi:
USD CHF 1,7525


Download 491,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish