Valyuta tizimi bobi bo'yicha o'z bilimini tekshirish uchun savollar:
Valyuta tizimi tushunchasi va uning shakllari?
Milliy valyuta tizimi va uning elementlari?
Jahon va hududiy valyuta tizimlari hamda ularning elementlari?
Parij konvensiyasi va klassik oltin tanga standarti?
Ikkinchi jahon valyuta tizimi va uning inqirozi sabablari?
Devizlar nima?
Uchinchi jahon valyuta tizimi va uning asosi?
Dollar standarti va oltinning rasmiy bahosi?
Qat'iy belgilangan kurslar rejimi?
"Oltin pul" va "Oltin nuqtalar" mexanizmi tushunchasi?
Bretton Vuds valyuta tizimi inqirozining asosiy sabablari?
To'rtinchi jahon valyuta tizimi va uning asosi?
Ko'p valyutali standart tushunchasi?
Erkin suzuvchi kurslar rejimi?
valyuta kursi tushunchasi
valyuta kursini hisoblash
kross-kurs
valyuta kursining turlari
valyuta kursiga ta'sir etuvchi omillar
zamonaviy sharoitda valyuta kurslari keltirilgan.
Valyuta kursi tushunchasi. Oltin-deviz standarti sharoitida valyuta kursi.
Tovarlar va xizmatlar bilan xalqaro savdoning kengayishi ko’pchilik davlatlar chegaralarini geografik xaritadagi shartli chiziqlarga aylantirib yubordi. Biroq ushbu davlatlarning valyutalari mustaqil bo’lib, ularning iqtisodiyotlarini tarkibiy ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi. Valyutalari erkin konvertatsiya qilinadigan iqtisodiy tizimlarda valyuta kurslarining ayirboshlanish darajasi milliy eksport tarmoqlarining muvaffaqiyatini va boshqa mamlakatlardan import qilinadigan tovar hamda xizmatlar baholari darajasining hal qiluvchi omili bo’lib hisoblanadi.
Valyuta kurslarining muvozanatsizligi sharoitida banklar va tadbirkorlar ushbu muvozanatsizlik bilan bog’liq xavf-xatarlarni boshqarishda katta qiyinchiliklarni o’z boshidan kechiradi.
Valyuta savdosi bilan bog’liq bazis operatsiyalarni quyida ko’rib chiqish va ularni to’g’ri tushunish uchun ba'zi bir tushunchalarni o’rganib olishimiz lozim.
Valyuta sifatida banklarning xorijda xorijiy valyutada joylashtirilgan aktivlari hamda xorijda to’lovi amalga oshiriladigan xorijiy valyutadagi cheklar va veksellar tushuniladi. Bunda gap faqat naqdsiz pullar haqida boradi.
Valyutaning qiymati tovarlar bilan savdodagi singari talab va taklifga bog’liq bo’lgan bahoda ifodalanadi. Ma'lum bir miqdordagi valyutaning bahosi boshqa bir valyutaning nisbiy birliklarida belgilanadi (milliy yoki xorijiy). Xorijiy valyutaning bahosi valyuta kursi deb ataladi.
Valyuta kursi - bu, bir valyutani boshqa bir valyutadagi ifodasi yoki bahosidir. Masalan, 1 AQSh dollari = 970 O’zbekiston Respublikasining so’mi yoki 1 AQSh dollari = 31,75 Rossiya Federatsiyasining rubli.
Yagona tilda o’zaro munosabatda bo’lish uchun valyuta savdosining barcha ishtirokchilari ma'lum bir davr mobaynida shakllangan Xalqaro
standartlar va qoidalarni tan oladi hamda ularga itoat etadi. Masalan, barcha yozma tarzda tuziladigan shartnomalarda valyutalarni belgilash hamda ularni tasdiqlash uchun ISO-kodlardan (ISO-standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilot) foydalaniladi. Shu bilan birgalikda ular Xalqaro to’lovlar bilan ham bog’liq.
Davlat va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatida valyuta kursi muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ushbu faoliyat natijasida davlatlar hamda turli sub’ektlar o’rtasida majburiyatlarni bajarish, hisob- kitoblarni amalga oshirish zarurati tug’iladi, ularni hal etish uchun esa albatta muayyan bir valyutani boshqa bir valyutaga nisbatan o’lchash zarurati tug’iladi. Shu sababli azaldan jahon amaliyotida Buyuk Britaniya va Irlandiya funt sterlinglari, Avstraliya hamda Kanada dollarlari singari AQSh dollarining kursi dollarning bir birligi uchun belgilangan.
Yevropa valyutasini boshqa Yevropa valyutalarida baholash uchun (Britaniya va Irlandiya funtlaridan qat’iy nazar) ko’p qollarda "100", Italiya lirasi uchun esa "1000" standart birligi ishlatiladi. Yapon ienasi Yevropa valyutalariga nisbatan 100 birligida kotirovka qilinadi.
Kurslar kotirovkalari, valyutalarni o’lchanishi ikki, uch va to’rt o’nlik xonalarigacha aniqlangan holatlarda ham farqlanadi.
Valyuta kursi pullarning xalqaro harakati jarayoniga taalluqlidir va umumiy asosda milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligi bilan aloqalarini ifodalaydi.
Oltin-deviz standarti sharoitida valyuta kursi aniqlanganda qog’oz pullar zaminida yotgan oltin miqdorlari solishtirilgan. Masalan, Buyuk Britaniya 1 funt sterlingi zaminida 1821 yilda 7,322385 gramm oltin yotgan, 1 nemis markasi zaminida esa 1873 yilda 0,385422 gramm oltin yotgan. Bunga ko’ra 1 funt sterling 20,43 nemis markasiga teng bo’lgan (7,322385/0,385422). Yoki, 1 AQSh dollari zaminida 1971 yilda 0,888671 gramm oltin yotgan. 1961 yildagi baho masshtabiga ko’ra SSRIning 1 rubli zaminida 0,987412 gramm oltin yotgan. Bundan, 1 AQSh dollari 0,90 SSSR rubliga teng bo’lgan (0,888671 / 0,987412).
Oltin-deviz standarti sharoitida 1929/36 yillargacha davlatlarning milliy qog’oz pullari baho masshtabiga asosan oltinga almashtirilar edi. 1936 yildan so’ng davlatlar milliy qog’oz pul birliklarini oltinga almashmaydigan bo’ldi, ya'ni muomalada oltinga almashmaydigan kredit qog’oz pullar yura boshlagan. Bunday sharoitda, ya'ni Bretton-Vuds valyuta tizimi sharoitida ham, valyuta kurslari ularning zaminida yotgan oltin miqdorlarini solishtirish orqali aniqlanar edi.
Yamayka valyuta tizimi (1976-78 yillar) sharoitida rasmiy asosda oltin demonetizatsiyasi e'lon qilindi va oltin yuridik jihatdan o’zining pul sifatidagi
harakatini to’xtatdi. Jahon bozorida valyuta kurslari ularga bo’lgan talab va taklif asosida, valyutalarning tarixiy masshtabi atrofida tebrana boshladi. Bunday muvozanatsiz sharoitda valyutalarning kursi qisqa vaqt ichida tez o’zgaradigan bo’lib qoldi.
Ko’p qollarda barcha davlatlar milliy valyutalarining kursi AQSh dollari yoki Buyuk Britaniya funt sterlingiga nisbatan belgilanadi. Ammo tashqi savdo munosabatlarida albatta biror bir valyutaning boshqa bir valyutadagi kursiga zarurat tug’ilib turadi. Masalan, Yaponiya eksportyor Germaniya importyor bo’lsa, unda albatta 1 Evro qancha Yapon ienasiga to’g’ri keladi, degan savol tug’iladi. Bunga javob berish uchun kross-kurs uslubidan foydalaniladi. Kross- kurs to’g’risida ushbu darslikning 5-mavzusida batafsil gaplashiladi.
Xalqaro valyuta savdosida standart birliklarga teng summalar sotiladi va sotib olinadi. Sotilayotgan yoki sotib olinayotgan valyuta savdo qilinayotgan valyuta deb ataladi. Savdo qilinayotgan valyutani baholash uchun ishlatiladigan valyuta esa kotirovka valyutasi deb ataladi. Masalan, "EVRO/SEK 2,50 kursi" bu, 100 evro uchun 2,50 Shved kronasini to’lash yoki olish kerakligini bildiradi. Bu holda savdo qilinayotgan valyuta bo’lib evro, kotirovka valyutasi esa Shved kronasi hisoblanadi.
Odatda valyuta kursini belgilashda xorijiy valyuta savdo qilinayotgan valyuta, mahalliy valyuta esa kotirovka valyutasi sifatida bo’ladi. Bunday kotirovka to’g’ri kotirovka deb ataladi: ma'lum bir miqdordagi xorijiy valyutaning bahosi milliy valyutaning o’zgaruvchan birliklarida ifodalanadi (jadval 5).
jadval
Ba'zi valyutalar, asosan Britaniya hamdo’stligi mamlakatlarining valyutalari (Angliya va Irlandiya funtlari yoki Avstraliya dollari) doim savdo qilinayotgan valyuta sifatida maydonga chiqadi. Buyuk Britaniya funt sterlingini AQSh dollari va Evroga nisbatan standart kotirovkalari quyidagicha ko’rinishda bo’ladi (jadval 6).
Milliy valyuta savdo qilinayotgan, xorijiy valyuta esa kotirovka valyutasi bo’lgan holdagi kotirovka turi teskari kotirovka bo’ladi.
Yuqorida bayon etilganlardan tashqari banklararo savdoda valyutani kotirovka qilayotgan bank odatda valyutani sotib olish va sotish kurslarini e'lon qiladi. Sotib oluvchi kursi "Bid" kursi, sotuvchi kursi esa "Offer" kursi sifatida belgilanadi.
jadval
Mamlakat
|
Savdo qilinayotgan valyuta
|
Kotirovka valyutasi
|
Baho
|
Buyuk Britaniya
|
GBP
|
USD
|
1,5500
|
Buyuk Britaniya
|
GBP
|
EVRO
|
1,2100
|
Germaniya
|
GBP
|
EVRO
|
1,2100
|
Germaniya
|
GBP
|
USD
|
1,5500
|
To’g’ri kotirovkada "Bid" sotib oluvchi kursi banklar tomonidan savdo qilinayotgan valyutani sotib olish va milliy valyutani sotish kursi bo’ladi. "Offer" kursi banklar tomonidan savdo qilinayotgan valyutani sotish va milliy valyutani sotib olish kursi hisoblanadi. "Bid" va "Offer" kurslarining farqi sifatidagi miqdor "spred" deb ataladi.
1-misol. To’g’ri kotirovka. Svesiyadagi korxona 1 mln. AQSh dollarini Shved kronasiga sotmoqchi. Talabi bo’yicha u o’z bankidan quyidagi kotirovkani oladi: USD/SEK 1,5010 - 1,5020.
Diler-bank 1 AQSh dollari uchun 1,5010 shved kronasini to’lashga tayyor. Boshqa tarafdan, 1 AQSh dollarini sotganda bank 1,5020 shved kronasini olmoqchi. Mijoz esa aksincha 1 AQSh dollarini sotib, 1,5010 shved kronasini oladi va 1 AQSh dollarini sotib olmoqchi bo’lsa 1,5020 shved kronasini to’lashi kerak.
Mijoz bankka 1 mln. AQSh dollarini 1,5010 kursi asosida sotadi va Shved kronasidagi 1501000 ga teng ekvivalentni oladi. Korxona va bank operatsiyalari quyidagicha ko’rinishda bo’ladi (jadval-7):
Do'stlaringiz bilan baham: |