Tabiiy kuchlar ta'siriga izohlar («fors-major»)
Deyarli barcha oldi-sotdi shartnomalarida shartnoma bajarilishi muddatini o’zgartirishga ruhsat berish yoki shartnoma imzolanganidan keyin tomonlar majburiyatlariga bog‘liq bo‘lmagan holda shartnoma bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlarning yuzaga kelishida tomonlar o‘z majburiyatlarini qisman yoki butunlay bajarmasliklari mumkinligi haqida band mavjud bo‘o‘adi. Bunday xolatlar odatda «ko‘rinmas», yoki «fors major» yoki «tabiiy kuchlar ta‘siri» deb ataladi. Shartnomadagi shunga mos shartlar «tabiiy kuchlar haqida izoh», «fors-major», «majburiyatlardan ozod qiluvchi holatlar», «majburiyatlardan ozod qiluvchi asoslar», deb ataladi.
Tabiiy kuchlar ta‘siri holatlarini ikki toifaga bo‘lish mumkin: uzoq muddatli va qisqa muddatli. Uzoq muddatliga, odatda, eksportni (ba‘zan importni) ta‘qiqlash, urushlar, blokada, valyutani cheklash va boshqa xukumat va xukumat organlarining tadbirlar kiradi. Qisqa muddatliga yong‘in, suv toshqini, stixiyali qashshoqlik, port yoki dengizning muzlashi, zilzilalar va boshqalar kiradi.
Arbitraj
Shartnomaning bu shartida tomonlar orasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan va tinch yo‘l bilan qal qilinmagan munozaralarga ruhsat berish tartibi belgilanadi. Ko‘pgina shartnomalar uchinchi - sud deb nomlanuvchi arbitraj tomonidan ko‘rib chiqiladi. Arbitraj, odatda ikki arbitor va bir superarbitordan tashkil topgan bo‘ladi. Arbitraj uchun ko‘pincha, tovar birjalarida, savdo palatalarida, tadbirkorlik uyushmalarida yoki ixtisoslashtirilgan arbitraj uyushmalarida tashkil etilgan doimiy arbitraj komissiyalaridan biri tanlanadi. Tomonlar shartnomada xalqaro savdo palatasi qoshidagi arbitraj sudida kutilayotgan munozaralarni ko‘rib chiqadilar.
Transport shartlari
Transport shartlarida odatda, quyidagilar ko‘rib chiqiladi:
Yuk tushirish (ortish) porti, ortish-tushirish punktlari, yukni uzatish punktlari nomi;
Sotuvchi va xaridor o‘rtasida yuklarni ortish (tushirish) xarajatlarini taqsimlash;
O’tkazish shartnomasini rasmiylashtirish uchun konosament va charter rasmiyatchiligini tanlash;
Kemaning portga kelganligi haqida va kemaning yuk operatsiyalarini bajarishga tayyorligini aniqlash haqidagi axborotlar tartibi;
Ortish-tushirish me‘yorlari va qatiy vaqtni hisoblash tartibi.
Eksport va import litsenziyalari
Shartnomani bajarish uchun eksport yoki import litsenziyasi talab qilinsa, muvofiq litsenziyani olish majburiyatiga ega tomon bu haqida shartnomada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatishi shart. Litsenzion tartibdagi shartnoma imzolash vaqtida har qanday o‘zgarishlar haqida bir tomon ikkinchi tomonga darhol telegraf orqali xabar jo‘natishi lozim.
Agar shartnomani bajarish uchun eksport yoki import litsenziyasi talab qilinsa, litsenziya olish majburiyatiga ega tomon bunday litsenziya olish uchun barcha zarur choralarni o‘z vaqtida qabul qilishi lozim.
Agar litsenziya shartnomada ko‘rsatilgan muddatda olinmasa, bunday shartnoma o‘z kuchini yo‘qotgan hisoblanadi. Agar litsenziya olish uchun shartnomada ko‘rsatilgan muddatda muvofiq organ litsenziya berishdan vos kechsa, litsenziya olish majburiyatini olgan tomon tezda telegraf orqali ikkinchi tomonni ogohlantirishi lozim. Agar unga xabar qilinmasa, litsenziya olishga mas‘ul tomon shartnoma majburiyatlarini bajarmagan hisoblanadi.
Agar litsenziya shartnoma miqdorining bir qismiga berilgan bo‘lsa, litsenziya olish majburiyatiga ega tomon bu haqida ikkinchi tomonni darhol ogohlantirishi lozim. Bu xabarda yoki shartnoma tomonidan belgilangan muddatda litsenziya olishi kerak bo‘lgan tomon shartnomaning qisman bajarilishi haqida ikkinchi tomonga taklif kiritishi mumkin.
Quriqlik orqali olib borishda, agar berilgan litsenziya tovar jo‘natilgandan keyin bekor qilinsa, litsenziya uchun xarakat qilayotgan tomon «tabiiy kuchlar holati haqidagi izoh» moddasida ko‘rib chiqilgan nizomni qo‘llash huquqiga ega emas.
Agar berilgan litsenziya kema joyidan qo‘zg‘alguniga qadar yoki quriq er orqali tovar yuborilishiga qadar bekor qilinsa, litsenziya uchun xarakat qilayotgan tomon telegraf orqali bu haqida ikkinchi tomonga darhol xabar berishi lozim.
Shartnomaning bekor qilinishi natijasida yuzaga keladigan zararlarga ikkila tomonning ham aralashishi huquqini bermaydi. Litsenziya olish majburiyatni olgan tomonning yuqorida ko‘rsatilgan majburiyatlarini bajarmaslik holatlari bundan mustasno.
Xalqaro oldi-sotdi shartnomalarini tuzish usullari
Oldi-sotdi shartnomalarining turlari
Oldi-sotdi shartnoma va bitimlarni tomonlarga bog‘liqligiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: bir martalik va davriy etkazib berish; pulli va tovar shaklidagi (to’la yoki qisman) to’lovi bilan etkazib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |