To'lov muddati. Tomonlar, odatda shartnomada to‘lovning aniq muddatini belgilaydilar. Agar to‘lov muddati to‘g‘ri yoki egri tarzda belgilanmagan bo‘lsa, unda to‘lov sotuvchi tomonidan xaridorni tovar uning ihtiyoriga tavsiya etilganligi haqida ogohlantirilgandan keyin aniq kunlar davomida o‘tkaziladi, etkazib berishning boshqa shartlarida sotuvchi tomonidan xaridorning tovar yuborilganligi haqidagi ogohlantirishidan keyingi kunlarda orqali belgilanadi.
To'lov usuli tovarning etkazilib berilishi munosabati bo‘yicha tovar to‘lovini amalga oshirishni aniqlaydi. To‘lovning asosiy usullari: naqd to‘lov, avans to‘lov va kredit to‘lovi. Uzoq muddat davomida tayyorlanuvchi murakkab uskunalarni etkazib berishda barcha uch uslubdan foydalaniladi.
Xorij mamlakatlarida hisob shakllari turli tuman bo‘lib, to‘lovning bank va kredit vositalari turli ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Xalqaro tijorat bitimlarida naqd pul belgilari, odatda qo‘llanilmaydi. Hisobning asosiy shakllari quyidagilar: inkassali, akkreditivli, ochiq hisob bo‘yicha, telegraf va pochta o‘tkazmalari yo‘li bilan, chekli, vekselli. Xalqaro tijorat bitimlari bo‘yicha hisoblarning ko‘p qismi inkassali va akkreditiv shaklda amalga oshiriladi. hisobning bu shakllari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan.
Qadoqlash
Agar tovar turi bo‘yicha qadoqlash zarurati bo‘lsa, shartnomaga qadoqlash xarakteri va ko’rinishi, uning sifati, hajmi, to’lov usuli ko‘rsatilgan shartlar kiritiladi.
Qadoqlash ko‘rinishini aniqlash qadoqda ko‘rsatilgan tovar xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, shartnomada tashqi qadoqlash va ichki qadoqlash farqlanadi. Ularning sifati u qondirishi kerak bo’lgan talablarda belgilanadi. qadoq sifatiga belgilangan standartlarning va texnik shartlarning mavjudligi standartlar va texnik shartlarga muvofiq ilovalar bilan aniqlanadi.
Yuklash tartibi
Xaridor tovarni qabul qilish haqida o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rishi uchun tovar ortilgan vaqtni bilishi juda zarur. Shuning uchun shartnomada odatda, sotuvchi xaridorga tovar yuklanganligi haqidagi xabarni etkazish lozimligi ko‘rsatilishi shart.
Topshirish-qabul qilish
Tovarni topshirish deganda, oldi sotdi shartnomasi bo‘yicha shartlarga muvofiq, tovarning sotuvchi tomonidan xaridor ixtiyoriga o‘tkazish tushuniladi. Bunday uzatish natijasida xaridor tovar ustidan to‘liq nazorat o‘tkazishni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi.
Tovarni topshirish va qabul qilish ko‘rinishlari bo‘yicha dastlabki va oxirigi qabul qilish joyi bo‘lishi mumkin. Topshirish-qabul qilish joyi odatda, shartnomada aniq ko‘rsatiladi. U korxona yoki sotuvchi ombori, yukning kelishilgan porti, tovar yuborilgan temir yo‘li yoki aeroport, mo‘ljallangan mamlakatdagi oxirigi va chegaraviy temir yo‘l stantsiyasi, xaridor ombori yoki tovar sotilishining oxirigi punkti sifatida belgilanishi mumkin. Zarurat tug‘ilganida shartnomada dastlabki va oxirigi qabul qilish joyi aniqlanadi.
Tovarni sifat va miqdor bo’yicha topshirish -qabul qilish muddati jihatidan bir xil bo‘maydi. Xaridor odatda, tovar kelgan paytdayoq, uning miqdorini aniqlashi zarur. Sifat jihatdan qabul qilish uchun esa uzoqroq muddat talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |