Naqd pulsiz hisob kitoblarni tashkil qilish qoidalari



Download 56,62 Kb.
bet1/8
Sana16.03.2022
Hajmi56,62 Kb.
#494821
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Naqd pulsiz hisob kitoblarni tashkil qilish qoidalari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI BANK ISHI YO`NALISHI
NAQD PULSIZ HISOB KITOBLARNI TASHKIL QILISH QOIDALARI”
MAVZUSIDA

KURS ISHI
Bajaruvchi: _____________
Ilmiy rahbar: _____________
TOSHKENT – 2022
MUNDARIJA

KIRISH ………………………………………………………………………..…..3
I ASOSIY QISM…………………………………………………………………..5
1. O'zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi ….…………5
2. Pul shakllari va turlarining evolyusiyasi. Pulning mohiyati va uning namoyon bo‘lish shakllari..….…………………………………………………………........10
3. Kredit pullari va ularning turlari……………………………………………….17
4. Naqdsiz pul aylanmasi va uni tashkil qilish prinsiplari. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi va uning elementlari ………………………….…………………..19
5. Pul muomalasini tashkil qilish asoslari ……………………………….………..24
6. Pullarga bo‘lgan talab va pullar taklifi. Pul muomalasi tushunchasi. Pul muomalasi qonunlaridan kelib chiqadigan talablar……………………………….29
XULOSA……………………………………………………………………........33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ………………………....34


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz iqtisodiyotini erkinlashtirish va modernizatsiya qilish jarayonlari bevosita amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati bilan, pul resurslari bilan bog’liq. Shu jihatdan pul resurslari mamlakat iqtisodiyotini mablag’ bilan ta’minlovchi iqtisodiy islohotlarning samarasini belgilovchi omil bo’lib hisoblanadi.
“Pul, kredit va banklar ” fani o’tilishi mo’ljallangan ta’lim yo’nalishi talabalari yuqoridagi holatlardan kelib chiqib ushbu fan dasturida ko’zda tutilgan zamonaviy pul, kredit nazariyasi va banklar bo’yicha yetarli bilimlarga ega bo’lishi muhim hisoblanadi. Shu asosda “Pul, kredit va banklar” fanining maqsadi – bozor iqtisodiyoti sharoitida Respublikamizda pul-kredit sohasi qonuniyatlari , uning ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi tutgan o’rnini tushunib yetadigan pul-kredit munosabatlarini va rivojlanish yo’nalishlarini, ularni taxlil eta oladigan yuqori malakali iqtisodchi mutaxasislar tayyorlashga hissa qo’shishdan iborat. Bu fan talabalarga pul, kredit va banklarni nazariy asoslari bilan birga ulardan xalq xo’jaligida foydalanishda unga xos bo’lgan uslub va usullar asosida tegishli bilimlarni chuqirroq egallashni ta’minlaydi. Buning uchun talaba eng avvalo pul, kredit va banklar mohiyatini, ya’ni ualrni o’rganish obyektini (predmetini) tushunib olishi kerak.Bu fanining predmeti bo’lib mikro va makro darajadagi pul, kredit va banklar bo’yicha munosabatlar, ularga tegishli qonuniyatlar hisoblanadi.Qisqacha aytiladigan bo’lsa pul – bu maxsus tovar bo’lib u hamma tovar va xizmatlar uchun umumiy ekvivalent hisoblanib tovarlarni bir biriga ayrboshlash vazifasini bajaradi. Kredit – bu o’z egalari qo’lida vaqtincha bo’sh bo’lgan ayrim qiymat yoki pul mablag’larining boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish bo’yicha munosabatlardir.
Naqd pulsiz pul aylanishi — banklarda pul mablag‘larini to‘lovchilar va oluvchilarning hisobvaraqlari bo‘yicha yozuvlar yordamida yoki o‘zaro talablarni hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladigan pul aylanishidir. Shunday qilib, naqd pulsiz pul aylanishi bevosita pul belgisining bo‘lmasligini nazarda tutadi va naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishga, mos ravishda, naqd pulsiz aylanishni shakl- lantirishga imkon beradigan rivojlangan bank tizimi amal qilmay turib bunga erishib boimaydi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyati iqtisodiyotda naqd pulsiz pul aylanishi amal qilishining zaruriy sharti hisoblanadi.1
Banklar – bu pul mablag’larini yig’uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi tashkilotlardir. Umuman, iqtisodiyotni barqaror faoliyat ko’rsatishini ta’minlashda, unga bo’lgan ishonchni oshirishda pul, kredit va banklarni o’rni beqiyos hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib “Pul, kredit va banklar” fanining vazifasi talabalarni pul, kredit va banklarning qonuniyatlari, ularni ijtimoiy takror ishlab chiqarishda tutgan o’rnidan hamda ushbu sohalarda mustaqil ishlashga tayyorlashdan iborat.
Yuqoridagi vazifadan kelib chiqib ushbu kurs ishi mazmunida ta’kidlanganidek:
Pul, kredit va banklarning mohiyati, zarurligi, belgilari va funksiyalarini.
Pul, kredit va banklar tizimini.
O’zbekiston Respublikasi pul, kredit va bank tizimi xususiyatlarini.
Pul, kredit va bank siyosatini.
Pul muomalasini tartibga solishning usullarini.
Pul-kredit siyosati tushunchasi va ahamiyatini
Pul aylanishi va uning tuzilishini
Pul islohotlarining zarurligi, ularni o’tkazish tartibi va shakllarini
Bank tizimi va uni bo’g’inlarini
Pul, kredit va banklar bo’yicha boshqa tushunchalar hamda ulardagi o’zgarishlarini bilishi va ulardan foydalana olishi lozim.



Download 56,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish