Tovarning miqdoriy tekshiruvi. qabul qilib olishda tovarning shartnomada ko‘rsatilgan miqdori bilan keltirilgan miqdorining mos kelishi tekshiriladi. Xaridor tovarning shartnomada ko‘rsatilganidan ko‘p yoki kam miqdorda, «atrofida» so‘zini ishlatgan holda qabul qila olmaydi. Agar xaridor tovarni kam miqdorda qabul qilib olsa, uning qolganini o‘zi to’lashga majbur. Agar tovar ortig’i bilan keltirilgan bo’lsa, xaridor uning ortiqchasidan vos kechish huquqiga ega.
Tovarni sifat bo'yicha qabul qilish ikki usul bilan amalga oshiriladi. Shartnoma shartlarida belgilangan tovar sifatining muvofiqligini tasdiqlovchi xujjat va qabul qilish joyidayoq tovarning sifatini tekshirish orqali. Keltirilgan tovar tekshiruvi oldin tanlangan namunalar sifatining tuzatilganiligi tahlilini o‘tkazish, tovarni ko‘rikdan o‘tkazish, inspektirlashtirish va sinovdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Keltirilgan tovarni qabul qilish-topshirish usullari. Savdo amaliyotida keltirilgan tovarning sifat va miqdor jihatidan tekshirishning ikki asosiy uslubi qo‘llaniladi: tanlov uslubi va keltirilgan barcha tovarni tekshirish uslubi. Birinchi uslub - qadoqlangan va taradagi tovarlarga qo‘llaniladi, ikkinchisi esa, qadoqlanmagan tovarlarga nisbatan, ba‘zan esa xaridor istagi bo‘yicha qadoqlangan tovarlarga nisbatan ham ishlatiladi.
Reklamatsiyalar
Keltirilgan tovarlarning sifat va miqdor jihatidan shartnoma shartlariga mos kelmasligi haqidagi xaridor tomonidan sotuvchiga bildirilgan da’volar reklamatsiya, deb ataladi.
Reklamatsiya xaridor tomonidan tovarlarni qabul qilishda shartnoma shartlariga mos keladigan predmetlarni yo‘qligi masalalari bo‘yicha yoki sotuvchi tomonidan yuborilgan xujjatlarda keltirilgan tovarlarning mos kelmasligi hollarida sotuvchiga yuboriladi.
Tomonlar shartnomada sotuvchi xaridorga reklama qilingan tovarga to‘langan summani berishi haqidagi kafolat ko‘rib chiqadilar. Bunday kafolatni berish bilan bog‘liq harajatlar agar reklamatsiya asoslansa, sotuvchi tomonidan, agar asoslanmasa, xaridor tomonidan to‘lanadi.
Alohida belgilarga ega bo‘lgan tovarlarni sotishda shartnomada reklama qilinayotgan tovarni almashtirish haqida shart ham kiritiladi. Xomashyo va oziq-ovqat tovarlari savdosida, qoida bo‘yicha, reklama qilingan tovar narxidan yoki tovarning barcha partiyasi qiymatidan chegirmalar taklif etiladi.
Kafolatlar
Mashina va uskunalar shartnomalarida, odatda, sotuvchi tovar sifatiga aniq kafolatlangan muddat ichida javobgarlikni o‘z bo‘yiniga olishi to‘g‘risidagi shartlar ham kiritiladi. Bu shartlarda quyidagilar aniqlanadi: sotuvchi tomonidan berilgan kafolat hajmi; kafolat muddati; tovarning kamchiligi topilganda va u shartnomaga mos kelmaganida
sotuvchining majburiyatlari. Beriladigan kafolat hajmi tovar xarakteri va shartnoma texnik shartlariga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |