Oldi-sotdi shartnomasida tovar sifatini aniqlash
Oldi-sotdi shartnomasida tovar sifatini aniqlash tovarni sifat tavsifini belgilashni, ya’ni tovarni yo’nalgan maqsadida ishlatish uchun loyiqligini aniqlovchi xususiyatlar yig’indisini ko’zda tutadi.
Sifatni aniqlash usullarini tanlash tovarni xarakteriga, xalqaro savdoda yuzaga kelgan amaliyotiga va boshqa shartlarga bog’liq.
Standart bo'yicha. Bu usul ma’lum standartga mos bo’ladigan sifat bo’yicha tovarni etkazib berishni ko’zda tutadi.
Standart - bu tovarni sifatli tavsifi beriladigan xujjat. Chet elda standartlar har hil xukumat tashkilotlari (milliy standart deb nomlangan), tadbirkorlar uyushmalari tomonidan, ilmiy-texnik assotsiatsiyalari va institutlari, sug’urta kompaniyalari va boshqalar tomonidan tuziladi. Chet elda milliy standartlarni qo’llash majburiy emas. Shu boisdan, har hil assosatsiatsiya va tadbirkorlar uyushmalari tomonidan tuzilgan standartlar ko’proq tarqalgan. Ayrim xollarda savdo amaliyotida yirik sanoat firmalari tomonidan tuzilgan standartlar qo’llaniladi. Standartlarni mavjudligi unifikatsiyalashgan mahsulotlar va o’xshash belgilarga ega bo’lgan tovarlar oldi-sotdi shartnomalarida tovarlarni sifatini belgilashni bir muncha engillashtiradi. Bu xolatlarda shartnomada standartni tartib soni va sanasiga dahil qilish va uni tuzgan tashkilotni ko’rsatish etarli. Standart asosida xalqaro savdoda aylanadigan ko’p tovarlarni sifati aniqlanadi, xususan, mashina va jihozlarni, qora metallarni, don mahsulotlarini, kauchuk, paxta va ko’p boshqa tovarlarni sifatini aniqlash mumkin.
Texnik shartlari bo'yicha. Tovarga standartlar bo’lmagan va uni sifatiga mahsus talablar belgilash zarur bo’lgan tovarni ishlab chiqarish va ishlatilishi mumkin bo’lgan hollarda bu usul qo’llaniladi. Texnik shartlar tovarni batafsil texnik tavsifini, ularni ishlab chiqarishda qo’llanadigan materiallar ta’rifi, tekshirish va tajriba qilish usuli va qoidalarini ko’rsatib beradi. Texnik shartlar odatda yakka buyurtmalar asosida ishlab chiqariladigan tovarlar sifatini aniqlab beradi, xususan, noyob jihozlarga, murrakkab sanoat jihozlari va apparaturalariga, kemalar va boshqa tovarlarga texnik shartlar ishlab chiqiladi. Mashina va jihozlarga texnik shartlar buyurtmachi tomonidan taqdim etilishi va oldi - sotdi shartnomasini qo‘l qo‘yishda ta‘minotchi tomonidan qabul qilishi yoki firma-ta‘minlovchi tomonidan tuzilishi va buyurtmachi tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Texnik shartlar shartnomani matnida yoki shartnoma ilovasida keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |