«Udum» va «odatiylik» atamalari turli ma‘nolarni bildiradi. Modomiki, ikkalasi ham huquq va shartnoma tasnifi me’yori hisoblanmaydi.
Udumlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
umumiy qonunlar xarakteriga ega bo’lishi;
muvofiq savdo doirasida tanilgan bo‘lishi, o‘z mazmun mohiyatiga ega bo‘lishi.
Savdo udumlari, odatda, quyidagilar orqali ifodalanadi: birja komitentlari tomonidan tuzilgan birja qoidalari; savdo palatalarining maxsus yig‘malari; BMT doirasida faoliyat yurituvchi tashqi savdo va boshqa tashkilotlarga ko‘maklashuvchi qo‘mita ishchi komissiyasi materiallarida; namunaviy shartnomalarda; alohida masalalar bo’yicha sud qarorlarida.
Oldi-sotdi shartnomalarini mohiyati
Oldi-sotdi shartnomasini moddiy-buyumlashgan shakli xalqaro tijorat amaliyotida tovarlar oldi-sotdi shartnomasi deb ataladi.
Oldi - sotdi shartnomasi - import qiluvchi va eksport qiluvchi tomonidan shartnoma asosida imzolangan tovar(xizmat)ni etkazib berish shartlarini aks ettiruvchi tijorat xujjatdir. Shartnoma imzolagan tomonlarning biri sotib olishni, ikkinchisi - shartnoma predmetini sotishni amalga oshiradi. Oldi-sotdi shartnomasining zaruriy sharti shuki, bunda tovarga bo‘lgan mulkchilik xuquqi sotuvchidan xaridorga o‘tadi. Shu bilan oldi-sotdi shartnomasi boshqa shartnomalardan, ya’ni ijara, l^nziya, sug‘urta va boshqalardan farqlanadi. Bunday shartnomalarda mulk huquqi tovarga o’tish shartlarini o’z ichiga olmaydi, shartnoma predmeti bo’li b yoki tovarni iste’mol xuquqiga ega bo’lish yoki xizmatlarni ko’rsatish hisoblanadi.
Oldi-sotdi shartnomalarida shartnoma shartlari, ularni bajarish tartibi va bajarilishi uchun javobgarlik mazmuni haqida gapiriladi.
Oldi-sotdi shartnomalari quyidagi asosiy shartlardan iborat:
predmet va etkazib beriladigan tovar hajmi (tovarning nomi va miqdori);
tovar sifatini aniqlash usullari;
tovar etkazib berish joyi va muddati: tovar etkazib berilishning bazis shartlari;
narx va etkazib berilishning umumiy qiymati;
to‘lov shartlari;
tovarni topshirish va qabul qilish tartibi;
sanktsiya va garantiya, arbitraj, fors - major(vafqulotdagi xolat) shart (kafolat) lari xaqidagi shartlar;
transport shartlari;
tomonlarning yuridik manzillari;
sotuvchi va xaridor imzolari.
Oldi-sotdi shartnomasi tomonlari - sotuvchi va xaridor shartnomalarda bo‘lgan muayyan majburiyatlarni o‘z zimmalariga oladilar.
Sotuvchi uchun asosiylari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: tovar etkazib berish, unga tegishli hujjatlarni berib yuborish va tovarga xususiy huquqni berish. Xaridor uchun - tovar uchun xaq to‘lash va etkazib berilgan tovarni qabul qilib olish.
Shartnomaga odatda xaridor va sotuvchi uchun umumiy bo‘lgan xolatlar ham kiritiladi, xususan, quyidagi muhim savollar bo‘yicha:
zararni tushunchasi va uni hisoblash tartibi, ularni qoplanishi, majburiyatlar bajarilmaganda talab qilinishi mumkin bo‘lgan to‘lovlar;
to‘lov kechikishi tufayli foizlarni olish uchun huquqi;
ma‘suliyatdan voz kechish tamoyili;
shartnomalar bekor qilish oqibatlari;
bajarishni to‘xtatish huquqi;
boshqa tomonga tegishli bo‘lgan tovarni saqlash bo‘yicha majburiyati ko‘rsatiladi.
Shartnomani barcha shartlarini to‘liq va aniq ifodalash juda qiyindir. Amaliyotda shartnomani tuzishda, uning bajarilishida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan barcha savollarni ko‘zda tutish imkoniyati yo‘q. Shu tufayli shartnomalar bajarilishida umumiy shartnomani mazmuni yoki ayrim shartlari munosabati bilan tamoyillar o’rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘ladi. Bu tortishuvlar tomonlarni huquq va majburiyatlarini aniqlab beruvchi sud yoki arbitraj tomonidan echiladi.
Shuni ko’zda tutish kerakki, xalqaro savdo amaliyotida shartnomaviy munosaatlarni tartibga soluvchi milliy qonunlar keskin farq qilishi va ba‘zi bir masalalarni echishda qarama-qarshiliklar vujudga kelishi mumkin. Shuning uchun ko‘p holatlarda bahslarni echish qaysi mamlakatni huquqi qo‘llanishiga, tovarga tegishli xavfi bir tomondan ikkinchi tomonga o‘tib ketishiga, bir tomon ikkinchi tomonga arz qiladigan talablar hajmi qanchaligiga bog‘liq bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |