10 – laboratoriya mashguloti.
AVTOMOBILNING TEXNIK TAVSIFINI TUZISH
Ishni o‘tkazishdan maqsad: muayyan avtomobilning asosiy geometrik
o‘lchamlarini bevosita o‘lchash orqali aniqlash
va texnik xususiyatlari bilan tanishish.
Kerakli asboblar: 5 m ruletka va 40 sm li chizgich, qalam.
Mashg‘ulotni bajarish tartibi
Guruhdagi talabalar 3 ta kichik guruhga bo‘linib, laboratoriya foyesidagi avtomobilning geometrik o‘lchamlarini o‘lchaydi va texnik xususiyatlari
bilan tanishadi (NIIAT ma’lumotnomasidan).
1 – guruh amtomobilning bazasini, tashqi o‘lchamlarini va koleyasini
o‘lchaydi.
2- guruh avtomobilning shaylangan paytdagi va to‘la vaznini, shu
jumladan oodi va orqa ko‘priklarga to‘g‘ri kelgan og‘irlikni, yuk ko‘tara olish
qobiliyatini va g‘ildiraklarning erkin, statik va dinamik radiuslarini
NIIAT ma’lumotnomasidan oladi.
3 – guruh avtomobil oldi ko‘prigi, orqa ko‘prigi va eng past nuqtasidan
yergacha bo‘lgan masofani aniqlaydi.
Olingan natijalar jadvalga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |