Mavzu: “Xalqaro savdo nazariyalari”
Reja:
1.
Xalqaro savdoning zaruriyati, uning asosiy ko`rinishlari va xususiyatlari
2.
A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi.
3.
Rikardoning nisbiy ustunlik nazariyasi.
4.
Xeksher – Olinning neoklassik kontseptsiyasi
5.
Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari. M. Porter nazariyasi. “Texnologik
uzilish” nazariyasi
Tayanch iboralar
: xalqaro savdo, import, eksport, reimport, reeksport,
protektsionizm, fritrederlik, ishlab chiqarish omillari, mahsulotning xayotiylik davri.
1. Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko`rinishlari
Xalqaro savdoning rivojlanishi uzoq tarixga ega bo`lib, turli davrlarning
rivojlanish xususiyatiga monand ravishda o`ziga xos rivojlanish tendentsiyasiga ega
bo`lgan.
“Dastlab tashqi savdo ko`rinishlari mamlakatlar o`rtasida emas, balki kishilar,
qabilalar o`rtasida amalga oshirilgan bo`lib, ular tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulotlar o`zaro ayirboshlangan va bu asosan kishilar, oilalar, qabilalar uchun
zaruriyatga ega bo`lgan”.
Ilk davlatlarning paydo bo`lishi tom ma`nodagi xalqaro savdoning shakllanish va
rivojlanish davrini boshlab bergan. Xalqaro savdoning rivoji asosan mamlakatlar
o`rtasida resurslarning notekis joylashuviga bog’liq bo`lib, unga ko`ra xalqaro savdo
tegishli resurslar oldi-sotdisi jarayoni asosida amalga oshirilgan.
Milliy ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanib borishi, ishlab chiqarish
imkoniyatlarining kengayishi, fan-texnika taraqqiyotining ishlab chiqarish sohalariga
jadal kirib borishi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishi jarayoni xalqaro
savdoning rivojiga sifat jihatdan katta ta`sir ko`rsatdi.
XX asrning 90-yillaridan, ayniqsa, XXI asrdan boshlab xalqaro savdoning yuqori
texnologiyalarga asoslangan davri boshlandi. Bugungi kunda xalqaro savdo
kon`yunkturasi quyidagilar bilan tavsiflanadi:
xalqaro savdoda tayyor mahsulotlar ulushining ortib borishi (70 foiz) va xom
ashyo resurslari hissasining kamayib borishi;
savdo hajmlari aksariyat qismining (70-75 foiz) sanoat jihatdan yuqori darajada
rivojlangan mamlakatlar hissasiga to`g’ri kelishi;
eksport tarkibining kuchli diversifikatsiyasi va tayyor mahsulot eksport qiluvchi
mamlakatlar tarkibining kengayib borishi hamda Osiyo mamlakatlari bilan
bo`ladidigan xalqaro savdo hajmlarining yuqori o`sish sur`atlari;
taklif va talab tizimiga fan-texnika taraqqiyotining kuchli ta`siri natijasida eksport
tovar tarkibida yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushining tezkor sur`atlar bilan
ortib borishi;
xizmatlar savdosi hajmi va turlarining tezkor o`sishi;
xalqaro savdoda mintaqaviy tashkilotlar, uyushmalarga a`zo davlatlar o`rtasida
amalga oshiriladigan tashqi savdo hajmlarining ortib borishi.
Uslubiy jihatdan xalqaro savdoni baholash asosan quyidagi yo`nalishlarda amalga
oshiriladi:
tovar ayirboshlash hajmi,
o`sish sur`atlari (foiz),
tovar tarkibi
geografik yo`nalishi va boshqa yo`nalishlar.
Hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlik darajasi ya`ni mamlakatlarning
ixtisoslashuvi va ular o`rtasida kooperatsiya chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar o`z
iqtisodiyotini rivojlantirish,iqtisodiy muammolarni hal qilish borasida tadbirlar ishlab
chiqish va ularni amalga oshirishda bu holatlarni etiborga olishi shart.
Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi va
chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi va unga
bog’liq ravishda xalqaro moliya-valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi.
Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim
ob`ektiv sabab
bilan izohlanadi.
Birinchidan
, bu tabiiy va xom ashyo resurslarining mamlakatlar o`rtasida notekis
taqsimlanganligi. Eng katta hududga ega bo`lgan yoki rivojlangan davlatlar ham
barcha resurslar bilan o`zini to`liq ta`minlay olmaydi. Ular o`zlarida ortiqcha bo`lgan
resurslarni eksport qilishga va mamlakatda taqchil bo`lgan resurslarni import qilishga
majburlar.
Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini belgilovchi
ikkinchi
muhim sabab
shundaki hamma mamlakatlar ham barcha turdagi mahsulotni bir xil samaradorlik
bilan ishlab chiqara olmaydi. YA`ni bir tovar YAponiyada arzon ishlab chiqarilsa,
ikkinchi tovar O`zbekistonda arzon ishlab chiqarilishi mumkin. SHu sababli
resurslardan samarali foydalanish maqsadida mamlakatlar ixtisoslashadilar va o`zaro
savdo-sotiqni yo`lga qo`yadilar.
Bu ikki ob`ektiv sabab har qanday milliy iqtisodiyotning takror ishlab chiqarishi
jarayonida xalqaro savdoning ahamiyatini aniqlaydi.
Tashqi savdo xalqaro ayirboshlashning an`anaviy shakli sifatida quyidagi
ko`rinishlarni o`z ichiga oladi:
mahsulotlarni ayirboshlash: yoqilg’i-xom ashyo mahsulotlari, qishloq xo`jaligi
mahsulotlari, sanoat mahsulotlari;
xizmatlarni ayirboshlash: muhandislik-maslahat xizmatlari;
transport xizmatlari, sayyohlik va boshqa xizmatlar. Hozirgi vaqtda
xizmatlarning jahon eksportidagi hissasi 30 foizdan oshib ketdi;
yangi ilmiy-texnik ma`lumotlarni ayirboshlash: litsenziyalar va «nou-xou»lar.
Ular hissasiga xalqaro savdo aylanmasining 10 foiziga yaqini to`g’ri keladi.
Xalqaro savdo mahsulotlari, xizmatlar va fan-texnika ma`lumotlarini
ayirboshlashning barcha ko`rinishlari tashqi savdo operatsiyalari yordamida amalga
oshiriladi. Ular o`z navbatida eksport, import, reeksport va reimport operatsiyalariga
bo`linadi.
Eksport operatsiyasi - mahsulotlarni chet mamlakatlarga chiqarish.
Import operatsiyasi - mahsulotni xorijiy sherikdan sotib olish va uni mamlakatga
olib kelish.
Reeksport operatsiyasi - avval import qilingan va qayta ishlov berilmagan
mahsulotni chet elga olib chiqib sotish.
Reimport operatsiyasi - avval eksport qilingan va u yerda qayta ishlov berilmagan
mahsulotni chet elda sotib olish va mamlakatga olib kelish.
Eksport
– bu tovarlarni chet ellik mijozlarga sotish bo`lib, bunda mazkur
mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovar mamlakatdan tashqariga chiqariladi.
eksportning iqtisodiy samaradorligi shu bilan aniqlanadiki, mazkur mamlakat ishlab
chiqarishning milliy xarajatlari jahon xarajatlaridan past bo`lgan mahsulotlarni chetga
chiqaradi. Bunda eksportda olinadigan yutuq hajmi mazkur tovar milliy va jahon
narxlarining nisbatiga, mazkur tovarning xalqaro aylanmasida ishtirok etuvchi
mamlakatlarning mehnat unumdorligiga bog’liq.
Xalqaro savdoda tovarlarning eksport tarkibi
fan-texnika revolyutsiyasi va
xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi
ta`siri ostida o`zgaradi. Hozirgi davrda
xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari etakchi
o`ringa ega bo`lib, uning hissasiga jahon tovar ayriboshlashining 3/4 qismi to`g’ri
keladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg’i ulushi faqat 1/4 qismini tashkil qiladi.
Xizmatlar eksporti tovarlar eksportidan farq qiladi
. CHet ellik iste`molchilarga
xizmat ko`rsatish, chet el valyutalarini olish bilan bog’liq bo`lib, u milliy chegarada
amalga oshiriladi (masalan, chet el kompaniyasi vakillariga pochta, telegraf xizmati
ko`rsatish, chet el fuqarolariga sayyohlik xizmati ko`rsatish va h.k.).
Kapital eksport qilish
ham o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`ladi. Kapital eksporti
kredit berish yoki chet el korxonalari aktsiyalariga maqsadli qo`yilmalar kabi
shakllarda amalga oshirilib, kapital chiqarilgan vaqtda eksport qiluvchi mamlakatdan
mablag’lar oqimini taqozo qiladi va shu orqali tasarrufida bo`lgan resurslar hajmini
qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning mazkur
mamlakatdan bo`lgan qarzlarini ko`paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning keyingi
eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki dividend shaklida
barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
Ko`plab mamlakatlar, cheklangan resurs bazasiga va tor ichki bozorga ega
bo`lib, o`zlarining ichki iste`moli uchun zarur bo`lgan barcha tovarlarni etarli
samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo`lmaydi. Bunday mamlakatlar uchun
import kerakli tovarlarni olishning asosiy yo`li hisoblanadi.
Import eksportdan farq qilib
chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib,
ularni mamlakatga keltirishni bildiradi. Bunda mamlakat ichida ishlab chiqarish
xarajatlari tashqaridan sotib olingan chog’dagi xarajatlaridan yuqori bo`lgan
mahsulotlar import qilinadi. Tashqi savdo samaradorligini hisoblashda mazkur
mamlakat tomonidan import qilish hisobiga muayyan tovarlarga bo`lgan o`z
ehtiyojining tezlik bilan qondirilishi hamda bunday tovarlarni mamlakat ichida ishlab
chiqarilgan chog’da sarflanishi lozim bo`lgan resurslarning tejalishi natijasida
olinuvchi iqtisodiy naf e`tiborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |