1. Xeksher – Olinning neoklassik kontseptsiyasi Xalqaro savdodagi zamonaviy qarash tarafdorlari sifatida shved iqtisodchi-
olimlari Eli Xeksher va Bertil’ Olinlarni (30-yillar) ko`rsatish mumkin.
E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bog’liq holda narxlarni
tenglashishi» qoidasini oldinga surgan. Buning ma`nosi shundan iboratki, milliy ishlab
chiqarishdagi farqlar ishlab chiqarishning mehnat, yer, kapital va shuningdek, u yoki
bu mahsulotga ichki iste`moldagi o`zgarishlar kabi omillarga bog’liq.
Ularning qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan:
1. Mamlakatlar o`zlarida ortiqcha bo`lgan ishlab chiqarish omilini ko`p talab
qiladigan mahsulotlarni eksport qilishadi va aksincha, o`zlarida taqchil bo`lgan ishlab
chiqarish omillarini ko`p talab qiladigan mahsulotlarni import qiladilar.
2. Xalqaro savdo yo`lidagi cheklashlar bekor qilinsa tovarlarning turli
mamlakatlardagi «omil narxi» (tannarxi) ning tenglashishi kabi o`zgarishlar kuzatiladi.
3. Mahsulotlar eksporti o`rnini asta sekin ishlab chiqarish omillari eksporti
egallaydi.
Agar mamlakatdagi bir ishlab chiqarish omili miqdori bilan boshqa omillar
miqdori o`rtasidagi nisbat boshqa mamlakatdagiga nisbatan yuqori bo`lsa shu omil bu
mamlakatda nisbatan ortiqcha deb hisoblanadi.
Xeksher-Olin kontseptsiyasiga asosan tashqi savdo quyidagi ko`rinishlarga ega:
Faraz qilaylik, bir vaqtda ikki mamlakat, ya`ni, «sanoatlashgan» va «agrar» mamlakat
faoliyat ko`rsatmoqda.
Sanoatlashgan mamlakatda ortiqcha kapital va ma`lum miqdorda ortiqcha ishchi
kuchi mavjud bo`ladi. Agrar mamlakatda esa ortiqcha yer mavjud, ammo kapital
etishmaydi.
Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda kapital asosiy omil hisoblanadi.
Masalan, neftni qayta ishlash, elektron mashinasozlik va mashina ishlab chiqarish
sohalari kam ishchi kuchidan foydalangan holda kapital talabchan ishlab chiqarish
hisoblanadi. Kapital ortiqchaligiga ega bo`lgan mamlakatlar aynan ushbu
yo`nalishlarga ixtisoslashadilar. SHu bilan birga, don etishtirish va chorvachilik bilan
shug’ullanadigan mamlakatlarda ko`proq er resurslari kerak bo`ladi va ular shu
yo`nalishga ixtisoslashgan bo`ladilar.
Xeksher–Olin kontseptsiyasini tadqiq qilish borasidagi izlanishlar 50 yillarda
«Leont’ev taajjubi» yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. V.Leont’ev AQSH kapital ortiqcha
bo`lgan mamlakat bo`lishiga qaramasdan 1947 yilda kapital talabchan emas, balki
mehnat talabchan mahsulot eksport qilganligini ko`rsatib berdi. YA`ni Xeksher-Olin
kontseptsiyasiga zid keladigan vaziyat yuzaga keldi. Keyingi tadqiqotlar esa AQSH da
kapitaldan ko`ra yer va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy ortiqcha ekanligi tasdiqlandi.
AQSH ishlab chiqarilishida aynan shu omillar ko`proq foydalaniladigan tovarlarning
sof eksportyori bo`lib chiqdi.