11-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik
sub’ektlarining eksport salohiyatini baholash
Reja:
1.
Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyati va
eksportyor korxonalarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi
2. Ekportning tovar va geografik tarkibini takomillashtirish.
Загрузка
…
Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyati va
eksportyor korxonalarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi
Eksport
diversifikatsiyasi, ya’ni xorijga sotilayotgan tovarlar va xizmatlar
nomenklaturasining kengayishi, jami eksportda alohida tovar yoki xizmat turi (ayniqsa,
xom ashyo) ulushining katta bo’lishiga barham berilishi,
mahsulotlarimiz eksport
qilinayotgan mamlakatlar geografiyasini kengaytirish eksport hajmining barqaror
bo’lishini ta’minlaydi, milliy iqtisodiyotning tashqi bozordagi salbiy o’zarishlarga
ta’sirchanligi darajasini pasaytiradi.
O’tgan yillar mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash borasida amalga
oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini yuksaltirish,
tashqi
savdo tarkibida ijobiy siljishlarga erishish, uning hajmini barqaror o’stirish imkonini
bermoqda .
Tashqi savdo aylanmasining tovar va geografik tarkibini
takomillashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirish
Xom ashyo eksportini qisqartirib, qo’shilgan
qiymat hissasi yuqori bo’lgan tayyor mahsulotlar
eksportini ko’paytirish
Mahsulot tannarxini pasaytirish
orqali ularning
raqobatbardoshligini ta’minlash
Yangi mahsulotlarni jahon
bozoriga olib chiqish
Iqtisodiyotning tarmoq tarkibini
takomillashtirish
Tashqi savdoga xizmat qiluvchi
infratuzilmani yanada
rivojlantirish
Iqtisodiyotni texnik-texnologik qayta
qurollantirish
asosida tayyorlanayotgan
mahsulotlar sifatini yaxshilash
Загрузка
…
Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, yoki ishlab chiqarishni yo’lga
qo’yish mumkin bo’lgan mahsulotlarga bo’lgan talabni o’rganish, bunday tovarlar bozorlariga
kirib borish va raqobat qilish strategiyasini ishlab chiqish eksport qilinayotgan tovarlar sonini
va mamlakatlar geografiyasini kengaytirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Jahon bozorlarida korxonalarimiz mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlashda
quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi:
- eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish xarajatlarini kamaytirishda
ko’maklashish;
- ularni tashqi bozor kon’yunkturasidagi o’zgarishlar,
istiqbolli bozorlar, raqobatchilar
to’g’risida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish;
- transport-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish;
- yangi transport yo’laklarini ochish orqali transport xarajatlarini kamaytirish va h.k.
29/05/22, 20
:
38
Стр
. 1
из
1