Endogen o`sish nazariyasi va kapital jamlanishi ta`siri.
Reja:
1.Endogen o`sish nazariyalarining vujudga kelishi;
2.Endogen o`sish nazariyasida “Pol Romer modeli” ;
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Endogen o`sish nazariyalarining vujudga kelishi
3–10 yillik davomida, 1950-yil o‘rtalaridan boshlab, 1980-yil o‘rtalarigacha g‘arb iqtisodiy fanida, iqtisodiy sistemaga chetdan olib kelingan, ya’ni ekzogen texnologik taraqqiyot konsepsiyasi hukmron edi. U Y. Tinberk, R. Salou, R. Xaroda, Dj. Xiksa va bir qator taniqli iqtisodchilar asarlarida asoslab berilgan. Y(t)=[K(t), L(t), t] ko‘rinishli ishlab chiqish funksiyasiga ega bo‘lgan uch faktorli neoklassik modeli ramkasida olib borilgan turli tadqiqotlar, AQSH iqtisodiy rivojlnish dinamikasining statistik massiv ko‘rsatkichlarida, turli davlatda, ilmiy texnologik taraqqiyotni iqtisodiy o‘sishga bo‘lgan ulushining mos kelmaydigan, lekin yuqori bahosini bergan. Buning hammasi zamonaviy iqtisodiyotda texnologik taraqqiyotning muhim roli haqida dalolat beradi. Ammo nazariyotchilarning ko‘p yillik mehnatiga qaramay, ilmiy-texnik taraqqiyotning o‘zi neoklassik modellar doirasida eng asosiy mehnat va kapitaldan tashqari ishlab chiqarish faktorlarining ta’sirini izohlovchi ishlab chiqarish funksiyasining yig‘ma argumenti sifatida namoyon etilgan. Teng o‘sish sharoitida mehnat samaradorligining bu kabi modellarda neytral ilmiy texnologik taraqqiyoti evaziga ta’minlangan va maqsadning doimiy sarmoyadorligi sharoitidagi mehnat sarmoyadorligini oshirish bilan parallel yurgan. Neoklassik model holatidan shu kelib chiqqanki, zamonaviy texnologiyalarga teng huquqqa ega bo‘lgan barcha mamlakatlar teng o‘sish traektoriyasiga chiqish uchun o‘rta me’yorda mehnat unumdorligining bir-biri bilan bog‘laydigan rivojlanish sur’atlariga ega bo‘lishi kerak. Lekin R. Solou takidlaganidek, real iqtsodiyot sharoitida bu kabi konvergensiya haqida so‘z yuritish faqat sanoati rivojlangan mamlakatlar misolida ko‘rinishidir, ammo Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyo mamlakatlari misolida ko‘rish o‘rinli bo‘lmaydi. Mazkur holat, inson kapitalining ko‘payishi g‘oyasiga asoslangan endogen ilmiy-texnik taraqqiyot modelini yaratish bo‘yicha urinishlarini hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Albatta bu kabi urinishlar avval ham amalga oshirilgan. Bunga misol qilib, mashhur bo‘lgan “ishlab chiqarish jarayonida o‘qitish” modelini yodga olish mumkin (K. Errov, X. Uzava modellari). 1980-yil o‘rtalarida muhim nazariy burilish yuz berdi. P. Romer, R. Lukas, F. Agion, P. Xovuit, Dj. Gressman, E. Xelpmen va bir qator izdoshlari texnologik o‘zgarishga ega bo‘lgan, o‘rganilayotgan makroiqtisodiy sistema generatsiyasi imkoniyatlarini nazarda tutuvchi iqtisodiy o‘sish modelini yaratishga qaratilgan, ya’ni sa’y-harakatlarini qo‘llashgan. Natijada, modellashgan tizim mehnat va kapital ishlab chiqarishning an’anaviy faktorlar xarajatining tengligi sharoitida o‘sishga nisbatan qo‘shimcha impulsga ega bo‘ladi. Umumiy ko‘rnishda bu ishlab chiqarish hajmidan kelib chiqadigan samaraning ortishini induksiya qiladigan, inson kapitalining yig‘ilishi hisobiga sodir bo‘ladi. Endogen texnologik progress bilan iqtisodiy o‘sish modelining yangi sinfining paydo bo‘lishi iqtisodiy dinamika muammolariga bo‘lgan qiziqishining ortishiga olib keldi. Bunda asosiy rolni, jiddiy amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan, mazkur modellarning uch muhim oqibati o‘ynadi. So‘z quyidagilar haqida boradi:
1. Yangi bilim olsh sharoitda ishtirok etadigan, zaxiralar o‘sishidan kelib chiqqan bashorat qilingan masshtab effekti haqida.
2. Inson kapitalini ko‘payishini nazorat qiladigan, mamlakatning tegishli siyosati yordamida iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ta’sir etish imkoniyati haqida.
3. Iqtisodiy muhit o‘lchami roli, xususan, xalqaro savdo ahamiyati, isobalizatsiya va dizintegratsiya jarayonlari haqida.
Shu usulda Dj. Grossman va E. Xelpmen ikki mamlakat o‘rtasida inson kapitalini taqsimlashga yo‘l qo‘yiladigan 3 sektorli modellar (ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanma (ITTKI) muhiti oraliq mahsulotlar ishlab chiqarishi, ya’niy iste’mol mahsulotini ishlab chiqarish) tuzishgan va uning doirasida shuni ko‘rsatishganki, teng traektoriyasiga yaqinlashgan sari transnatsional korporatsiyalar shakllanishi mumkin bo‘ladi. Mazkur model asosida bir qator qiziqarli va jadal xulosalar qilindi. Xususan, bundan kelib chiqadiki, ITTKIni qo‘shish subsudiya qilish, tadqiqot va izlanishlar olib borish ishlarida birmuncha hukmron bo‘lgan mamlakatda, modellanayotgan tizimning iqtisodiy o‘sish umumiy sur’atlarining ortishiga olib keladi. Shunga o‘xshash subsudiyalar innovatsion faoliyatga nisbatan yakuniy mahsulot ishlab chiqarish ko‘proq rivojlangan mamlakatda zid natija berishi mumkin. Proteksionistik savdo-sotiq faqatgina ITTKI muhiti rivojlanish darajasi nisbatan pastroq bo‘lgan mamlakat tomonidan amalga oshirilganidagina iqtisodiy o‘sishga yordam beradi. Lekin tadqiqot va o‘rganish ishlarda nisbatan ustunlikka ega bo‘lgan mamlakat tomonidan amalga oshirilsa, natija beradi. Mazkur xulosalar modellanayotgan gipotetik tizimga aloqador. Taqdim etilgan o‘sish modelidan kelib chiqqan nazariy xulosalar endogen texnik jarayon bilan birga, globalizatsiya jarayonlarining chuqurlashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan jahon iqtisodiyoti rivojlanishining bir qator tendensiyalarida aniq tasdiqqa ega bo‘ladi. Shunday qilib, ITTKI xarajatlarining 18–14% Buyuk Britaniyada xorijiy kapital evaziga qoplanadi. Ikki taraflama va ko‘p taraflama asosidagi xalqaro ilmiy hamkorlik dasturlarini amalga oshirish bilan birga, korporativ darajadagi xalqaro texnologik kooperatsiyaning yangi tashkiliy shakllarini intensiv rivojlantirish ham bunga yordam beradi. Ammo endogen texnologik jarayonga ega bo‘lgan o‘sish modelini yaratish asosiga qo‘yilgan bir qancha nazariy yo‘nalishi, shuningdek, bu modellardan olingan xulosalarning impirestik tasdig‘i bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir talay savollar mavjud. Misol tariqasida P. Romer va F. Agion, P. Xouvtit ishlarida o‘rganilayotgan yondashuvlarini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |