3-Mavzu: Tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarida texnik vositalardan
foydalanish,tabiat bilan tanishtirishda
afzallik tomonlari.
texnik vositalardan foydalanishning
REJA:
1.Mashg’ulotlarda texnika vositalari va ulardan foydalanish.
2.Texnika vositasi orqali rasmlarni, kinofilm va diafilimlarni ko’rish.
3. Texnik vositalardan foydalanishning afzallik tomonlari.
Tayanch tushuncha:
diapozitiv diafilm, kinofilm, telefilm
,
syujet, estetik idrok.
Bolalar bog’chasida bolalarni tabiat bilan tanishtirishda diapozitiv diafilm,
kinofilm, telefilmlardan foydalaniladi. O’quv ekrani bolalarda tabiat hodisalarining
dinamikasi: usimlik, hayvonlarning o’sishi va rivojlanishi - kattalarning mehnati
haqidagi tasavvurini shakllantiradi, qisqa muddat ichida uzoq vaqt bo’lib o’tgan
hodisalarni ko’rsatish imkonini yaratadi
Filmni ko’rishga bolalarni oldindan tayyorlash lozim. Buning uchun film
mazmuniga bog’liq suhbatlar, ekskursiyalar o’tkaziladi, kitoblarni o’qish tashkil
etiladi. Bevosita filmlarni ko’rsatishdan oldin bolalar yo’llanma beruvchi suhbat
o’tkazilib unda bolalarga filmini ko’rayotganlarida e`tibor berishlari lozim bo’lgan
topshiriqlar beriladi Film ko’rib bo’lganidan keyin muxim joylarini ajratib
kursatishga yo’llangan suhbat utkaziladi. Maktabgacha kichik yoshdagilar uchun
ovozsiz filmdan foydalanish ma`qul. Ularning mazmunini tarbiyachi aytib turadi.
Film so’ngida kichkintoylar bilan maxsus suhbat o’tkazish tavsiya etiladi.
Rasmlarni ko’rish, kinofilmlar va diafilmlarni namoyish qilish
.
Ko’rgazmali metodlar guruhiga b'olalar bilan birga rasmlarni ko’rish, diapozitiv
va kinofilmlarni namoyish qilish xam kiradi. Bu metodlardan foydalanish xilma -xil
vazifalarni xal qilishga: tasavvurlarni aniqlash va konkretlashtirish, bilimlarni
sistemalashtirish va umumlashtirish, estetik idrokni tarkib toptirishga yordam
beradi.
Rasmlarni ko’rish. Rasmlar tabiat hodisalarini batafsilroq ko’rish, diqqatni
uzok, muddat shularga qaratish imkonini beradi, buni esa ko’pincha tabiatni
bevosita
kuzatishda tabiatning dinamikligi hamda o’zgaruvchanligi tufayli amalga
oshirishning imkoni bo’lmaydi. Bundan tashqari, ko’pgina hodisalarni bevosita
kuzatish mumkin emas; masalan, yovvoyi xayvonlar, janubiy va shimoliy
o’lkalarning hayvonlari bilan bolalarni asosan rasmlar orqali tanishtirish mumkin.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda didaktik sujetli, predmetli, shuningdek
badiiy rasmlardan foydalaniladi. Didaktik sujetli va predmetli rasmlar bolalarni
o’qitishda ko’rgazmali vosita sifatida maxsus yaratilgandir. «Yilning to’rt fasli»,
«Uy hayvonlari», «Yovvoyi hayvonlar», «O’tsimon o’simliklar» va shu kabi
rasmlar
seriyasi shular jumlasidandir. Bulardan turli maqsadlarda foydalaniladi.
Bolalar
bog’chasi
ning
ishida
I.
Levitann
ing
«Olt
in
kuz
»,
«Siren
g’»;
A.Sovrasovni
ng «Qora
qargalar
uchib keldi»;
A. Rilovning
«Yashil
shovqin»;
M.
Konchalovski
yning
«Lola
qizg’aldoq
lar»; A.
Kuinjin
ing
«Qayinz
or»;
I.
SHishkinning
«Qish»; L.
Brodskayanin
g «Qishda
o’rmon»; A.
Plastovning
«Uy
hayvonlari»
kabi badiiy
rasmlaridan
keng
foydalaniladi.
50
Rasmlardan foydalanish maqsadi bolalarda tabiatga estetik munosabatni
tarkib toptirishdir. Qo’yilgan maqsadlarga
ko’ra kitoblardagi illyustratsiyalarni ko’rish turlicha o’tkaziladi: bahzan ularni
bolalarda o’rganilayotgan predmet, hodisa yoki vokealar hakida ko’rish obrazini
yaratish uchun o’qishdan oldin ko’rib chiqish foydalidir; boshqa xillarda
illyustratsiyalarga o’kish jarayonida ko’z yugurtirib chikish kifoyadir.
Illyustratsiyalarni o’qilganlar yuzasidan o’tkazilayotgan suxbat jarayonida ham
ko’riladi. Rasmlardan barcha yosh guruxlarda foydalaniladi: kichik gu r u x d a —
tasavvurlarni aniqlash va konkretlashtirish hamda ularni mustahkamlash uchun
masalan, mushukni bolalari bilan kuzatgandan so’ng shunga muvofik keluvchi
rasm ko’riladi. Tarbiyachi bolalarga mushukni bolalari bilan rasmdan tanishga,
hayvonlarning harakterli' belgilarini (katta-kichikligi, yungining rangi), gavda
kismlarini (ko’zi, qulog’i, dumi, oyoqlari), bahzi harakatlarini (uxlayapti,
o’ynayapti, sut ichyapti va shu kabilar) ko’rish va aytishni o’rgatadi.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar bilan syujetli rasmni ko’rishni tashkil qilar
ekan tarbiyachi bolalarning rasm mazmuniga yaqin bo’lgan tajribasidan
foydalanadi, quyidagiga o’xshash savollarni beradi. «Rasmda nima tasvirlangan?
Bular mushuk bolalari ekanligini qaerdan bildingiz? Mushuk yungining rangi
qanday? Bolalarinikichi?
Mushuk bolalari nima qilishyapti? Kul rang mushuk bolasi nima qilyapti? Ona
mushuk oldida yotgan bolasi nima qilyapti? Sizningcha uning qorni ochganmi?
Nima uchun uxlayapti? Mushuk bolalarining qanday yurishini eshitganmisiz?
Nima uchun ular sekin, ovoz chiqarmay yuradi?» Rasmni
Do'stlaringiz bilan baham: |