Instagram tarmog‘idagi sahifalar:
Mazkur tarmoqdagi sahifalarni tahlil qilar ekanmiz, shuni aniqladikki, barcha telekanallar o‘z sahifasida teledasturlarining qisqa anonslarini, lavhalarini berib borar ekan. Shuningdek, ularning har biri reklama materiallari ham joylab boriladi. “Futbol Tv” 275 mingta obunachisi bor. Postlar esa har 8-7 soatda qo‘yiladi, ammo bu ma’lum mavsumga qarab bo‘ladi. “Milliy Tv” da esa 429 ming ta, 6-7 va undan ko‘proq qo‘yiladi va ular ham qisqa anonslardir. Mazkur kanalning sahifasida eng ko‘p ko‘riladigan va ulashiladigan post xonanda Ruxshona boshlovchilik qiladigan “Bola tilidan” ko‘rsatuvi parchalaridir. “Sevimli Tv” da 134 mingta, bir kunda 7-8 va undan ham ko‘proq postlar qo‘yiladi, ular ham qisqa anonslar. “MY5” da 2 mln ta , kuniga 5- 8 ta, ba’zida esa undan ham ko‘proq postlar qo‘yiladi. Sifati ham yaxshi. “Uzreport” da 101 mingta, bir kunda 4-5 tagacha, ba’zida kam yoki ko‘proq ham qo‘yilishi mumkin. “Yoshlar” da 20 mingta, postlar juda kam qo‘yiladi. Oxirgi postlari esa oyida bittaga to‘g‘ri keladi. “Markaziy studiya” teleko‘rsatuvining Instagram tarmog‘idagi obunachilar soni 66 800 tani tashkil qiladi. Ammo postlar kam joylab borishadi. Barcha telekanallarning Instagram sahifasiga jiddiy e’tibor qaratilsa, auditoriyaning aksariyat qismi yoshlar ekanligini anglash qiyin emas. Aynan shuning uchun tayyorlanadigan har bir post yoshlarbop, sifatli, ko‘zga tashlanadigan va albatta bahs-munozaralarga boy bo‘lishi kerak.
Yuqoridagi telekanallarning youtube va Twitterdagi sahifalarini ham tahlil qilib kuzatganimizda, aksariyatining twitterdan deyarli foydalanmasligiga guvoh bo‘ldik. Birgina “Milliy Tv” telekanalining sahifasiga oxirgi post 2018-yilda qo‘yilgan. Boshqa kanallarning ham albatta twitterda sahifalari bor, ammo ularda auditoriya va uning munosabatini kam ko‘rasiz. “YOUTUBE” sahifasiga kelsak, har bir kanal mazkur tarmoqdan juda faol foydalanadi va auditoriyasi ham anchaginani tashkil qiladi. “Milliy Tv” 1,12 mln obunachisi mavjud bo‘lib, unda barcha ko‘rsatuv va kinolarning to‘liq variantlari joylab boriladi. “Sevimli Tv” 1,05 mln obunachisi bo‘lib, 4,3 ming ta video joylangan. Mazkur kanal sahifasida eng ko‘p ko‘riladigan kontentlardan biri “O‘zim” va “Zirapcha” ekan. Bir kunda 10 ming va undan ham ko‘proq auditoriya ko‘rar ekan. “Uzreport Tv” 251 ming obunachisi bo‘lib, bunda eng ko‘p “No komment” ko‘rsatuvini kuzatishar ekan. Aynan mana shu ko‘rsatuvning oxirgi sonini uch soat ichida 116 ta odam ko‘rgan. Bu albatta, katta natija!
“Mening Yurtim” 430 ming obunachisi bo‘lib, eng ko‘p ko‘riladigan ko‘rsatuvlarga “Internetda shovqin ko‘targanlar” va “Markazda” kabilar kirar ekan. *Axborot uzatishda internet tarmog‘i bilan faol ishlash( hattoki ijtimoiy tarmoqlarda qizg’in muhokamalarga sabab bo‘layotgan munozarali holatlarga aniqlik kiritish hamda ommaga qiziq bo‘lgan kim?, qachon?, qayerda? qanday qilib? nima uchun? singari savollarga javob topib tomoshabinga yetkazishi bilan);
* televideniye orqali uzatilyotgan yangiliklarni sayt orqali ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishtirib borish mediyaning barcha tarmoqlarida faollikka intilish tomoshabinning diqqatini oshirish; (masalan “Hudud” informatsion dasturi o‘zining Telegram, Instagram sahifalariga 30 daqiqali efirga uzatilyotgan yangiliklarni kuzatuvchilar e’tiboriga havola etib keladi);
* Potensial auditoriyaning ehtiyojlarini o‘rganish funksiyasi (Masalan “Markaziy studiya” aholi murojaatlarini o‘rganish borasida viloyatlarida o‘zining faol muxbirlariga ega).
“Yoshlar” telekanali 19,8 ming obunachisi bo‘lib, shu paytga qadar 204 ta video joylangan. Mazkur kanalning eng ko‘p ko‘riladigan ko‘rsatuvi “Davr” information dasturidan olingan kichik lavhalardir. “Futbol tv” 192 ming obunachisi bo‘lib, shu paytga qadar 505 ta video joylagan. Mazkur kanalga joylangan har bir video qisqa muddat ichida juda ham ko‘p ko‘riladi. Bir kun ichida 7 yarim mingta odam mazkur videolarni ko‘rgan ekan. “YouTube” ijtimoiy tarmog‘ini kuzatar ekanmiz, MY5 telekanalining “Markaziy studiya” ko‘rsatuvi videolarining ko‘rishlar soni e’tiborimizni tortmay qolmaydi. Bir hafta ichida 10-15 mingta obunachi mazkur ko‘rsatuvni ko‘rar va ulashar ekan. Tepada sanab o‘tilgan telekanallardan tashqari, “Oilaviy”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Dunyo bo‘ylab”, “Bolajon”, “Navo”, “Sport” kabi telekanallarning ham ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalari mavjud. Ularda o‘z yo‘nalishidan kelib chiqqan holda kontentlar joylab boriladi. Masalan, “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida san’at, adabiyot va jamiki madaniyatga taalluqli bo‘lgan kontentlar, kinolar, hujjatli filmlar, ko‘rsatuvlar joylab boriladi. “Dunyo bo‘ylab” telekanalida esa, kanal ijodkorlarining mamlakatlarga qilgan sayohatlari, millat va elatlarning urf-odatlari, bayramlari, milliy kiyimlari, taomlari va shunga o‘xshash navzudagi kontentlar joylanadi. Shuni esda tutish kerakki, har bir telekanalning o‘z auditoriyasi va o‘z yo‘li ya’ni uslubi mavjud bo‘ladi. Masalan, “Sevimli” telekanali ko‘proq odamlarni o‘ylantiradigan, bahs-munozaralarga boy ko‘rsatuvlar joylasa, “Zo‘r tv” ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar tayyorlaydi. Ular shu orqali tomoshabin e’tiborini qozonadi.
Bundan tashqari, o‘zaro ma’lumot almashish yoki biror voqea-hodisaga munosabat bildirish, o‘z fikrini bayon etish yoki o‘zaro muloqot qilishda ijtimoiy tarmoqlar juda qulay vositadir. Bularning bari foydalanuvchilarning o‘z fikrlari, qarashlari va tuyg‘ularini bayon qilishda tengsiz imkoniyat ekanligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham ijtimoiy tarmoqlar har qanday yoshdagi odamni bemisl darajada o‘ziga chorlab turmoqda. Shu tariqa, ular deyarli barcha axborotga ega bo‘lishadi va o‘z dunyoqarashidan kelib chiqib, u yoki bu masalaga munosabat bildirishadi. Biroq, bildirilgan munosabatlarning barchasini saviyali, ya’ni ma’naviyatli kishilarning fikri, deb bo‘lmaydi, albatta. Ayniqsa, bugungi kunda yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmagan kimsalar ham to‘g‘ri yo noto‘g‘riligini o‘ylab o‘tirmasdan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan har qanday ma'lumot yuzasidan yoxud ba'zi masalalarga bilim va salohiyati etadimi, yo‘qmi, bundan qat’iy nazar, o‘z fikrini bildirishadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi televideniye kontentini tomoshabin emas, foydalanuvchi ko‘radi. Tomoshabin efir setkasini ko‘rib, nimani tomosha qilishini tanlaydi, telekanalga o‘z fikrini bildiradi. Ijtimoiy tarmoqlardagi televideniye sahifasida interaktivlik xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Mutaxassislar televideniye va ijtimoiy tarmoqlar hamkorligining afzalliklari haqida ko‘plab fikrlarni bildirishgan. Onlayn televideniye bilan ijtimoiy tarmoqlar sahifasidagi kontentlarning bir nechta farqlari mavjud. Bir telekanalga sayt yaratish uchun dasturchi va web-dizayner kerak. Ijtimoiy tarmoqlarni yuritishda tayyor shablonlar, interfeys va sozlamalardan foydalaniladi. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘z rasmiy sahifasini ochish var ro‘yxatdan o‘tish uchun besh daqiqa ketadi. Bu sahifani yuritish uchun ko‘p xodimlar talab qilinmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda yana bir xususiyat, “targeting” mavjud bo‘lib, yaxshi reklama vositasi bo‘ladi. Onlayn televideniyeda foydalanuvchi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun maxsus saytga kirishi kerak bo‘lsa, ijtimoiy tarmoqlarda avtomatik ravishda lentadan yangi kontentlar joy oladi, shuningdek, bildirishnomalar xizmatini yoqib qo‘yish ham mumkin. Bu orqali foydalanuvchi ma’lumotni izlamaydi, balki yangiliklarga duch keladi. Tomoshabinlar talabiga mos, original kontent yaratilsa, ko‘rsatuvlar mazmunan boy bo‘lib, interaktivlikni oshirilsa, dasturlar davomiyligi va xronometraj optimillashtirilsa, telakanallarning auditoriyasi kengayadi. Avvallari, tomoshabinlar teledasturlar haqida ma’lumot olish uchun gazeta sotib olar edi. Faqat teledasturlaning ro‘yxati chop etilib, matbuotda sotilar edi. Bugungi kunda ko‘rsatuvlar vaqtini bilish uchun uydan chiqish ham shart emas. Har bir telekanalning rasmiy sahifasida kunlik teledasturlar ro‘yxati joylashtiriladi. “TNT” telekanali “Vkontakte” ijtimoiy tarmog‘ini auditoriya bilan muloqot qilish uchun yaxshi platforma deb hisoblaydi. Bu yerda ko‘rsatuvlarning anonsi, “TNT” ning promoroliklari, aynan ijtimoiy tarqmolar uchun suratgan olingan maxsus videoroliklar, kadr orti jarayonlaridan kulguli rasmlar joylashtirilib boriladi. Shuningdek, “TNT” ning ko‘rsatuvlari sahifasidan repostlar qilinadi. Ba’zida efirga ketgan ko‘rsatuvlarning “Youtube”dagi linki taqdim etiladi.
Do‘stlari bilan suhbatlashish va post joylash uchun juda ko‘p ijtimoiy tarmoqlarga kiradilar. Har qanday auditoriyaga tezda kirib borasiz.
Ijtimoiy tarmoqni yuritishda tavsiyalar:
1. Kompaniya hayotidagi muhim voqealarni yoritib borish;
2. Turli tanlovlar o‘tkazish;
3. Infografikadan foydalanish.
Mamlakatimiz va dunyo miqyosida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, voqea-hodisalar, yangiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar barcha ijtimoiy tarmoqlarda aks etib boryapti. Bu yangiliklardan xabardor bo‘lishda esa internet tizimi, mobil telefonlar va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ancha qulay hisoblanadi. OAV ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida foydalanuvchilar ko‘rsatuvlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishadi. Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy sahifasidagi obunachilar soniga qarab, ularning reytingini aniqlash mumkin. Yuqoridagi statistik ma’lumotlardan kelib chiqib aytish mumkinki, davlat telekanallariga nisbatan xususiy telekanallar va radiokanallar sahifasida obunachilar ko‘proq.
Xulosa o‘rnida shuni ma’lum qilish mumkinki, axborot uzatishda barcha telekanallarda asosiy prinsip auditoriya ehtiyojlarini o‘rganish hamda ularning muammolariga tegishli tashkilotlarning diqqat e’tiborini qaratishdir. Bugungi tijoriylashuv davrida qaysi telekanal ehtiyojlarni o‘rganishda o‘zining pozitsiyasiga ega ekan potensial auditoriyasining soni yuqori. Bu borada bozor iqtisodiyotida erkin raqobatga chiqqan nodavlat telekanallari peshqadamlikni saqlab qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |