Xalqaro jurnalistika fakulteti xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti


Bosma nashrlar va radiokanallarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish usullari



Download 417,74 Kb.
bet18/23
Sana21.07.2022
Hajmi417,74 Kb.
#832223
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Diplom ishi

2.3. Bosma nashrlar va radiokanallarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish usullari
Bugungi kunda mamlakatimiz onlayn ommaviy axborot vositalari eng samarali axborot uzatish va muloqot vositasi, zamonaviy jamiyatning muhim ijtimoiy institutlaridan biriga aylandi. Aynan uning zimmasiga ijtimoiy ong shakllanishi va taraqqiyotiga oid eng muhim vazifalar yuklatiladiki, ularni amalga oshirishda muttasil takomillashuv jarayoni alohida oʻrin tutadi. Shu oʻrinda onlayn jurnalistikasining oʻziga xos xususiyatlaridan biri boʻlgan qisqalik va loʻndalik bevosita onlayn OAVda faoliyat yuritayotgan jurnalist ijodiga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmaydi. Chunki onlayn jurnalist axborotni bir necha koʻrinishda uzatar ekan, unda qoʻllanilgan uslub vositalari foydalanuvchiga oʻziga xos taʼsir oʻtkazadi. Internetda axborot matn shaklda uzatsa, u bemalol boshqa elementlardan (sxemalar, ovozlar va boshqalar)dan foydalanish imkoniga ega49. Matnga qoʻyilgan foto, yaʼni vaqtga muhrlangan voqealar aksi uzatilayotgan axborotning taʼsirchanligini yana-da oshiradi. Matnga qoʻyilgan ovoz foydalanuvchiga hissiy taʼsir qiladi, uzatilayotgan axborot samaradorligini oshiradi va taʼsirini kuchaytiradi, videosyujetlar, animatsiya axborotni kengaytirilgan, toʻliq shaklda berish imkonini yaratadi. Albatta jurnalistikadagi konvergensiya jarayoni materialning yana-da oʻqishli, axborotning esa keng koʻlamli boʻlishini taʼminlaydi. Ammo shu oʻrinda bir savol yuzaga keladi. Internet materialning tili auditoriyani oʻylantirishi, unga hissiy taʼsir oʻtkazishi uchun qanday boʻlishi lozim? Maʼlumki, til jamiyatga nisbatan olib qaraganda, oʻziga xos funksiyani bajaradi va bu nutq faoliyatida oʻz aksini topadi. Bular: 1) kommunikativ funksiya; 2) fikrni ifodalash funksiyasi; 3) soʻzlovchining ichki holatini ifodalash funksiyasi yoki ekspressiv funksiyadir. Til vositalaridan nutq faoliyatida foydalanishda jamiyat tomonidan oʻrnatilgan muayyan ijtimoiy, aniqrogʻi, maʼrifiy va madaniy meʼyorlarga rioya qilish talab etiladi. Buni internet jurnalisti ijodida ham koʻrish mumkin. Oʻzbekistonda rasman roʻyxatdan oʻtgan va internet tizimida ommaviy axborot vositalari maqomi asosida faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat veb-saytlar ham anʼanaviy OAV kabi yagona oʻzbek adabiy tili vositalaridan foydalanadi. Ammo internet materiallarida juda ham koʻp grammatik xatolar uchraydi. Bu soʻz tuzilishi, jumlada soʻzlarning bogʻlanishi, gap qurilishi gʻalizligi jurnalistga nisbatan salbiy munosabatga va foydalanuvchiga maʼlumotni toʻgʻri yetkazishda toʻsqinlikka sabab boʻladi. Koʻp hollarda soʻzlarning notoʻgʻri joylashuvi gap mazmunini tushunishda qiyinchilik tugʻdiradi. Masalan: kun.uz saytida muallifi koʻrsatilmagan “Mahallada xotira kuni nishonlandi” materialida ketgan uslubiy gʻaliz gapni uchratish mumkin: “Mana ikki-uch kundan beri hamma bir-birini tabriklagan gʻalaba bilan, deydi” degan gapni olsak, uning toʻgʻri koʻrinishi quyidagi shaklda boʻlishi lozim: “Mana, ikki - uch kundan buyon hamma bir-birini gʻalaba bilan tabriklagan”. Koʻp hollarda jurnalistlar otlarni kelishiklarda notoʻgʻri qoʻllab, xatoga yoʻl qoʻyadi.
Oʻzbekistonda OAV saytlari va portallari asosan one-to-one, one-to-few va one-to-many tamoyillariga asosan tashkil etiladi. Ammo internetning OAV turi sifatida huquqiy bazasi yoʻqligi sababli bugungi kunda har qanday shaxsiy veb-sayt ham “OAV toʻgʻrisida”gi OʻzR qonuni doirasiga toʻgʻri keladi. Anʼanaviy bosma OAV maqomini olish uchun nashr: davriylikka, doimiy nomiga, adadga (1000 nusxadan kam boʻlmagan holda), tarqalish imkoniga ega boʻlishi kerak. Shunda u yuridik maqomga ega boʻladi. Internet OAVda esa mazkur tushunchalar qoʻllanilmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Internet OAV tahririyati rahbarlari va taʼsischilari avvalo tahririyatning maqsad va vazifalarini aniqlab olishlari zarur.
Mustaqil ravishda tijorat va ishbilarmonlik faoliyati yuritish uchun tahririyat huquqiy shaxs maqomida boʻlishi lozim. Buning uchun tahririyat muassis tomonidan mahalliy hokimlik organlarida, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida koʻzda tutilgan shakllardan birini tanlagan holda, xoʻjalik yurituvchi subyekt sifatida roʻyxatdan oʻtishi kerak. Mana shu narsa muassis va tahririyat oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlar rivojini belgilab beradi. Xususan, tahririyat mulkining egasi kim, moliyaviy mablagʻlar qanday ishlatiladi, foyda kimlar oʻrtasida va qanday taqsimlanadi kabi savollarga javob beriladi50.
Mazkur tashkiliy-huquqiy shakllar ikki qismga boʻlinadi. Birinchi qismga taalluqli shakllarni muassis tanlaydi. Bitta sharti – uning asosiy maqsadi faqat foyda koʻrish boʻlmasligi kerak. Bu holda tahririyat davlat muassasasi, nodavlat notijorat tashkiloti yoki boshqa shaklda roʻyxatdan oʻtkaziladi. Mabodo, moliyaviy foyda koʻrish maqsadi birinchi oʻrinda tursa, tahririyat masʼuliyati cheklangan jamiyat, xususiy korxona yoki aksionerlik jamiyati shaklida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Har bir shaklning oʻziga xos tomonlari boʻlib, ular tahririyat mulki va tadbirkorlik-ishbilarmonlik faoliyatidan keladigan foydaga egalik qilish tahririyatning mustaqil balansiga, bank muassasalarida oʻz hisob raqamiga, oʻz muhriga ega boʻlishi, noshirlik va tovar belgisi hamda gazeta nomiga egalik qilishlarida namoyon boʻladi. Shuningdek, Internet tahririyatining huquqiy shaxs sifatidagi tashkiliy-huquqiy shakli uning Nizomida belgilangan muassis va bosh muharrir munosabatlarining, jamoani boshqarishning oʻziga xos tomonlarida ham koʻrinadi.
Axborot tarqatish va almashishda jurnalistikaning turli shakllari bugungi kunda rivojlanmoqda. Internet jurnalistikasi esa uning barcha koʻrinish va xususiyatlarini oʻzida mujassam etgan. Onlayn radio, televideniye hamda matbuotning paydo boʻlishi uning jamiyat oʻrtasidagi nufuzini yana-da oshirib yubordi. Hozirda foydalanuvchilarning tarmoqdagi matbuot koʻrinishidagi axborotlarni koʻp isteʼmol qiladi. Ammo, onlayn radiokanal va televideniyelar auditoriyasi cheklangan. Negaki, tarmoqdagi radio hamda televideniye haligacha ommaviy OAV oʻrnini bosa oladigan talabga javob berganicha yoʻq. Yaʼni, internetga bir nechta dasturlarning yuklatilishi uning tezligi va sifatiga ham katta taʼsir oʻtkazadi. Bu boʻlsa odamlarni oʻzidan qochiradi. Ayni paytda onlayn tizimida ishlaydigan radiokanal ham televideniyelar auditoriya eʼtiborini iloji boricha oʻziga qaratishga harakat qilishmoqda. Turfa xil interaktiv oʻyinlar va mukofotli viktorinalar bilan oʻziga jalb qilishga urinishmoqda. “Nukus FM” radiokanalida tinglovchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib, dasturlar tayyorlanadi. Eshittirishlarning koʻpchilik qismi koʻngilochar dasturlardan iborat. Har xil radio oʻyinlar, SMS dasturlar hamda radio loyihalar kun davomidagi uzatiladigan eshittirishlarning asosiy qismini tashkil etadi. Bu kabi interaktiv eshittirishlar radio mijozlarini qiziqtira oladi. Radiokanalning www.karstars.com saytida ham ushbu anʼana yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Sayt foydalanuvchilari sonini koʻpaytirishda shunday radio loyihalarni amalga oshiradi. Bu esa sayt xaridorlarini oʻziga jalb qiladi. Masalan, «Dos dostыn aynasы», “Aylanaman”, “Tun” eshittirishlari mavjud. Shubhasiz, bunday interaktiv dasturlarning onlayn radiokanallarda qoʻllanilishi tinglovchilarni koʻpaytirishda katta ahamiyatga ega.
Hozirda Oʻzbekistonda anʼanaviy ommaviy axborot vositalari internet tizimiga oʻtish jarayoni ketmoqda. Yaʼni ular oʻzlarining veb koʻrinishlarini yaratmoqda. Bu esa global kommunikatsiya jarayonining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatadi.

Download 417,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish