Xalqaro jurnalistika fakulteti xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti


Zamonaviy OAV mavjud imkoniyatlardan keng foydalanishi shart



Download 417,74 Kb.
bet13/23
Sana21.07.2022
Hajmi417,74 Kb.
#832223
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
Diplom ishi

Zamonaviy OAV mavjud imkoniyatlardan keng foydalanishi shart.
1. Ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy axborot vositalarini targʻib qilishning birinchi va eng ishonchli usuli ommaviy axborot vositalari akkauntlarini ochish yoki sohaviy guruhlar yaratishdan iborat. Shu sababli, ommaviy axborot vositalari odatda ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntini faollashtirish uchun ikkita oʻzaro bogʻliq vazifani belgilaydi:
- ijtimoiy tarmoq sahifalaridan nashriy veb-saytlarga oʻtish sonini koʻpaytirish, resursning interfaol imkoniyatlaridan foydalangan holda tarmoq foydalanuvchilari orasida ommaviy axborot vositalarini keng targʻib qilish;
Ijtimoiy tarmoq sahifalari muharrirlari oldiga qoʻyiladigan mazkur ikkala vazifa ham samarali tarzda bajarilib kelmoqda. Bu jarayon OAV tomonidan kuzatib boriladi. Misol uchun, ijtimoiy tarmoqlarda «Аргументов и фактов» gazetasi uchun akkaunt yuritish an’anaviy “nafaqaxoʻrlar uchun gazetasidan” ajralib turishga yordam beradi. Bu ularga oʻz akkauntlari va obunachilarini doimiy kuzatib borish imkoniyatini berish bilan birga, obunachilarning koʻpayib borish dinamikasini, layklar, repostlar va sharhlar sonini kuzatish hamda faol foydalanuvchilar sonini oʻrganib borishga xizmat qiladi. Tahririyatning ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan foydalanish siyosati sezilarli darajada farqlanishi mumkin. Birinchidan, OAV akkauntini yuritishda turli xil xodimlar ishtirok etishi mumkin. Masalan, “Kosmopoliten” jurnalida akkaunt jurnal muharriri tomonidan yuritilsa, “RIA Novosti” telekanalida oʻn nafar ishchi xodimdan iborat tarkib akkaunt doirasida tomoshabinlar bilan turli tanlovlarni uyushtiradi, kanal kontentini joylashtiradi, ma’lumotlar interfaolligi bilan bogʻliq vazifalarni bajaradi va yozilgan sharhlarga javob beradi. Ikkinchidan, ayrim ommaviy axborot vositalari turli ijtimoiy tarmoqlarga sarmoya tikadi. Qator nashrlar “Facebook”,_“VKontakte”_va_“Twitter”'>“Facebook”, “VKontakte” va “Twitter” kabi asosiy uchala tarmoqlardan foydalanadi48.
Uchinchidan, OAV ijtimoiy tarmoqlarda chop etib boriladigan kontentiga koʻra turlicha boʻlishi mumkin. OAV akkauntlari ikki xil kontentdan tashkil topadi. Birinchi kontent bosma nashrning elektron shaklidagi materiallardan iborat boʻlib, koʻp hollarda bunday material sarlavha ostida chiqariladi va mavzuga tegishli rasm va sayt havolasiga ega boʻladi. Atayin ijtimoiy tarmoqlar uchun yaratilgan materiallar ham mavjud boʻlib, ularda ijtimoiy tarmoqqa yoʻnaltiruvchi havolalar boʻlmaydi. Masalan, “Kommersant” gazetasi ijtimoiy tarmoqlarda gazetaning eleкtron bosmasida chop etilmaydigan koʻngilochar ma’lumotlarni berib boradi. Bundan tashqari, tahririyatda shunday qoida mavjud boʻlib, unga koʻra dolzarb va olamshumul ahamiyatga ega ma’lumotlar va kontentlar avval sinov tarzida “Facebook” va “Twitter” kabi ommabop va mashhur saytlarda chop etiladi va keyinchalik esa gazeta sayti uchun matn shakli tayyorlanadi. Misol uchun, “Kosmopoliten” jurnali umumiy kontentni “Facebook” va “VKontakte” saytlariga joylashtiradi, chunki bu akkauntlar quyidagi vazifani bajaradi: “Facebook” mazkur saytga koʻproq foydalanuvchilarni kirishini ta’minlaydi, “VKontakte” esa tanlovlar uyushtirish, ovoz berish yoki muhokamalar tashkillashtirish kabi turli interfaol muloqotlarni uyushtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, material asosiy saytga chiqarilishidan avval ijtimoiy tarmoqda ushbu material mavzusi muhokama qilinib, unga foydalanuvchilarni e’tiborini jalb etishga qaratilgan muhokamalar tashkillashtiriladi. Shu sababli, mazkur OAV tasarrufidagi ushbu ikkala ma’lumotlar maydoni kontenti bir-biridan sezilarli darajada farqlanadi. Ammo, bu holatni istisnoli holat deyish ham mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar berib boriladigan aksariyat materiallar (ma’lumotlar kontenti) mazmuniga koʻra bir-birini takrorlaydi va har bir platforma tasmasi deyarli bir-biriga oʻxshash. Ommaviy axborot vositalarini ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalishi uchun xizmat qiladigan ikkinchi usul transmedia fenomeni hisoblanadi. Ushbu atama hali toʻliq shakllanib ulgurmagan boʻlsa-da, bu hodisa koʻz oldimizda rivojlanib bormqoda. Mazkur atama ilk marotaba professor Genri Jenkins tomonidan 2003-yilda “transmedia storytelling” (transmedia hikoyanavisligi) iborasi shaklida ishlatilgan. U ushbu hodisani “izchil va yagona tajriba hosil qilish maqsadida voqea-hodisalarni turli ommaviy axborot vositalarida keng xalq ommasiga tarqatish jarayoni” deb ta’riflaydi. Rossiya amaliyotida “transmediya” atamasi termin sifatida koʻp yillardan beri qoʻllanilib keladi va asosan hikoya qilib berish ma’nosida keng ishlatilib, bu yerda u turli voqea-hodisalarni toʻliq “toʻplash” uchun boshqa platformaga murojaat qilishni anglatadi. Bunda asosiy e’tibor platformalarning oʻzaro kengayib borishi va bir-birlari bilan bogʻlanishi bilan bogʻliqdir. Foydalanuvchi ma’lum platformaga murojaat qilganda u toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita boshqa platformaga oʻtadi, chunki avvalgi platformada berilgan ma’lumotni oʻqimasdan keyigilarini tushunish qiyin kechadi. Platforma deganda barcha turdagi ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, kompyuter oʻyinlari, mobil ilovalar, filmlar, kitoblar, komikslar, kolleksiyalar va boshqalar tushuniladi. Transmedia tamoyili uzoq yillar davomida mahalliy ommaviy axborot vositalari yordamida samarali tatbiq etib kelingan. Ayniqsa, televideniye, onlayn nashrlar va ijtimoiy tarmoqlar kabi platformalar turli tomondan ta’sir koʻrsatadi va birgalikda tegishli kontent yaratadi. Ommaviy axborot vositalarini keng targʻib qilishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning salbiy tomonlari ham boʻlishi mumkin. Garchi soʻnggi yillarda tanqidchilar tomonidan ommaviy axborot vositalari oʻrnini ijtimoiy tarmoqlar egallashi mumkinligi ta’kidlanayotgan boʻlsada, buning uchun yetarli shart-sharoitlar boʻlishi kerak. Misol uchun, 2015-yilning mart oyida “New York Times” gazetasi oʻz sahifalarida bir nechta nashrlar Facebookda oʻz kontentlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish uchun muzokaralar olib borayotganini e’lon qildi. Bunga koʻra, foydalanuvchi OAV saytlariga kirmasdan butun matnli kontentni kuzatib borishi mumkin. Bu borada “New York Times”, “Buzz Feed” va “National Geographic” kabi mashhur nashrlarning oʻzlari yetakchilikni qoʻlga olishlari kerak. Toʻgʻrirogʻi, ommaviy axborot vositalarini keng tarqalishi uchun OAV oʻzi harakat qilmogʻi kerak. Shunga qaramay, ushbu simbioz (oʻzaro munosabatga kirishish) keng foydalanuvchilar auditoriyasini jalb qilish nuqtayi nazaridan ommaviy axborot vositalarining oʻzi uchun ham juda foydali boʻlishi kutilmoqda.
Amerika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga koʻra, amerikaliklarning qariyb uchdan ikki qismi (64%) Facebook ijtimoiy tarmogʻining foydalanuvchilari hisoblanib, ularning yarmi, taxminan 30%, an’anaviy ommaviy axborot vositalari bilan bir qatorda “Facebook” kabi ijtimoiy tarqmoqlarga murojaat qiladi. Shunga qaramasdan, ijtimoiy tarmoqlarning bunday ustunlikka erishishi nafaqat OAVda reklamalarni joylashtirishdan tushadigan daromad, balki keng foydalanuvchilar auditoriyasining ma’lumotlarni qabul qilish tarzining oʻzgarib borishiga xavf solishi mumkin. Amerika “Fusion” axborot resursi muharriri, media tahlilchi Feliks Salmon fikriga koʻra, ommaviy axborot vositalari materiallarini Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishi koʻplab taniqli brendlarga zarar yetkazadi va buning natijasida tahrirlash va dalillarni tekshirish kabi eskirgan qoidalar yoʻqolishi mumkin. Shu bilan birga, Facebook tarmogʻi bilan shartnoma tuzgan ommaviy axborot vositalarining obunachilari soni sezilarli darajada koʻpayishi ehtimoldan holi emas. Oʻz navbatida, hozirgi raqobat muhitida oʻz auditoriyasi sonini kamayishiga yoʻl qoʻymaslik uchun raqobatchilar ayni shunday ish tutishga majbur bo`lmoqda. OAV uzoq yillar mobaynida oʻz mavqeyini saqlab qolish uchun raqobatchilari bilan kurashishdan koʻra, qisqa muddat ichida auditoriyasini koʻpayib borishini afzal koʻradi. Agar bunday salbiy bashoratlar oʻzini oqlasa va ijtimoiy tarmoqlar dunyodagi yetakchi ommaviy axborot vositalarini “oʻz tomoniga ogʻdira” boshlasa, demak, OAV mahsulotlarini keng targʻib qilish vositasi dunyodagi mashhur mediabrendlarini yoʻq qiladi va ehtimol, axborotlarni tarqatish institutini “yutib” yuboradi. OAV oʻz maqsadiga erishishda ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan foydalanishi kerak. Rivojlanishning bu bosqichida hamkorlik qilishdan boshqa chora yoʻq. OAV ijtimoiy tarmoqlar taqdim etadigan barcha imkoniyatlardan unumli foydalanish zarur.
Ijtimoiy tarmoqlar ommaviy axborot vositasining o‘rnini bosa oladimi degan savol ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar axborot sifatining pastligi bois ommaviy axborot vositasining o‘rnini bosa olmaydi. “Lenta.Ru” Vyacheslav Varvarinning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlar jurnalistikasi degan atama bo‘lishi mumkin emas. Hattoki, ijtimoiy tarmoqlar OAVga nisbatan yangiliklarni tezkor tarqatsa-da, bu xabarlarni jurnalistika deb atab bo‘lmaydi. Ularga ishonchlilik va aniqlik yetishmaydi. Bunday axborotlar mish-mish deb ataladi. Har qanday vaziyatda OAV ishonchli axborot manbayi hisoblanadi. Vyacheslav Varvarinning mazkur fikrini ko‘plab hamkasblari, Yuriy Revich, Valeriy Shiryayev ma’qullaydi. Masalan, ko‘plab bloglarga kirib, shuncha vaqtim ketganiga qaramay, qiziqarli va foydali ma’lumot topmadim, deymiz. Ommaviy axborot vositalari uzoq vaqt sarflanadigan loyihalarni amalga oshiradi, muammolarning sababini aniqlaydi. OAV professional kadrlarni ishga yollay oladi. Ular muallif va muharrirlarni izlab topadi.
Olib borilgan axborot-tahliliy natijalar va statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Facebook hozirgi vaqtda dunyoda eng mashhur ijtimoiy tarmoq sifatida yetakchi o'rinda bormoqda. Bugungi kunga kelib, Facebook tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tganlar soni bir necha milliard kishidan ortganligi ma’lum qilingan. Undan keyingi o‘rinlarni esa Twitter, Instagram, LinkedIn, Google+, Pinterest, Snapchat, YouTube, Reddit, WhatsApp, Flickr, Weibo egallab kelmoqda. Aksariyat yoshlar o‘zlarining qimmatli vaqtlarini behuda sarflab, ijtimoiy tarmoqlardan kun bo‘yi foydalanishadi. Shu tariqa, ular deyarli barcha axborotga ega bo‘lishadi va o‘z dunyoqarashidan kelib chiqib, u yoki bu masalaga munosabat bildirishadi. Biroq, bildirilgan munosabatlarning barchasini saviyali, ya'ni ma'naviyatli kishilarning fikri, deb bo'lmaydi, albatta. Ayniqsa, bugungi kunda etarli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lmagan kimsalar ham to'g'ri yo noto'g'riligini o'ylab o'tirmasdan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan har qanday ma'lumot yuzasidan yoxud ba'zi masalalarga bilim va salohiyati etadimi, yo'qmi, bundan qat'i nazar, o'z fikrini bildirishadi. Yoki o‘zlarining yozgan «asarlari» yoki «maqola», «xabar», «she‘r»larini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib, bir-birlarini ko‘klarga ko‘tarib maqtashadi. Qizig‘i shundaki, ba‘zi odamlar aslida shu ishni qilish kerakmi, yo‘qmi, degan ishtibohga ham bormaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda havola etiladigan ma’lumotlarni «bezab turgan» g‘aliz jumlalar hamda imloviy xatolar o‘sha tarmoq foydalanuvchisining saviyasi qay darajada ekanligini ko‘rsatib turadi. Bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida ham afsuslanish, achinish holatlarini keltirib chiqaradi. Ba’zida esa ijtimoiy tarmoqlar orqali havola etilayotgan asossiz va saviyasiz ma’lumotlarning sanab adog‘iga ham yetib bo‘lmaydi. Ayniqsa, tarmoqlarda shunday guruhlar ham paydo bo‘lganki, foydalanuvchilar bir-birini maqtab ko‘kka ko‘tarishlari, shuningdek, kimlarningdir nomini loyga chaplashlari oddiy holga aylanib bormoqda. G‘iybat ular uchun oddiy holga aylangan. Ba’zi kimsalar esa ijtimoiy tarmoqdan o‘zlariga yoqmagan odamlarning obro‘sini to‘kish, yerga urish, buning uchun bor imkoniyatidan foydalanishga harakat qilishadi. Ijtimoiy tarmoqlarni nazoratga olish imkoniyati yo‘qligi bois, unda har qanday ishni qilish mumkin, deb o‘ylashadi. Erkin fikr aytish imkoniyatidan shunday yo‘llar bilan foydalanish mumkin deganlar, saviyalari qay darajada ekanliklarini katta auditoriyaga shunday yo‘llar bilan oshkor qilishadi. Shu sabab, ko‘pchilik bu tarmoqlarni yoqtirishmaydi. Lekin shunga qaramay, statistik ma’lumotlarga nazar solsak, dunyo yoshlarining 96 foizi ijtimoiy tarmoqlar vositasida o‘zaro muloqotga kirishishmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «... biz farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o‘tgan, yuksak ma'naviyat xazinasi bo‘lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki qandaydir shubhali, zararli axborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab turolmaymiz». Binobarin, bugungi davr bizdan dunyo miqyosida bo‘hton va uydirmalarni tarqatish orqali yoshlarimizni aldab, o‘z qarmog‘iga ilintirishga intilayotgan ijtimoiy tarmoqlardagi turli salbiy holatlarga hech qanday imkon bermasligimizni talab etmoqda. Zero, milliy ma’naviyatimizni asrash orqali yoshlarimizni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, o‘z xalqiga, yurtiga bo‘lgan muhabbatini oshirish asosiy vazifamizdir.


Download 417,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish