Xalqaro jurnalistika fakulteti xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti



Download 417,74 Kb.
bet10/23
Sana21.07.2022
Hajmi417,74 Kb.
#832223
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
Diplom ishi

Saytdan foydalanishda foydalanuvchilarga quyidagilar ta’qiqlanadi:
tinchlikka xavf soladigan, buzg‘unchilik xarakterga ega bo‘lgan, boshqa foydalanuvchilar va uchinchi shaxslarning shaxsiy hayotiga daxl qiladigan har qanday axborotni yuklash, saqlash, chop etish, tarqatish va boshqa holatlarda foydalanish;
voyaga yetmaganlarning huquqlarini buzish;
behayo matnlar, zo‘ravonlikni aks ettiruvchi yoki zo‘ravonlikka undovchi tasvirlarni joylashtirish;
hayvonlarni qiynoqqa solish va zo‘ravonlik, unga undovchi tasvirlarini yuklash;
irqiy, diniy, etnik dushmanlikni, fashizmni yoki irqiy ustunlikni targ’ib qiladigan g‘oyani aks ettirish;
ekstremistik materiallarni joylashtirish;
jinoyatchilik faoliyatini targ‘ib qilish va jinoyat sodir etish uchun ko‘rsatmalar berish;
cheklangan axborotni, uchinchi shaxslarning shaxsiy hayotiga taalluqli axborotni joylashtirish;
giyohvand moddalar reklamasini, shu jumladan “raqamli narkotiklar”, giyohvand moddalarni tarqatish yo‘llari, ularni tayyorlash usullari haqidagi axborotni joylashtirish;
firibgarlik xarakteriga ega bo‘lgan matnlarni joylashtirish;
Rossiya Federatsiyasi qonunchiligining talablari va fuqarolar, yuridik shaxslarning boshqa huquq va manfaatlariga zid keladigan axborotni joylashtirish.
Bugungi kunda tobora ommalashib borayotgan bloglarda axloqiy me’yorlarga rioya etish kerakmi? Buni kim nazorat qiladi? Bloggerning o‘zimi yoki hukumat? Bloggerlik harakati tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki bloglarning paydo bo‘lishi bevosita dunyoda sodir bo‘layotgan siyosiy jarayonlarga avvalo jurnalistlarning o‘z shaxsiy bloglari orqali fikr bildirishidan boshlanganligini ko‘rish mumkin. Masalan, 2001-yili blogger Talking Points Memo AQSH senatorining qora tanlilarning huquqlarini poymol qiluvchi so‘zlariga jamoatchilik e’tiborini qaratdi, natijada ko‘pgina senatorlar o‘z lavozimlaridan chetlashtirildi. 2002-yili blogger Salam Paks Iroq urushida AQSH hukumatining nojoiz harakatlariga dunyo ahli e’tiborini tortadi. 2004-yili Apple kompaniyasi bloggerlarni hali o‘zi e’lon qilmagan tovarlar haqidagi axborotni tarqatgani uchun ularni sudga beradi va yutqizadi. Shu yili bloggerlarning huquqlari jurnalistlarga tenglashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida 2014-yili “Axborotlashtirish to'g'risida”gi qonunning “Hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborotni internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish” nomli 12–moddasiga bloggerlik tushunchasini kiritildi va ularning huquq va majburiyatlari belgilab berildi32. Ayni paytda dunyodagi mashhur insonlarning aksariyati o‘zlarining shaxsiy bloglari va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalariga ega bo‘lib, o‘z muxlislarini doimiy ravishda hayotlaridagi qiziqarli voqealar, jahonda ro‘y berayotgan voqea–hodisalarga nisbatan o‘z fikrlaridan xabardor qilib boradilar. Birgina Rossiya Federatsiyasining Bosh vaziri Dmitriy Medvedevning 2010-yil iyun oyida Twitter.com ijtimoiy tarmog‘ida ochgan blogini bugungi kunda 1,5 million foydalanuvchi o‘qiydi33. Foydalanuvchilar unga internet orqali to‘g‘ridan–to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, Bosh vazir Prezidentning saytida ham o‘z videoblogiga, Facebook.com, Instagram.com va «Vkontakte.ru» ijtimoiy tarmoqlarida sahifalariga ega.
Respublikamizda fuqarolik jurnalistikasi sifatida bloglar rivojlanib, ularni yuritishda axloq me’yorlariga rioya etish muhim ahamiyat kasb etadi. “Fuqarolik jurnalistikasi” maqomini olgan uz. domenidagi bloglarda mazkur me’yorlar bloggerlar uchun “buzib bolmas qonun” darajasiga ko‘tarilishi lozim. Bular quyidagilardir: 1-qoida. Blog o‘quvchisi tirik odam ekanligini doimo yodingizda tuting. Bunda nafaqat yodda tutish, balki o‘quvchi o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘rish maqbuldir. Sizning blogdagi fikrlaringiz qay darajada o‘qishli? U o‘quvchini qiziqtira oladimi? Blogdagi fikrlaringiz rasmiy hisobotga aylanib qolmayaptimi? Blogingizga yangi xabar qo‘yishingizdan oldin mazkur savollarga javob bersangiz maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 2-qoida. Real hayotdagi axloq me’yorlariga internetda ham rioya eting. Korporativ blogda axloq qoidalariga zid so‘zlarni ishlatish, boshqa tahririyatga yoki uning xodimlariga, o‘zga insonga nisbatan salbiy munosabatingizni bildirish o‘z imijingizga putur yetkazishini unutmang. 3-qoida. O‘zgalar fikri va vaqtini qadrlang. Blogingizga joylashtirgan xabar qiziqarli va boshqalarga foydali bo'lishiga harakat qiling. Auditoriya uchun qiziqarli mavzuni tanlang, shu bilan birgalikda mazkur matn orqali o‘zingiz yoki tashkilot imijini yanada mustahkamlashga harakat qiling. Blogdagi xabar haqida salbiy fikr bildirilsa, jahlingiz chiqmasin. Unga odob doirasidan chiqmagan holda javob bering. 4-qoida. O‘z qiyofangizni saqlang. Internetda sizni kimligingiz, ko‘rinishingiz – tashqi qiyofangizga emas, balki intellekt, bilimingizga qarab baho beriladi. Blog yuritayotganingizda matndagi jumlalar aniq, qisqa, lo‘nda va tushunarli tilda bo‘lishiga e'tibor bering. 5-qoida. Boshqalarga yordam bering. Boshqa bloggerlar va foydalanuvchilar bilan soha bo‘yicha to‘plagan trajribangiz bilan o‘rtoqlashishga intiling. Agar sizni biror bir savol qiziqtirsa, uni forumga qo‘ying va elektron pochtangizga kelgan javoblarni keyinchalik blogingizga joylashtirishni unutmang. 6-qoida. Ziddiyatli holatlarga qo‘shilmang va ularni keltirib chiqarmang. Internetda foydalanuvchini hissiy muvozanatdan chiqarishga qaratilgan munosabat – fleym (flame) deb atalib, aksariyat holatlarda foydalanuvchilar to‘plangan salbiy hissiyotlarini to‘kib solish uchun internetdagi forumlardan foydalanishadi. Bunday holatlarga e'tibor bermang. 7-qoida. Boshqalarning xatosini kechirishga o‘rganing. Agarda blogingiz forumida sizga berilgan savolda imloviy xato yoki siz uchun juda oddiy tuyulgan savol bo‘lsa, bunga e’tibor bermang yoki odob chegarasidan chiqmagan holda foydalanuvchiga uning xatosini ko‘rsating. 8-qoida. Internet orqali muloqot qilish va izoh qoldirish madaniyatini shakllantiring. Axborot saytlari tomonidan taklif qilinayotgan yoki ushbu axborot saytidan foydalanishingiz oqibatida paydo bo‘layotgan barcha sharhlar, o‘zaro aloqa, taklif va fikrlar axborot saytining shaxsiy mulki hisoblanadi va bulardan axborot sayti tomonidan istalgan yerda va istalgan maqsadda dunyoning istalgan yerida sizning ruxsatingizsiz ham foydalanish mumkin. Shuning uchun saytlarda o‘zingiz to‘g‘ringizdagi ma'lumotlarni kiritishda yoki materiallarga izohlar kiritishda ehtiyot bo'ling. Izohlar qoldirishda birovning nafsoniyatiga tegadigan ma’lumotlarni, har xil nojo‘ya so‘zlarni yozishdan saqlaning. Axborotdan foydalanish madaniyatiga rioya eting. Internetda foydalanish qoidalarining teskari tomoni «Moveton» deb atalib, jamiyatda qabul qilinmagan xatti–harakatlar majmuini anglatadi. Bularga bamp, fleym, flud, spam, offtopik, hotlinking kiradi. Fleym«so‘z urushi». Chat va forumlarda bexosdan yuzaga chiqadigan bahs, munozara. Aksariyat holatlarda bahslashuvchilar bir–birlarini haqorat qilib, shaxsiyatga o‘tishadi. Flud – internet forum va chatlardagi xabarlar bo‘lib, ulardagi ma’lumotlar hech qanday qiymatga ega emas. Spam– yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan siz ruxsat bermagan taqdirda ham shaxsiy elektron pochtaga keladigan turli xil xabarlar. Offtopik – oldindan belgilangan suhbat mavzusi doirasidan chiqadigan xabar. Masalan, veb–forumdagi xabar umumiy mavzuga mos kelmaydi. Hotlinking– vebsaytga boshqa internet resurslardan suratli fayllarni qo‘yish. Aynan yuqorida sanab o‘tilgan nohush holatlarning oldini olish uchun bir necha qoidalarga amal qilish lozim:
– siz forumlarda sharhlayotgan materialni hech qachon to‘liq matnining nusxasini boshqa forumga qo‘ymang;
– smayliklar foydalanuvchilar tomonidan o‘z hissiyotlarini xabar va xatlarda ifoda qilishning yorqin usuli. Ammo juda ham ko'p smayliklar xabarni o‘qishni qiyinlashtiradi;

  • xabarlarni bosh harflarda yozmang. Bu narsa savodsizlikdan darak beradi.

Bugungi kunda chat va forumlarda quyidagi qisqartmalardan foydalanuvchilar keng foydalanishadi:
AFK – away from keyboard (kompyuter yonidan ketdim)
BTV – by the way (aytgancha)
FYI – for your information (ma’lumot uchun)
F2F – face to face (yuzma yuz)
HAND – have a nice day (yoqimli kun tilayman)
IDK – I don’t knov (bilmayman)
IMHO – in my humble opinion (fikrimcha)
LOL – laugh out loud (qahqaha otib kulayapman)
NP – no problem (muammosiz)
ROFL / ROTFL – rolling on the floor, laughing (kulgidan yerda yumalab qoldim)
TIA – thanks in advanse (oldindan minnatdorchilik bildiraman)
TMI – too much information (ma’lumot juda ham ko'p)
VTG – vay to go (shu tarzda olib boring)
YV – you’re welcome (arzimaydi).
Demak, veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar va bloglarni yuritishda axloqiy tamoyillarga rioya etish shaxsning intellektual darajasi, bilimi bilan birgalikda uning imijini ham belgilab beradi. Buni unutmaslik zarur! Bugungi kunda internetda foydalanuvchi axloqiy me’yorlarga rioya etishi uchun nima qilish zarur? Foydalanuvchiga qat’iy choralar ko‘rishmi? Uni ma’muriy javobgarlikka tortish yoki unga boshqa jazo turlarini qo’llash lozimmi? Afsuski, bugun boshqa nom bilan internetga kirish va uning vositasida o‘zgalarni haqoratlash, zug‘um qilish oddiy holatga aylanib bormoqda. Qonunchiligimizda aynan mazkur holatlarga qarshi choralar ishlab chiqilmaganligi bois, bu masala ham ochiq qolib kelmoqda. Fikrimizcha, internetda foydalanuvchilar yoshlaridan qat’iy nazar axloqiy qoidalarga rioya etishlari uchun onlayn madaniyatni shakllantirish zarur. Buning uchun:
- maktabgacha ta’lim muassasalarining mashg‘ulotlarida internetdan foydalanish madaniyati va axloqiy qoidalari, axborotni saralash va unga ongli ravishda yondashish qoidalarini o‘tish;
- umumta’lim, o‘rta maxsus kasb ta’limi, oliy ta’limning o‘quv dasturlariga mediata’lim asoslarini kiritish va uning tarkibida internetdagi axloqiy me’yorlarni faqatgina sinf soatlarida emas, balki alohida fan sifatida o‘tish zarur. Shu o‘rinda, oiladagi tarbiya ham muhim ahamiyat kasb etishini unutmaslik lozim. Zero, ochiqlik, ongli ravishda axborotni tanlash va qabul qilish, tarqatishgina insonlarni turli salbiy xatti-harakatlarni sodir etishga yo‘l qo‘ymaydi.
Axborot maydonida xabarlar oqimi kuchaygani sari ishonchli va to‘g‘ri manbalarni aniqlash dolzarblashmoqda. Sir emas, odamlar ba’zan yolg‘on xabarlarga ham duch keladi. Shunday vaziyatlarda “feyk” ekan, degan so‘zlar quloqqa chalinadi. Xo‘sh, aslida bu nimani anglatadi? Feyk (ing. fake) – soxta, qalbaki degan ma’nolarni anglatadi. Bunday ma’lumotlarga haqiqatga juda o‘xshab ketadigan yolg‘on xabarlar, maxsus dasturlar orqali o‘zgartirilgan fotosuratlar, montaj qilingan videoroliklar, ijtimoiy tarmoqlarda boshqa shaxslar (odatda, mashhur insonlar) nomidan ochilgan “yolg‘on akkauntlar” misol bo‘la oladi. Feyk xabarlarni “sariq” matbuot va siyosiy propaganda bilan umumlashtirib turuvchi qator xususiyatlar bor. Shunga qaramay ularni badiiy to‘qimalar yoki “sariq” matbuotda tarqatiladigan mish-mishlardan farqlash lozim. “Sariq” matbuotdagi mish-mishlar asosan ommaning vaqtini chog‘ qilish, u yoki bu shaxsga e’tibor tortish (misol uchun, mashhur shaxsning uyiga o‘g‘ri tushganligi to‘g‘risidagi sarlavha ostida bosilgan maqola) uchun tarqatiladi va uning ijtimoiy zarari katta bo‘lmaydi. Feyklar esa jiddiy ijtimoiy-siyosiy maqsadlarni yoki moliyaviy manfaatni ko‘zlab tarqatiladigan yolg‘on xabarlardir. Globallashuv jarayonining tezlashishi, internet orqali cheksiz imkoniyatlarning paydo bo‘lishi, ommabop ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanilishi natijasida yolg‘on xabarlarning tarqalishi va zarar yetkazishi xavfi ham oshib bormoqda. Shu sababli, hozirgi kunda butun dunyoda feyklarga qarshi kurashni kuchaytirish, buning uchun, avvalo, huquqiy bazani mukammallashtirish, feyklarga qarshi qonun bilan kurashishga urinish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 20 milliondan oshgan. Ijtimoiy tarmoqlar (Feysbuk, Instagram, Telegram)da bir kunda 2 million yaqin kishi faoldir. O‘zbekistonda feyklar hali ko‘p emas, ammo uning elementlari ba’zi hollarda ko‘zga tashlanib turibdi. Misol uchun, Telegram tarmog‘i orqali “Juda zo‘r voqea bo‘ldi! Endi katta o‘zgarishlar yuz beradi! Tanishish uchun bu yerni bosing!” yoki fishing (qarmoq) usulini qo‘llagan holda yolg‘on axborotdan foydalanib zararli fayllarni yuborish kabi holatlarga deyarli har kuni duch kelamiz yoki bu haqida eshitamiz. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida internetda tarqaluvchi yolgʻon xabarlarga qarshi kurashuvchi alohida qonun hujjati mavjud emas. Lekin axborot, axborotlashtirish va reklama sohalarini, ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonun hujjatlari mavjud. Shu sababli oʻrganilgan xorij davlatlari tajribasidan kelib chiqqan holda mavjud qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan vujudga kelgan huquq boʻshliqlarini bartaraf etish mumkin. Bu boradagi qonunchilikka nazar tashlaydigan bo‘lsak, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunning 121-moddasi 2-qismiga muvofiq veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan, bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborotni joylashtirishdan avval uning to‘g‘riligini tekshirishi, shuningdek, joylashtirilgan axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda uni darhol o‘chirib tashlashi shart.
“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasida jurnalistning majburiyatlari belgilangan bo‘lib, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida jurnalist o‘zi tayyorlayotgan materiallarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi shartligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari internet tarmogʻida kishilarni oʻziga jalb qilish, boylik orttirish maqsadida ogʻir kasalliklarni davolovchi dorilarni ixtiro qilganligi yoki shunday kasalni davolashini aytib yolgʻon axborot berishni JK 168-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish imkoni mavjud. Mobil aloqa vositasi orqali yolgʻon xabar tarqatish holatlari uchrab turishini inobatga olib, buni ham ushbu modda bilan qamrab olish mumkin. Shu bilan birga, bir qator holatlar boʻyicha qonunchilikda boʻshliqlar mavjud: aholi oʻrtasida vahima, qoʻrquv va davlatga qarshi norozilik kayfiyatini uygʻotish maqsadida halokatlar (tabiiy yoki boshqa turdagi) yolgʻon axborot tarqatganlik aholi oʻrtasida vahima uygʻotish uchun aslida sodir boʻlgan fojialar toʻgʻrisida notoʻgʻri va tasdiqlanmagan axborot tarqatganlik; hodisa aybdorlari toʻgʻrisida yolgʻon faktorlarni maʼlum qilish, masalan, aslida umuman hodisaga aloqador boʻlmagan shaxslarni hodisa ishtirokchisi, hodisa aybdori sifatida koʻrsatganlik uchun javobgarlik masalalari qonunchilikda bayon etilmagan. Keltirib o‘tilgan normalarga binoan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, keyin e’lon qilish axborot tarqatuvchi har qanday shaxs, shu jumladan, jurnalistlar va blogerlarning ham majburiyatlaridan biri hisoblanadi.
Ayni paytda amaldagi qonunchiligimizda yolg‘on xabar tarqatganlik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgarlikni ko‘zda tutuvchi normalar mavjud emas, ammo jahonning ko‘plab mamlakatlarida bu uchun javobgarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilanganligini ko‘rishimiz mumkin. Taqqoslash uchun bir qator davlatlarni misol qilib keltirsak. Singapurda “Internetdagi yolg‘on xatti-harakatlar va manipulyatsiyalardan himoyalanish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan bo‘lib, “holatlar to‘g‘risidagi yolg‘on ma’lumotlar”, agar ushbu ma’lumotlar Singapur xavfsizligiga, “jamoat xavfsizligi”, “jamoat tinchligi” yoki “Singapurning boshqa davlatlar bilan do‘stlik munosabatlari”ga zarar keltirsa, ularni tarqatish noqonuniy hisoblanadi. Rossiyada 2019-yil martidan boshlab OAV va internetda hokimiyat vakillarini kamsitish va feyk xabarlarni tarqatishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. Mazkur qonunga ko‘ra, “hokimiyatga yaqqol hurmatsizlik” uchun 30 ming rubldan 100 ming rublgacha jarima jazosi tayinlanadi. Shu huquqbuzarlikni takror sodir qilganlik uchun 100 ming rubldan 200 ming rublgacha jarima yoki 15 sutkaga qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Nashr joylashtirilgan veb-sayt yoki veb-sayt sahifalaridan foydalanish Bosh prokuratura so‘roviga muvofiq «Roskomnazorat» tomonidan sudgacha bo‘lgan tartibda cheklanishi mumkin. Germaniyada “Internet” Jahon axborot tarmogʻida yolgʻon xabar tarqalishiga qarshi kurashishga qaratilgan “Tarmoqda qonuniylik toʻgʻrisida”gi qonun (NetzDG) qabul qilingan. Qonunga koʻra internet-manbalar foydalanuvchilarning shikoyatlariga, shu jumladan, yolgʻon xabar masalalalari boʻyicha murojaatlarga munosabat bildirishi shart. Kimki shikoyatni koʻrib chiqishni rad etsa va tegishli chora koʻrmasa, 50 mln yevrogacha jarima bilan jazolanadi. Bunda subyektning jismoniy yoki yuridik shaxs boʻlishi ahamiyatga ega emas. Qonun asosan Internet jurnalistikasida qonuniylikni taʼminlashga qaratilgan deyish mumkin.
Twitter tarmogʻidagi “Titanik” satirik jurnali akkaunti musulmonlarga qarshi izoh uchun huquqbuzar sifatida bloklab qoʻyilgan. Bunday qaror qabul qilish uchun kelib tushgan shikoyatlar boʻyicha eʼtiroz va daʼvolar Federal vazirlikning ekspert boʻlimi tomonidan yetti kunlik tekshiruvlar davomida aniqlanadi va qaror qabul qilinadi. Buyuk Britaniyada Internetdagi feyklar va manipulyatsiyalarga qarshi kurashish keng tus olgan. Facebook, Google va Twitterda tarqatilayotgan xabarlar uchun ushbu internet-gigantlarni jarimaga solish masalasi koʻtarilmoqda. Hozirgi kunda Buyuk Britaniya hukumati tomonidan internet tartibga solish prinsiplarini oʻzida aks ettiruvchi raqamli xartiyani qabul qilish ustida ish olib borilmoqda. Buning uchun koʻngillilar, IT-kompaniyalar, taʼlim muassasalari, aholi va jamoatchilik tashkilotlari jalb qilingan. AQSH Kongressi Senati tomonidan 2017-yil 19-oktyabrda “Adolatli reklama toʻgʻrisida”gi qonun (Honest Ads Act) qabul qilingan. Qonunga binoan internet-kompaniyalar oʻzlarida eʼlon qilingan targʻibot (tovar, ish va xizmatlar koʻrsatishni) materiallari buyurtmachilari toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjat nusxalarini saqlab qoʻyishga majburdirlar.
Garchi mamlakatimizning amaldagi qonunchiligida feyk xabarlarni tarqatganlik uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgarlik belgilanmagan bo‘lsa-da, noto‘g‘ri (yolg‘on) xabarlarni tarqatish va buning natijasida zararli oqibatlar kelib chiqishining oldini olish maqsadida qonun hujjatlarida bir qancha normalar mavjud. Xususan, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunning 121-moddasida qanday axborot turlari internetda tarqatilishi mumkin emasligi nomma-nom sanab o‘tilgan. “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunning 34-moddasida shaxslarning raddiya berish va javob qaytarish huquqi belgilangan bo‘lib, bu ham yolg‘on xabarlarga nisbatan qarshi turish kafolatlaridan biri hisoblanadi. Ko‘pincha telegram messenjeri orqali va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda u yoki bu tovar yoki ishlab chiqaruvchini obro‘sizlantirish orqali raqobatchilarga iqtisodiy zarba berishga qaratilgan ovozli, foto va videoxabarlarga duch kelamiz. Ammo raqobatchini xo‘jalik yurituvchi subyektning ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish maqsadida bila turib yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 192-moddasida javobgarlik belgilanganligini unutmaslik kerak. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasida hamda Jinoyat kodeksining 139-moddasida tuhmat, ya’ni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatganlik uchun javobgarlik belgilangan. Shuningdek, yolg‘on xabar tarqatganlik uchun fuqaroviy javobgarlik ham kelib chiqishi mumkin. Xususan, ma’naviy zarar shaxsning or-nomusi, sha’ni va qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo‘lsa, uni yetkazuvchining aybidan qat’iy nazar, qoplanishi lozimligi Fuqarolik kodeksining 1021-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari yuqoridagi qonun normalarini bilib qo‘yishi foydadan holi emas. Bu to‘g‘ri ma’lumot tarqatish mas’uliyatini oshirish bilan birga turli feyklardan himoyalanish vositasi hamdir. Jurnalistlar va blogerlar ham olingan faktlarni e’lon qilishda ularning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishi, aholi ishonchini suiiste’mol qilishdan ehtiyot bo‘lishi maqsadga muvofiq.



Download 417,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish