X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


O’rta Sibir yassi tog’lari



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

O’rta Sibir yassi tog’lari
. O’rta Sibir tabiiy geografik o’lkasi Sibirning 
markaziy qismida Yenisey va Lena-Aldan daryolari oralig’ida joylashgan. U 
Shimoliy Muz okeani sohillaridan Janubiy Sibir tog’ etaklarigacha cho’zilgan. 
O’lkaning materikdagi eng shimoliy nuqtasi Chelyuskin burni, Severnaya Zemlya 
arxipelagida esa Arktika burnidir. Maydoni 4 mln km

atrofida. O’lka uchun keskin 
kontinental iqlim, keng tarqalgan doimiy muzloqlar, muzloq tayga tuproqlari, 
rel’efining kuchli kesilganligi tufayli kenglik zonalarining G’arbiy Sibirdagiga 
nisbatan noaniq ifodalanganligi, landshaftlarning balandlik zonalligi kabilar 
xarakterli.


297 
O’lkaning katta qismi joylashgan Sibir platformasining poydevori arxeyda 
vujudga kelgan. Proterozoyda va baykal orogenezida o’lkaning burmali poydevori 
shakllangan. Platforma metamorflashgan qadimiy cho’kindi jinslardan tarkib topgan 
va ko’pgina joylarda granit intruziyalari yorib chiqqan. Bu jinslar yer yuzasiga 
chiqib, shimolda Anabar kristall massivini, janubi-sharqda Aldan qalqonini hamda 
Yenisey va Turuxan ko’tarilmalarini vujudga keltirgan. Poydevorning massivlari va 
ko’tarilmalari keng, chuqur tektonik botiqlar bilan bo’linib ketgan. Ular paleozoy va 
mezozoyning cho’kindi jinslari bilan to’lgan Lena-Xatanga, Tunguska va Vilyuy 
botiqlaridir. Kaledon orogenezida Severnaya Zemlya va Taymirning shimoliy 
qismidagi burmali strukturalar vujudga kelgan, Sibir platformasining geologik 
tuzilishini o’ziga xos xususiyati lava qoplamlari - trappalarning keng 
tarqalganligidir. Trappalarning umumiy maydoni 1 mln km
2
dan ortiq, qalinligi 
1200-1500 m ga teng. U Rossiya platformasidan ana shu xususiyati bilan farqlanadi. 
O’rta Sibir yassi tog’ligida keng tarqalgan temir, platina, mis, nikel ruda konlari, 
polimetallar grafit, oltin, olmos va bir qancha foydali kazilmalarning hosil bo’lishi 
vulkanik jinslarga bog’liq. Botiqlarda esa neft va toshko’mir konlari joylashgan. 
O’rta Sibir yer yuzasining hozirgi qiyofasi Al’p bosqichining tektonik 
harakatlari natijasida shakllangan. Shu davrda Birranga, Putorana, Anabar va 
Yenisey massivlari faol ko’tarilgan, Shimoliy Sibir va Markaziy Yoqutiston 
pastekisliklari ancha cho’kkan. Daryo vodiylarida supachasimon past-baland 
terrasalar ko’p tarqalgan. O’lka hududida yassi tog’lik rel’efi hukmronlik qiladi. 
Unint katta qismi O’rta Sibir yassi tog’ligi bilan band. Yassi tog’likning dengiz 
sathidan o’rtacha balandligi 400-600 m ni tashkil etadi. Eng baland nuqtasi Putorana 
tog’larida 1701 m ga yetadi. Yassi tog’likka sharq tomondan Markaziy Yoqutiston 
pastekisligi va shimol tomondan kenglik bo’ylab cho’zilgan Shimoliy Sibir 
pastekisligi tutashgan. Pastekislikdan shimol tomonda joylashgan Taymir yarim 
orolida Birranga tog’lari (Lednikovaya, 1146 m) qad ko’tarilgan. Yassi tog’likning 
g’arbiy qismida Yenisey va Angara kryajlari, Tunguska, Angaraorti, Lena-Angara 
platolari, janubi-sharqiy qismida Lenabo’yi platosi, Aldan tog’lari ajralib turadi. 
O’rta Sibirning asosiy iqlim xususiyatlarini uning geografik o’rni -Shimoliy 
Osiyoning o’rta qismida joylashganligi, iliq dengizlardan uzoqligi, Shimoliy Muz 
okeanining ta’siri va boshqa omillar belgilaydi. O’lkaning iqlimi keskin 
kontinentalligi bilan G’arbiy Sibir va Sharqiy Yevropa tekisliklari iqlimidan keskin 
farq qiladi. Iqlimining kontinentalligi shimoldan janubga va g’arbdan sharqqa tomon 
kuchayib, Markaziy Yoqutistonda maksimal miqdorga yetadi. Qishda materik 
yuzasining qattiq sovushi natijasida O’rta Sibirning katta qismi Osiyo 
antisiklonining baland bosimi ta’sirida bo’ladi. Yanvarning o’rtacha harorati juda 
past, o’lkaning janubi-g’arbida -20°S ni, shimoli-sharqida -40°S ni, Yoqutistonda 
esa -45°S ni tashkil etadi. Qishda barqaror ob-havo tarkib topib, sovuqli kunlar uzoq 
davom etadi. Yozda O’rta Sibir ustida past atmosfera bosimi shakllanib, iyulning 
o’rtacha harorati yuqori bo’ladi. Jumladan, tayga zonasining shimoliy chegarasida 
o’rtacha harorat +11°+12°S dan Yoqutistonda +19°S gacha ko’tariladi. Haroratning 
minimal ko’rsatkichi botiqlarda -64°-68°S gacha pasaysa, maksimal ko’rsatkichi 
+35°S gacha ko’tariladi. Atmosfera yog’inlarining aksariyat qismi yozning ikkinchi 


298 
yarmiga to’g’ri keladi. Sovuq faslda esa yog’in juda kam bo’ladi. Turli yillarda 
yog’in miqdorining keskin o’zgarib turish odati xarakterli. Masalan, qurg’oqchil 
yillarda Dudinkada yog’in miqdori 125 mm dan, yomg’irli yillarda 350 mm gacha 
o’zgarsa, Krasnoyarskda yillik yog’in miqdori 127 mm dan 475 mm gacha 
o’zgaradi. O’lka hududida keskin kontinental iqlim oqibatida ko’p yillik muzloq 
yerlar keng tarqalgan. Doimiy muzloqlar Quyi Tunguska va Vilyuy vodiylaridan 
shimolda keng tarqalgan. Ularning qalinligi Xatanga qo’ltig’i sohillarida 800 m ga, 
Marxa daryosi havzasida (Markaziy Yoqutiston) 1500 m ga yetadi. Janubda 
muzloqlarning tarqalishi orollar shaklida bo’lib, ularning qalinligi janubga tomon 50 
m dan 5-10 m gacha kamayib boradi. Ko’p yillik muzloq yerlar o’lka tabiatidan 
xo’jalik ehtiyojlari uchun foydalanishni bir muncha qiyinlashtiradi.
O’rta Sibir daryolar to’ri yaxshi rivojlangan. Daryolari asosan Yenisey va Lena 
tizimlariga qaraydi va Shimoliy Muz okeani havzasiga quyiladi. Bulardan tashqari 
o’lkaning Pyasina, Taymira, Xatanga, Popigay, Anabar va Olenyok daryolari 
to’g’ridan-to’g’ri Kara va Laptevlar dengizlariga quyiladi. O’rta Sibir daryolari 
iqlim sharoitiga qaramasdan juda sersuv. Ular qor suvlaridan, yozgi yomg’ir suvidan 
va ko’p yillik muzloq yerlarning erigan sizot suvlaridan to’yinadi. Daryolarning 
ko’pchiligi oktyabrda, janubda noyabrning boshlarida muzlaydi va bu davr 6-7 oy 
davom etadi. Yillik suv oqimining 90-95% i iliq-issiq davrga va qolgan 5-10%
sovuq davrga to’g’ri keladi. 
Enisey daryosi G’arbiy va Sharqiy Sayan tog’laridan boshlanib, Kara 
dengizining Yenisey qo’ltig’iga quyiladi. U o’rta oqimida O’rta Sibir yassi 
tog’ligidan boshlanuvchi Podkamennaya Tunguska, Quyi Tunguska daryolarini, 
Baykal ko’lidan boshlanuvchi Angara daryosini qabul qiladi. Yeniseyning uzunligi 
4092 km, havzasining maydoni 2600 ming km

ga yaqin, o’rtacha yillik suv sarfi 
19800 m
3
/sek. Lena daryosi Baykalbo’yi va Zabaykale tog’laridan boshlanib 
Laptevlar dengiziga quyiladi. Uning eng yirik irmoqlari Aldan va Vilyuy 
daryolaridir. Lenaning uzunligi 4400 km, havzasining maydoni 2500 ming km
2
atrofida, o’rtacha yillik suv sarfi 17 000 m
3
/sek. Lena yuqori qismida tik yon bag’irli 
vodiylardan oqib o’tadi. Lena-Vilyuy pastekisligida daryo vodiysi kengayib, eni 25-
30 km gacha yetadi. Daryo dengizga quyilish joyida ko’plab tarmoqlarga bo’linib, 
maydoni 30000 km
2
bo’lgan del’ta hosil qiladi. O’rta Sibirda ko’llar G’arbiy 
Sibirdagiga nisbagan ancha kam tarqalgan. Ko’llarga Markaziy Yoqutiston, 
Shimoliy Sibir, Taymir pastekisliklari va Putorana tog’lari boy. Eng katta ko’l 
Birranga tog’lari etagida joylashgan Taymir ko’lidir. Uning maydoni 4650 km
2

maksimal chuqurligi 26 m. Ko’l akvatoriyasi fasllarga qarab o’zgarib turadi. 
Putorana tog’larida Pyasino, Lama, Keta, Xantay kabi tektonik ko’llar joylashgan.
 
Markaziy Yoqutistonda termokarst yo’li bilan vujudga kelgan mayda ko’llar keng 
tarqalgan, yer osti suvlariga ham boy. Uning doirasida Tunguska, Xatanga, 
Yoqutiston, Angara-Lena artezian havzalari joylashgan. 
O’rta Sibir o’lkasi tuproq-o’simlik qoplamining zonal ifodalanish xarakteriga 
ko’ra G’arbiy Sibir pastekisligidan farq qiladi. Uning tuproq-o’simlik zonalari 
Arktika sahrosi, tundra, o’rmon-tundra, tayga va orollar shaklida tarqalgan o’rmon-
dashtlardan tarkib topgan. Balandlik amplitudasi katta bo’lgan shimoliy hududlarda 


299 
balandlik mintaqalari vujudga kelgan. Quyi Tunguskaning quyi qismidagi tog’larda 
400 m balandlikkacha qoramtir igna bargli tayga, yuqorida yorug’ igna bargli 
tilog’och o’rmonlari, 700-800 m dan yuqorida tog’ toshloq tundrasi joylashgan. 
Mazkur o’lkada eng ko’p tarqalgan o’simlik tipi tayga o’rmonlaridir. Tayga zonasi 
o’lkaning 70% hududini ishg’ol etadi. Uning g’arbida Sibir tilog’ochi, 
Chekanovskiy tilog’ochi, sharqida Dauriya tilog’ochi keng tarqalgan. Qoramtir igna 
bargli o’rmonlar g’arbda va janubda uchraydi. O’rmonlar tagida gileyli-muzloq-
tayga, chimli-o’rmon va chimli podzol tuproqlari rivojlangan. O’rmon-dashtlarda 
orollar shaklida bo’z o’rmon tuproqlari va qora tuproqlar uchraydi. Birranga, 
Putorana tog’larida va Anabar massivida tog’ tundra tuproqlari mavjud. Arktika 
sahrolarida moxlar, lishayniklar, tundra lolasi, toshyorar, ayiqtovonlar uchraydi. 
Tundrada moxlar va lishayniklar keng tarqalgan. Pastqam joylardagi gipn o’tli 
botqoqliklarda qiyoq va momiqboshlar o’sadi.
O’lka faunasi G’arbiy Sibir faunasiga nisbatan boy va xilma-xil. Ayniqsa bu 
yerda tayga o’rmonlari faunasiga mansub bo’lgan mo’ynali hayvonlar - olmaxon, 
sobol, kolonka, tulki, oqsichqon, ondatra, nutriya va boshqalar ko’pchilikni tashkil 
etadi. Tuyoqli hayvonlardan shimol bug’usi, los, Putorana tog’larida qor qo’yi 
ovlanadi. O’tloq dashtlarda uzun dumli yumronqoziqlar ko’p uchraydi. Qushlardan 
qarqur, chil, qora qarg’a, kasatka-o’rdak, churraklar yashaydi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish