X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Shimoli-Sharqiy Sibir. 
O’lka Lena daryosining quyi oqimidan sharqda, 
Aldanning quyi oqimidan shimolda joylashgan va sharqda Tinch okean havzasining 
suvayirg’ich tog’ massivlari bilan chegaralangan tog’-tekislik morfostrukturalar, 
Novaya Sibir orollari Shimoli-Sharqiy Sibir tabiiy geografik o’lkasini tashkil etadi. 
Maydoni 1,5 mln km
2
. Uning asosiy orografik elementlari umumiy uzunligi 4000 
km atrofida bo’lgan chekka tog’ tizmalaridan, o’rtalik tog’lik va yassi tog’liklardan 
hamda pastekisliklardan iborat. Bu o’lkada paleozoyda va mezozoyning birinchi 
yarmida Verxoyansk-Chukotka geosinklinal dengiz havzasining katta bir qismi 
bo’lgan. Mezozoyning ikkinchi yarmida tektonik harakatlarning intensiv namoyon 
bo’lishi natijasida burmali strukturalar hosil bo’lgan. Yuqori bo’r va paleogenning 
iliq iqlimli sharoiti tufayli tog’ tizmalarida yuz bergan denudasion jarayonlar 
tekislangan yassi yuzalarni vujudga keltirgan. O’lkaning hozirgi rel’ef shakllari 
paleogen va neogenda sodir bo’lgan ko’tarilishlarning oqibatidir. Intensiv 
ko’tarilgan hududlarda baland tog’lar va tizmalar, cho’kkan joylarda bukilmalar va 
tog’oralig’i botiqlari shakllangan. Tog’ rel’efini shaklanishiga antropogen davrda 
bo’lib o’tgan Tobichan, Elgin va Boxapchin muzliklari ham ta’sir ko’rsatgan. 
O’lkaning yer usti tuzilishi morfogenetik xususiyatiga ko’ra quyidagi rel’ef 
tiplariga bo’linadi: akkumulyativ tekisliklar, erozion-denudasion tekisliklar, yassi 
tog’lik, past tog’, o’rtacha baland tog’ va baland tog’ Al’p rel’efi. Akkumulyativ 
tekisliklar Yana-Indigirka, O’rta Indigirka, Kolima pastekisliklaridan va tog’oralig’i 
botiq tekisliklardan tashkil topgan. Ularning yuzasi tekis, kam parchalangan va 
dengiz sathidan 100 m gacha balandlikda joylashgan. Qirg’oq bo’ylarida abrazion-
akkumulyativ tekisliklar uchraydi. Tog’ etaklarida akkumulyativ tekisliklar 
balandroq ko’tarilgan erozion-denudasion tog’oldi tekisliklari bilan almashinadi. 
Ularning balandligi 200 m dan oshmaydi. Erozion-denudasion tekisliklar Anyuy, 


300 
Mom, Xaraulax, Ko’lar tog’ etaklarida, Alazey va Yukagir yassi tog’liklarining 
chekka qismlarida yaxshi rivojlangan. Yassi tog’liklar rel’efi neotektonik harakatlar 
kuchsiz bo’lgan va denudasion yassi yuzalar yaxshi saqlangan hududlar uchun 
xarakterli. Bu yuzalar ustidan qattiq jinslardan tarkib topgan gumbazsimon qoldiq 
massivlar ko’tarilib turadi. Yana, Elgin, Oymyakon, Alazey, Yukagir yassi 
tog’liklari va Yuqori Kolima tog’ligi ana shu tipdagi rel’efga ega. Past tog’lar odatda 
tog’ tizmalarining chekkalarida, 300-500 m balandliklarda joylashgan, daryo 
vodiylarining qalin to’ri bilan parchalangan. Past tog’lar uchun nival-soliflyukasion, 
muzlik ishlagan rel’ef shakllari, nuragan tog’ jinslarining uyumlari xarakterli. Yana-
Kolima past tog’lari bunga yaqqol misol bo’la oladi. 
O’rtacha balandlikdagi tog’ rel’efi o’lkada keng tarqalgan bo’lib, unga 
balandligi 800 m dan 2200 m gacha yetadigan ko’pchilik tog’ tizmalari va tog’liklar 
kiradi. Bu tipdagi rel’ef ayniqsa Verxoyansk, Cherskiy, Tas-Xayaxtax, Mom tog’ 
tizmalari va Yudom-Maya tog’ligi uchun xarakterli. Kolima tog’ligi va Anyuy 
tizmasining ham katta qismi o’rtacha baland tog’ massivlaridan iborat. Uning 
hamma joyida to’rtlamchi davr muzliklari hamda ko’p yillik muzloq va 
soliflyukasion jarayonlar ta’sirida vujudga kelgan rel’ef shakllari keng tarqalgan. 
Baland tog’ Al’p rel’efi intensiv neotektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan va 
dengiz sathidan 2200 m dan yuqorida joylashgan. Bunday rel’ef tipi Suntar Hayot, 
Tas-Xayaxtax, Cherskiy, Ulaxan-Chistay tog’ tizmalarining baland o’q qismlari va 
Verxoyansk tizmasining markaziy hududlari uchun xos. Baland tog’larda glyasial 
rel’ef shakllari ko’pchilikni tashkil etadi. O’lkaning eng baland nuqtasi ham shu 
geomorfologik yarusda joylashgan bo’lib, Ulaxan-Chistay tog’ tizmasidagi G’alaba 
(3147 m) cho’qqisidir. 
O’lka iqlimining nihoyatda sovuq, keskin kontinental bo’lishi hududining katta 
qismi Arktika va subarktika iqlim mintaqasida joylashganligi, yer yuzasining
dengiz sathidan balandligi berk botiqlarining mavjudligi,
 
Osiyo antisiklonining 
ta’siri, Tinch okean dengizlari ta’siridan tog’ tizmalari bilan to’silganligi kabi 
omillarga bog’liqdir. O’lkaning hamma joyida o’rtacha yillik harorat -10°S dan past. 
Baland tog’larda va Novaya Sibir orollarida -15°-16°S ga teng. Qish 6-8 oygacha 
davom etadi. Ko’pchilik joylarda yanvarning o’rtacha harorati -40°S. Eng qattiq 
sovuqlar tog’oralig’i botiqlarida kuzatiladi. Botiqlarda joylashgan Verxoyansk va 
Oymyakon hududlari faqat Yevrosiyoning emas, balki butun shimoliy yarim 
sharning eng sovuq nuqtalari hisoblanadi. Bu joylarda yanvarning o’rtacha harorati 
-48°-50°S ni tashkil etadi. Mutloq minimal harorat Oymyakonda -71°S ga teng. 
Tog’li hududlar havosining quyi qatlamida qishki harorat inversiyasi vujudga 
keladi. Tog’larning yonbag’ri bo’ylab har 100 m balandlikda harorat 1,5-2°S dan 
ortib boradi. Shuning uchun tag’oralig’i botiqlari sovuq, tog’ yon bag’irlari unga 
nisbatan iliq bo’ladi. Suntar Hayot tog’larining 2063 m balandligida yanvarning 
o’rtacha harorati -29,5°S gacha ko’tariladi. Yoz oylari bir oz iliqroq keladi. Iyulning 
o’rtacha harorati Yana, Indigirka, Kolima daryolarining yuqori oqimida +14°+16°S 
ni tashkil etadi. Ayrim kunlari harorat +35°S gacha ko’tariladi. Tundrada iyulning 
o’rtacha harorati +10°S dan past. O’lkada yog’in qishda kam va yozda ko’p bo’ladi. 
Yillik yog’inning 15-20% i sovuq davrga va 80-85% i iliq davrga to’g’ri keladi. 


301 
Tekisliklarda va tog’oralig’i botiqlarida yiliga 200-300 mm, past tog’larda va baland 
tog’larning quyi yaruslarida 400-500 mm, baland tog’larda 600-700 mm yog’in 
yog’adi. Qor qoplamining qalinligi botiqlarda 25-30 sm dan tog’larda 50-80 sm 
gacha yetadi. 
O’lkaning qattiq sovuq iqlim sharoiti ko’p yillik muzloq yerlarning keng 
tarqalishiga imkon beradi. Ularning qalinligi tog’larda 200-400 m dan, shimoliy va 
markaziy hududlarda 500 m gacha yetadi. Muzloq gruntlarning harorati 5-10 m 
chuqurlikda -5°-10°S ni tashkil etadi. Pastekisliklarda va tog’oralig’i botiqlarida yer 
osti muzliklari keng tarqalgan bo’lib, ular singenetik va epigenetik muzlardan iborat. 
Iqlim sharoiti baland tog’larda hozirgi zamon tog’ muzliklarining ham 
shakllanishiga imkon yaratgan. Tog’larning 2000-2500 m balandliklarida yog’in 
ko’pincha qor tarzida yog’ib, muzliklarning hosil bo’lishiga sabab bo’lgan. 
O’lkaning Suntar-Hayot, Cherskiy, Tas-Xayaxtax, Xaraulax va Orulgan tog’ 
tizmalarida umumiy maydoni 380 km
2
dan ziyod bo’lgan 650 ta muzlik mavjud. 
Yirik muzliklarning markazlari Suntar-Hayot tizmasida va Buordax massivida 
joylashgan. 
O’lka hududi Shimoliy Muz okeaniga quyiladigan daryolar to’ri bilan 
parchalangan. Ularning eng yirik irmoqlari Yana, Indigirka va Kolima daryolaridir. 
O’lkaning eng yirik daryosi Kolima Yuqori Kolima tog’ligidan boshlanib, Sharqiy 
Sibir dengiziga quyiladi. Uzunligi 2129 km, havzasining maydoni 643 ming km
2

o’rtacha yillik suv sarfi 3900 m
3
/sek. Indigirka kattaligi jihatidan ikkinchi o’rinda 
turadi. Uzunligi 1980 km, havzasining maydoni 360 ming km
2
. U Oymyakon yassi 
tog’ligidan boshlanib Cherskiy tog’ini 1500-2000 m chukurlikda tik yonbag’irli tor 
vodiy hosil qilib kesib o’tgan. Yana daryosi Verxoyansk tog’larining shimoli-
sharqiy yonbag’irlaridan boshlanib Laptevlar dengiziga quyiladi. Uzunligi 1490 km, 
havzasining maydoni 238 ming km
2
. O’rtacha yillik suv sarfi 1000 m
3
/sek. Barcha 
daryolar qor, yomg’ir va qisman yer osti suvlaridan to’yinadi. Tekisliklarda va 
botiqlarda termokarst ko’llari keng tarqalgan. 
O’lkada tundra va shimoliy tayga siyrak o’rmonlari hukmronlik qiladi. Tundra 
zonasida gileyli zax tuproqlar tarqalgan bo’lib, ular qiyoq-mox, momiqbosh-mox va 
lishaynik o’simlik formasiyalari bilan qoplangan. O’rta Indigirka va Kolima 
pastekisliklarida gleyli-muzloq tayga tuproqlari rivojlangan. Bu yerlarda Dauriya 
tilog’ochidan tarkib topgan shimoliy tayga siyrak o’rmonlari o’sadi. O’lkaning tog’li 
katta qismida balandlik mintaqalar ham rivojlangan. Shimoli-Sharqiy Sibirda 
o’rmonlar mintaqasi ancha pastda joylashgan. Ularning yuqori chegarasi shimoliy 
tog’li hududlarda 200-400 m dan oshmaydi, markaziy hududlarda 600-700 m gacha 
ko’tariladi. Yana va Indigirka vodiylarining yuqori qismlarida hamda Yudom-Maya 
tog’ligida tilog’och o’rmonlari kamdan-kam 1400 m gacha balandliklarda uchraydi. 
Tog’ tayga zonasidan yuqorida yer bag’irlab o’sadigan qalin kedrzorlar, undan 
yuqorida tog’ tundrasi joylashgan. Baland massivlarning yuqori cho’qqilarida sovuq 
sahrolar hukmronlik qiladi, 
O’lka faunasi tarkibida Shimoliy Amerika faunasiga o’xshash turlar qo’proq 
uchraydi. Birgina Kolima havzasida yashaydigan 45 tur sut emizuvchilarning 
yarmidan ko’prog’i Alyaskadagi hayvonlar bilan yaqinligi bor. Sariq qorinli 


302 
lemming, och rangli bo’ri, kolima losi shular jumlasidandir. O’lkada dashtlarga xos 
Verxoyansk sug’uri, Kolima yumronqozig’i kabi hayvonlar ham uchraydi. Yirtqich 
hayvonlardan Bering ayig’i, Bering tulkisi, Sharqiy Sibir silovsini, rosomoxa, 
Sharqiy Sibir bo’risi yashaydi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish