X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Nazorat savollari:
1. Tabiiy geografik rayonning o’ziga xos xususiyatlarini ajrating? 
2. O’lka rel’efining tektonik tuzilishi bilan bog’liqlik tomonlarini ayting? 
3. O’lkalardagi asosiy iqlim va gidrografik xususiyatlarini ayting? 
4. O’simliklarning geografik tarqalishi qanday omillar bilan belgilanadi? 
 
6.7.7. SHIMOLIY OSIYO
 
 
Tayanch so’z va iboralar:
 epigertsen plita, dengiz cho’kindilari, orografiya, 
materik muzliklari, siklon, antisiklon, termokarst, muzlik, morena-muzlik, qayir, 
suffozion yoki tektonik ko’llar, burmali strukturalar, uvallar,
orogenez, geosinklinal, 
neotektonik harakatlar.
 
 
G’arbiy Sibir pastekisligi.
G’arbiy Sibir Yer sharidagi eng yirik akkumulyativ 
pastekisliklardan biri bo’lib, Kara dengizidagi orollar ham kiradi. U shimolda Kara 
dengizi, janubda To’rg’ay platosi va Qozog’iston burmali tog’lari, janubi-sharqda 
Oltoy va Sayan tog’lari, sharqda O’rta Sibir yassi tog’ligi va g’arbda Ural tog’lari 
bilan chegaralanadi. Maydoni 3 mln km
2
ga yaqin. Pastekislik shimoldan janubga 
tomon 2500 km va g’arbdan sharqqa tomon eng keng joyida 1900
 
km masofaga 
cho’zilgan. O’lkaning barcha hududi G’arbiy Sibir epigertsen plitasi doirasida 
joylashgan. Metamorflashgan va dislokasiyalashgan paleozoy jinslari gorizontal 
holatdagi qalinligi 1000-3000 m gacha bo’lgan mezozoy va kaynozoy yotqiziqlari 


294 
bilan qoplangan. Pastekislik yuzasi paleogen davri dengiz cho’kindilaridan va 
to’rtlamchi davr suv-muzlik yotqiziqlaridan tarkib topgan. Ularning qalinligi 
G’arbiy Sibirning markaziy qismida 250 m dan janubda 5 m gacha kamayadi. 
G’arbiy Sibir pastekisligi janubdan shimolga tomon nishab bo’lib boradi va 
undagi hamma daryolar - Ob va uning yirik irmoqlari Irtish, Tobol, Ishim hamda 
Taz daryosi oqadi. Pastekislik yuzasi gipsometrik jihatdan bir xil ko’rinsada, 
orografik jihatdan farq qiladigan yassi tekisliklar, uvallar va platolar mavjud. Dengiz 
sathidan 50-100 m baland bo’lgan G’arbiy Sibirning markaziy qismidagi Kondin, 
O’rta Ob pastekisliklari va shimoliy qismidagi Quyi Ob, Nadim va Pur 
pastekisliklaridir. Bular G’arbiy Sibirning eng past joylari hisoblanadi. O’lkaning 
g’arbiy, janubiy va sharqiy chekkalarida balandligi 200-250 m bo’lgan Shimoliy 
Sosva, Turin, Ishim balandliklari, Ob bo’yi, Chulim-Enisey platolari, Yuqori Taz, 
Quyi Yenisey tepaliklari joylashgan. Balandligi 140-150 m bo’lgan Sibir uvallari 
Ob daryosidan Yeniseygacha cho’zilib pastekislikni ikki qismga bo’lib turadi. O’rta 
Ob pastgekisligidan janubda Vasyugane tekisligi joylashgan. G’arbiy Sibirning 
janubiy qismidagi Baroba, Ishim va Ko’lundi tekisliklarida suffoziya yo’li bilan 
hosil bo’lgan berk botiqlar ko’p uchraydi. 
G’arbiy Sibirning shimoliy qismida Yamal va Gidan yarim orollari Kara 
dengizining ichki qismigacha kirib boradi. Bu yarim orollar bir-biridan 800 km 
uzunlikdagi Ob ko’rfazi orqali ajralib turadi. To’rtlamchi davrda pastekislikning 
katta qismi Yar, Samara, Taz va Ziryan materik muzliklari ta’sirida bo’lgan. 
Pastekisliklarda tektonik harakatlar juda kuchsiz bo’lganligi tufayli balandliklar va 
tog’liklar hosil bo’lmagan. Rel’efida yassi tekisliklar hukmron bo’lgani uchun daryo 
vodiylari chuqur o’yilmagan va suv juda keng masofaga yoyilib oqadi. Ob va Irtish 
daryolari vodiysining kengligi 80-120 km gacha boradi. Pastekislik o’lkasi to’rtta 
geomorfologik oblastga bo’linadi: shimoldagi dengiz akkumulyasiyasi tekisliklari; 
muzlik va suv-muzlik akkumulyasiyasi tekisliklari; muzlikyoni, asosan ko’l-
allyuvial tekisliklari; janubiy muzliklardan tashqaridagi tekisliklar. 
G’arbiy Sibir pastekisligiiing iqlimi Sharqiy Yevropa tekisligi iqlimidan keskin 
kontinentalligi va qishining qattiq sovuqligi bilan farq qiladi. Pastekislikning 
shimoldan janubga uzoq masofaga cho’zilganligi 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish