X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

birinchidan,
iqlimning zonal 
tiplarining shakllanishiga sabab bo’lsa, 
ikkinchidan,
o’lkaning shimoliy va janubiy 
qismlari o’rtasida katta iqlim tafovutlarini vujudga keltiradi. Bu o’lka Atlantika 
okeanidan juda uzoq va Arktika havzasiga juda yaqin joylashgan. Shuning uchun bu 
yerda qish uzoq davom etadi va sovuq qattiq bo’ladi. Bundan tashqari qishning 
qattiq bo’lishiga Sibir antisikloni ham kuchli ta’sir etadi. Pastekislikda antisiklonli 
kunlar 49% ni, siklonli kunlar 29% ni tashkil etadi. Siklonlar janubi-g’arbdan va 
shimoli-g’arbdan, Islandiya minimumi oblastidan keladi. Siklonlarning kelishi bilan 
harorat keskin o’zgaradi, kuchli shamollar bo’lib, tezligi 35-40 m/sek ga yetadi. 
Siklon faoliyati tugashi bilan pastekislik ustida qolgan Arktika havosi o’zgarib, 
kontinental havoga aylanadi. 
Qishda o’lka hududida manfiy harorat barqaror topadi. Shimolda yanvarning 
o’rtacha harorati -30°S ni va janubda -16° S ni tashkil etadi. Mutloq minimal harorati 
tundraga nisbatan janubda joylashgan o’rmon-tundra zonasida past bo’ladi. 


295 
Chunonchi, minimal harorat tundra zonasida -54°S ga yaqin bo’lsa, o’rmon-
tundrada -65°S ga teng. Bunga sabab Sibir antisiklonining ta’siridir. Yoz salqin, 
mo’tadil iliq bo’ladi. Iyulning o’rtacha harorati Yamal va Gidan yarim orollarida 
+6°+8°S dan janubda, Ishim va Qulunda dashtlarida +20°+22°S gacha ko’tariladi. 
Janubda haroratning yuqori bo’lishiga Qozog’iston va O’rta Osiyodan keladigan 
issiq kontinental havoning ta’siridir. Arktikadan keladigan sovuq havo massasi 
yozda ham tez-tez takrorlanib turadi va iliq davrlarda haroratning pasayishiga sabab 
bo’ladi. Pastekislikda yillik yog’in miqdorining 70-80% yoz oylarida yog’adi. 
Namlik g’arbiy havo massalari yordamida Atlantika okeanidan keladi. Yog’in o’lka 
hududida bir tekis taqsimlanmagan. Tundrada yillik yog’in miqdori 250-300 mm, 
o’rmonlar zonasida 500 mm, dashtlarda 250 mm ni tashkil etadi. G’arbiy Sibirda 
daryo tarmoqlari rel’efning kam nishabligi, yog’in miqdorining bug’lanish 
miqdoriga nisbatan ko’pligi botqoqlanish jarayonining faol bo’lishiga ta’sir 
ko’rsatgan. Hozirgi paytda pastekislikdagi tayga zonasining 70% hududi 
botqoqliklar bilan band. Bunday darajadagi botqoqlanish hodisasini Yevrosiyoning 
boshqa o’lkalarida uchratish mumkin emas. 
G’arbiy Sibirda daryo tarmoqlari yaxshi taraqqiy etgan va ular deyarli yagona 
daryo to’rini hosil qilib Kara dengizi havzasiga kiradi. Pastekislik nishabi juda kam 
bo’lganligidan daryolar sekin oqadi. Jumladan, Ob daryosining nishabligi 
Novosibirskdan dengizga quyilish joyigacha bo’lgan 3000 km masofada 90 m ni 
tashkil etadi, suv oqimining tezligi 0,5 m/sek dan oshmaydi. Pastekislikning asosiy 
daryosi Ob hisoblanadi. U Oltoy tog’laridan boshlanuvchi Biya va Katun 
daryolarining ko’shilishidan hosil bo’ladi. Ob havzasining maydoni 3 mln km
2
ga 
yaqin, uzunligi 4345 km, o’rtacha yillik suv sarfi quyi oqimida 12 500 m
3
/sek. ga 
teng. Ob havzasiga deyarli o’lkaning barcha hududi kiradi. Faqat Pur va Taz 
daryolari kichik bo’lsada, o’zlarining mustaqil havzalariga ega. Bulardan tashqari 
Ob daryosining Irtish, Ishim, Tobol, Tom kabi yirik sersuv irmoqlari mavjud. 
Daryolar qor, botqoqlik, yomg’ir va grunt suvlari bilan to’yinadi. Ob va Irtish 
daryolarida Novosibirsk, Ust-Kamenogorsk, Buxtarma GES lari qurilgan. Kemalar 
qatnovi uchun qulay bo’lgan daryo yo’llarining uzunligi 20 ming km dan ko’p. 
O’lkaning janubiy qurg’oqchil dashtlarida daryolar suvidan qishloq xo’jalik 
yerlarini sug’orishda foydalaniladi. 
G’arbiy Sibirda 1 mln ga yaqin ko’llar bo’lib, ularning umumiy maydoni 100 
000 km
2
dan oshadi. Bu yerdagi ko’llarning barchasi mayda ko’llar hisoblanadi. 
Ulardan eng kattasi Chani (2600 km
2
) va Qulunda (600 km
2
) ko’llaridir. O’lkadagi 
ko’llar hosil bo’lishiga ko’ra termokarst, muzlik, morena-muzlik, qayir, suffozion 
yoki tektonik ko’llar tipiga kiradi. Tundra va o’rmon-tundrada termokarst, muzlik, 
o’rmonlar zonasida morena-muzlik, o’rmon-dasht va dasht zonalarida suffozion 
yoki tektonik, barcha daryo vodiylarida qayir ko’llari keng tarqalgan. 
G’arbiy Sibir pastekisligining tuproq va o’simlik qoplamida Sharqiy Yevropa 
tekisligiga o’xshash kenglik zonallik yaxshi namoyon bo’ladi. Uning shimolida 
qattiq iqlim sharoitida gleyli tundra tuproq tipi tarkib topgan. Biroq, ularning 
shakllanishida mikroorganizmlarning va biokimyoviy jarayonlarning roli unchalik 
katta emas. Janubda katta maydonlarni egallagan o’rmonlar tagida podzol va botqoq 


296 
tuproqlar keng tarqalgan. Bu tuproqlar ko’p yillik muzloqlar ustida hosil bo’lganligi 
tufayli geokimyoviy elementlarning migrasiyasi juda sekin davom etadi. 
Pastekisliklarning o’rmon-dasht va dasht tuproqlari o’ziga xos xususiyatlari bilan 
ajralib turadi. Masalan, bitta landshaft zonasidagi suvi yaxshi oqib ketadigan 
nishabli joylarda tarkibida 12% gacha chirindi bo’lgan qora tuproqlar, grunt suvlari 
yer yuzasiga yaqin yotgan joylarda o’tloqli-qora tuproqlar, pastqam yerlarda esa 
botqoq tuproqlar taraqqiy etgan. Dashtlarda bulardan tashqari sho’r va sho’rxok 
tuproqlar ham uchraydi. Tuproq turlarining xilma-xilligi pastekislikning o’simlik 
qoplamiga va uning rang-barangligiga ta’sir etgan. Eng ko’p tarqalgan o’simlik turi 
asosan igna barglilardan Sibirga xos bo’lgan pixta, kedr, archa, tilog’och va 
qarag’aylardan tarkib topgan. O’rmonlarning tarkibini 24,5% ini qarag’ayzorlar, 
22,6% ini qayinzorlar, kamroq qismini qoramtir tayga o’rmonlari (kedr, pixta, yel) 
tashkil etadi. Keng barglilardan faqat jo’ka (lipa) daraxti o’sadi. Pastekislikning eng 
shimolidagi tundra zonasida mox, lishaynik va butalar, janubidagi dasht zonasida 
esa chalov, betaga, turli xil boshoqli o’simliklar tarqalgan. 
G’arbiy Sibir Paleoarktikaning Yevropa-Sibir kichik zoogeografik oblastiga 
qaraydi. Bu yerda 478 tur umurtqali hayvonlar yashaydi. Shulardan 80 turi 
sutemizuvchilar. O’lka faunasi o’zining tarkibiga ko’ra Rossiya tekisligi faunasidan 
kam farq qiladi. Faqat sharqiy qismida qo’shni o’lkalarga xos bo’lgan Jung’oriya 
olmaxoni, burunduqlar uchraydi. Boshqa rayonlarga xos hayvonlardan Amerika 
norkasi, ondatra, rus quyoni kabilar iqlimlashtirilgan. G’arbiy Sibir pastekisligida 
landshaft zonalari yaqqol ifodalangan, lekin ularning soni jihatdan Yevrosiyo o’lkasi 
ichida Sharqiy Yevropa tekisligidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Bu yerda 
shimoldan janubga tomon tundra, tayga, o’rmon-dasht va dasht zonalari bir-biri 
bilan almashinadi. 
G’arbiy Sibir tabiiy resurslarga nihoyatda boy. Uning asosiy boyligi - 
birinchidan
o’rmonlar bo’lsa, 
ikkinchidan
neft va tabiiy gazdir. O’lkada o’rmonlar 
bilan qoplangan maydon 80 mln. ga ni, yog’och zahirasi 10 mlrd m
3
ni va yillik 
o’sish 110 mln. m

ni tashkil etadi. Bulardan tashqari foydali qazilmalardan temir, 
marganes rudalari, qo’ng’ir ko’mir konlari topilgan. Torf zahirasi juda katta. 
Pastekislikning o’rmon-dasht va dashtlaridagi qo’riq yerlar o’zlashtirilgan. U 
yerlarga bug’doy, makkajo’xori, qand lavlagi ekiladi. Chorvachilik yaxshi taraqqiy 
etgan. O’rmonlardan har yili 500 ming t. kedr yong’og’i yig’ib olinadi. O’tloq va 
pichanzorlar chorvachiliqni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish