X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


Mongoliya Oltoyi - Xentey



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Mongoliya Oltoyi - Xentey.
Bu tabiiy geografik o’lka Mongoliyaning shimoli-
g’arbiy qismida joylashgan bo’lib, tog’ va tekisliklardan tashkil topgan. U tabiiy 
sharoiti jihatidan Shimoliy Osiyoning Janubiy Sibir tog’-tayga landshaftlaridan 
Markaziy Osiyoning eng qurg’oqchil yassi tog’lik cho’l landshaftlariga o’tishdagi 
o’tkinchi o’lka hisoblanadi. O’lka rel’efi uchun keng tarqalgan va katta balandlikka 
ko’tarilgan tog’ tizmalari, tog’oralig’i botiqlari va tekisliklar xarakterli. Asosiy tog’ 
tizmalari Mongoliya va Gobi Oltoyi, Xangay hamda Xenteylardan iborat. Tog’ 
tizmalari orasida eng kattasi va balandi Mongoliya Oltoyidir. U 1500 km masofaga 
cho’zilgan bo’lib, qadimgi kristalli slaneslar, granitlar, porfiritlar va porfiralardan 
tuzilgan. Tizmaning ayrim balandliklarida Al’p tipidagi rel’ef shakllari saqlangan. 
Eng baland nuqtalari Munx-Xayrxon-Ula tog’ida 4362 m ga va Tabin-Bogdo-Ola 
massividagi Nayramdal cho’qqisida 4356 m ga yetadi. Bu cho’qqilar muzliklar bilan 
qoplangan. Eng kattasi Potanin muzligidir. Gobi Oltoyi Mongoliya Oltoyining 
davomi bo’lib, 500 km masofaga cho’zilgan. Geologik strukturasi granit, qumtosh 
va ohaktoshlardan iborat. Eng baland joyi Ixe-Bogdo tog’ida 3957 m. Xangayning 
eng baland joyi Enx-Tayvan massivida 3905 m ga, Xenteyniki esa Dzaluchud 
tog’ida 2800 m ga teng. 
Hududdagi tizma tog’lar oralig’ida tektonik botiqlar keng tarqalgan. Bu 
botiqlarning ko’pchiligida ko’llar uchraydi. Mongoliyaning g’arbiy qismida 
Mongoliya Oltoyi, Xangay va Tannu-Ola tog’lari oralig’ida Katta Ko’llar botig’i 
joylashgan. Uning maydoni 100 000 km
2
, dengiz sathidan balandligi 800 m dan 
1500-2000 m gacha. Yer yuzasi qiya tekislik va mayda tog’lardan iborat. Katta qum 
massivlari va sho’rli yerlar ko’p. Botiqning past joylarida cho’l va chala cho’l 
landshaftlari, baland yerlarda dasht landshaftlari keng tarqalgan. Gobi Oltoyi bilan 
Xangay tog’i oralig’ida tekislik yuzasi 1400-2000 m bo’lgan ko’llar vodiysi 
joylashgan. Sharq tomonda Xentey bilan Katta Xingan o’rtasida dengiz sathidan 
550-800 m baland ko’tarilgan keng botiq mavjud. Botiqning eng past joylari ko’llar 
va sho’rxoklar bilan band, uning janubi-sharqiy qismi Gobi yassi tog’ligi bilan 
tutashadi. 
O’lkaning iqlimi quruq, keskin kontinental, qishda Osiyo maksimumi 
hukmronlik qiladi. Shu sababli qishi sovuq, kam qorli va serquyosh bo’ladi. 
Yanvarning o’rtacha harorati Ulan-Batorda -27°S ga teng, minimal harorat -50°S 
gacha pasayadi. Qattiq sovuqlar ko’pincha botiqlarda kuzatilib, harorat inversiyasi 


312 
vujudga keladi. Iyulning o’rtacha harorati o’lkaning shimoliy qismida +18°+19°S ni 
tashkil etadi, maksimal harorat +40°S gacha ko’tariladi. Yillik amplituda Yer shari 
bo’yicha eng yuqori bo’lib 90°S ga yetadi. Yog’in juda kam yog’adi, uning asosiy 
qismi yoz fasliga to’g’ri keladi. Yillik yog’in miqdori tog’ yonbag’irlarida 300-500 
mm ga, botiqlarda 100-150 mm ga teng. 
Past Markaziy Osiyoning boshqa hududlariga nisbatan bu yerda daryo to’ri 
yaxshi rivojlangan. Xangaydan boshlanuvchi Selenga, Orxon daryolari Baykal 
ko’liga quyiladi va Shimoliy Muz okeani havzasiga qaraydi. Xenteydan 
boshlanuvchi Korulen, Onon, Xaylar daryolari Tinch okean havzasiga qaraydi. 
Uncha katta bo’lmagan Dzabxon, Xunguy, Tes-Xem, Baydra-Gol daryolari berk 
havzalarga quyiladi. Barcha daryolar yozda to’lib oqadi, yozgi toshqin muzlikning 
erishi va yozgi siklon yomg’iri bilan bog’liq. O’lka hududida kelib chiqishiga ko’ra 
qoldiqli, tektonik va morena ko’llari uchraydi. Eng yirik qoldiqli ko’llar guruhi Katta 
Ko’llar botig’ida joylashgan. Bular Ubsu-Nur, Xirgis-Nur, Xara-Us-Nur, Xara-Nur, 
Duro-Nur va boshqa mayda ko’llardir. Ko’llar vodiysida Bon-Sagan-Nur, Orog-Nur 
ko’llari joylashgan. Sharqiy keng botiqda Dalay-Nur va Buyr-Nur ko’llari bor. 
Mongoliyaning shimoliy qismidagi tektonik cho’kmada, dengiz sathidan 1645 m 
balandda eng katta xushmanzarali Xubsugul ko’li joylashgan. U har tomondan 
baland tog’lar bilan o’ralgan, maydoni 2620 km
2
, maksimal chuqurligi 238 m. 
Tog’larning shimoliy yonbag’irida o’rmonlar yaxshi rivojlangan. Janubga 
borgan sari o’rmonlar kamayib, ularning o’rnini dasht, chala cho’l va cho’l 
o’simliklari egallaydi. Xentey tog’ida va Xubsugul ko’li atrofida kedr, tilog’och va 
mayda bargli o’rmonlar uchraydi. Xangayda Sibir tilog’ochi va turli xil boshoqli 
o’tlar o’rmon-dasht landshaftlarini hosil qiladi. Gobi Oltoyi o’rmonlardan holi 
bo’lib, uning quyi mintaqasi cho’l, yuqori mintaqasi dasht o’simliklaridan tarkib 
topgan. Botiqlarda va o’lkaning sharqiy qismida cho’l va dasht o’simliklari siyrak 
holda o’sadi. O’rmonlarda tog’-podzol, dashtlarda tog’-kashtan, qora tuproqlar 
rivojlangan. Tog’larning 2300-2500 m dan yuqori qismida subal’p o’tloqlari, undan 
balandda tog’ tundra mintaqasi joylashgan. Qor chizig’i 3000-3500 m balanddan 
o’tadi. Fauna tarkibida Sibir taygasi va Markaziy Osiyo cho’llariga xos hayvonlar 
uchraydi. Tog’ o’rmonlarida qo’ng’ir ayiq, los, moral, kosulya, yovvoyi cho’chqa 
yashaydi. Dashtlarda Mongoliya sayg’og’i, antilopa, jayron, qo’shoyoq, tarbag’an 
sug’uri, bo’ri va tulkilar ko’p uchraydi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish