323
slanes, ohaktoshlaridan tuzilgan. Tayxanshan tog’idan g’arb tomonida Lyossli plato
yastanib yotadi. Uning balandligi sharqdan g’arbga tomon 1000 m dan 2500 m gacha
ko’tarilib boradi. Lyosslarning qalinligi 100 m gacha yetadi. Plato daryo vodiylari
bilan chuqur kesilgan, jarliklar keng tarqalgan. Sino-Tibet va Dabashan (2708 m)
tog’lari oralig’ida Sichuan botig’i joylashgan. Yuzasining balandligi o’rta qismida
400-500 m ni, chekkalarida 900-1000 m ni tashkil etadi. Bu yerda mezozoy
kontinental yotqiziqlarning qalinligi qariyb 4000 m ni tashkil etadi. Yotqiziqlar
orasida qizil rangli qumtoshlar keng tarqalgan va Sichuan botig’ini Qizil Havza deb
ham atashadi. Qazilma boyliklarning xilma-xil bo’lishi o’lka hududining geologik
tuzilshi bilan chambarchas bog’liq. Mezozoy intruziv jinslarida temir, magnetit,
mis
rudalari, polimetallar ko’p uchraydi. Tog’li hududlardagi molibden, marganes,
qo’rg’oshin, rux, qalay konlari katta ahamiyatga ega. Botiq va tekisliklarda neft,
tabiiy gaz, toshko’mir konlari bor.
O’lkaning katta maydoni subtropik iqlim mintaqasida joylashgan, faqat
shimoliy qismigina mo’tadil mintaqaga qaraydi. Bu yer uchun xarakterli bo’lgan
musson iqlimning xususiyati havo massalarining fasliy almashinib turishidir. Ya’ni
yozda okean, qishda kontinental havo massalari o’zining yorqin ifodasini topgan.
Yanvarning o’rtacha harorati Buyuk Xitoy tekisligining shimolida -6
0
-2°S, o’rta
qismida 0°+2°S, janubida +3°+4
0
S, Sichuan botig’ida +10°S dan yuqori. Yozda
okeandan iliq va nam havo massasi kirib keladi. Iyulning o’rtacha harorati dengiz
sohillarida +26°S dan ichkari hududlarda +29°S gacha ko’tariladi. Yog’in miqdori
tekislikda shimoldan janubga tomon 400-500 mm dan 750-1000 mm gacha o’zgarib
boradi. Nam iqlimli Sichuan botig’ining o’rta qismida yillik yog’in miqdori 800-
1200 mm ni, chekkalarida 1250-1750 mm ni tashkil etadi. Yog’inning qariyb 80%
yoz oylariga to’g’ri keladi. Musson yomg’irlari vaqtida tekislik daryolari juda to’lib
oqadi, suv toshqinlari tez-tez takrorlanib turadi.
Daryo to’ri yaxshi rivojlangan va to’lin suvli. Bu yerdan Xitoyning eng yirik
daryolari oqib o’tadi. Bular Xuanxe, Yanszi, Veyxey, Xayxe va boshqa daryolardir.
Barcha daryo tizimlari uzunligi 1782 km bo’lgan Buyuk kanal orqali tutashtirilgan.
Buyuk kanal
shimolda Pekindan boshlanib, janubda Xanchjougacha davom etadi.
Daryolar tog’ muzliklaridan va musson yomg’irlaridan to’yinib yozda toshib oqadi.
Ularning suvidan ekin maydonlarini sug’orishda va daryo transportida keng
foydalaniladi. Tekisliklarda ko’llar va suv omborlari ko’p. Eng yirik ko’llari Tayxu,
Xunszeku, Gaoyuxu, Veyshanxu va boshqalar. Daryo vodiylarida qayir ko’llar va
botqoqliklar keng tarqalgan. Tuproq qoplamida kuchli o’zlashtirilgan qo’ng’ir, jigar
rang va allyuvial tuprolar asosiy o’rin egallaydi. Pastqam joylarda botqoq va o’tloq
tuproqlar hosil bo’lgan. Sichuan botig’ida qizil va sariq tuproqlar rivojlangan.
Dengiz sohillarida sho’r tuproqlar uchraydi.
Sharqiy Osiyoning markaziy qismida tabiiy o’simliklardan subtropik o’rmonlar
yaxshi rivojlangan. Ular doimiy yashil eman, magnoliya, dafna, tunga, kamfar
daraxtlaridan hamda igna bargli janub qarag’ayi, sarv daraxtidan tarkib topgan.
O’rmonlarning quyi yarusida yelpig’ichsimon palma, kameliya, rododendronlar
o’sadi. Ayrim joylarda bambukzorlar uchraydi. Subtropik o’rmonlar 700-1000 m
dan balandda bargini to’kadigan mo’tadil tipdagi o’rmonlar
mintaqasi bilan
324
almashinadi. Bu mintaqada buk, eman, grab va igna bargli daraxtlar o’sadi.
O’rmonlardan yuqorida tog’ o’tloqlari va butazorlar hosil bo’lgan. Tayxanshan
tizmasiniig’ yon bag’ri keng bargli o’rmonlar bilan qoplangan. Sharqiy Osiyo
Xitoyning aholi zich joylashgan hududi hisoblanadi. Shu sababli Buyuk Xitoy
tekisligi qadimdan maksimal darajada o’zlashtirilgan. Qishloq xo’jaligida sholi,
paxta, makkajo’xori, araxis,
dukkaklilar, gaolyan, shakar qamish, tamaki ekiladi.
Tog’larning terrasalashtirilgan yon bag’irlarida sitruslar, choy, tut va tunga
daraxtlari o’stiriladi. Natijada o’rmonlarning maydoni keskin kamayib ketgan.
Maydon jihatidan tabiiy landshaftlarga nisbatan antropogen landshaftlar ustunlik
qiladi. Antropogen landshaftlar maydonining kengayishi munosabati bilan yovvoyi
hayvonlarning soni keskin kamaygan va ularning arellari qisqargan. Tog’li
hududlarda saqlanib qolgan o’rmonlarda Himolay qora ayig’i, qoplon, panda,
yenotsimon itlar yashaydi. Janubiy o’rmonlarda boshqa hayvonlar bilan bir qatorda
gibbonlar, makakalar, lemurlar uchraydi.
Qushlardan tustovuklar, to’tilar, qurlar
ko’pchilikni tashkil etadi. Daryo va ko’llari baliqlarga boy.
Do'stlaringiz bilan baham: