X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Nazorat savollari:
1. Janubiy Osiyo tabiiy geografik rayoni tabiiy sharoiti va geografik o’rni 
xususiyatlariga tavsif bering?
2. Himolay tog’lari o’lkasi tabiiy, iqlimiy va gidrografik sharoitini tavsiflang?
3. Hind-Gang pastekisligi o’lkasi gidrografiyasining o’ziga xos tomonlari nimada?
4. Hindiston yarim oroli tabiiy geografik o’lkasi tabiat mintaqalari geografiyasiga 
tavsif bering?
5. Shri-Lanka oroli o’lkasini boshqa o’lkalar bilan qiyosiy tavsif bering?
6.7.12. JANUBI-SHARQIY OSIYO 

Tayanch so’z va iboralar:
kristall massiv, mezozoy burmali struktura, 
orografik mintaqa, Iravadi, Menam, Mekong, ekvotorial va subekvotorial mintaqa, 
tropik tayfunlar, mussonlar, mangrazorlar, savannalar, sinklinal cho’kmalar.
 
 
Yevrosiyoning eng janubi-sharqiy qismida joylashgan Hindixitoy yarim oroli 
va uning janubiy davomi bo’lgan Malakka yarim oroli Janubi-Sharqiy Osiyo 
rayonini tashkil etadi. Hindixitoy yarim oroliga yaqin joylashgan Malay arxipelagi 
ham orollar tabiiy geografik o’lka sifatida Janubi-Sharqiy Osiyo rayoni tarkibida 
o’rganiladi.
Hindixitoy yarim oroli. 
Hindixitoy yarim oroli Yevrosiyoning eng janubi-
sharqiy qismida joylashgan tabiiy geografik o’lkadir. Uning maydoni 2 mln km
2
atrofida bo’lib, sharqiy va janubiy qirg’oqlarini Tinch okean dengizlari, g’arbiy 
qirg’oqlarini Hind okeanining dengiz va qo’ltiq suvlari yuvib turadi. Hindixitoy 
yarim oroli materikning janubiy qismida joylashgan yarim orollardan 
qirg’oqlarining kuchli kesilganligi, geologik strukturasining murakkabligi va yer 
usti tuzlishining xilma-xilligi bilan farq qiladi. O’lka hududida Vetnam, Laos, 
Kampuchiya, Tailand, Birmaning katta qismi va Malayziya joylashgan. 
Hindixitoy yarim orolining markaziy qismi eng qadimiy Hind-Sina kristall 
massividan, sharqiy qismi mezozoy burmali strukturadan va g’arbiy qismi kaynozoy 
burmali strukturadan tarkib topgan. Shuning uchun tog’ tizmalarining yo’nalishi 
submeridional yo’nalishga ega. Yer yuzasining umumiy qiyaligi shimoldan janubga 
tomon pasayib boradi. Shimoliy va markaziy qismlarida tog’liklar va platolar, 
janubiy qismida allyuvial pastekisliklar joylashgan. O’lkaning barcha tog’ tizmalari 


336 
va tog’liklari shimoldan janubga tomon cho’zilgan g’arbiy, markaziy va sharqiy 
orografik mintaqalarga bo’linadi. 
Yarim orolning g’arbiy chekka qismida Rokxayn yoki Arakan tog’ tizmasi 
Bengal qo’ltig’i qirg’og’i bo’ylab cho’zilgan. Uning janubiy davomi Andaman, 
Nikobar, Sumatra va Yava orollarigacha kirib boradi. Arakan tog’lari parallel 
tizmalardan iborat bo’lib, aksariyat qismi paleogen davrining yotqiziqlaridan 
tuzilgan. Uning eng baland nuqtasi Viktoriya cho’qqisida 3053 m ga yetadi. Arakan 
tog’ tizmasidan janubda balandligi 1898 m bo’lgan Sun tog’i, sharqiy tomonda 
baland nuqtasi 800 m ga ko’tarilgan Pegu past tog’lari joylashgan. Arakan va Pegu 
tog’ tizmalarini bo’ylama cho’zilgan Iravadi vodiysi va shu nomli allyuvial 
pastekislik ajratib turadi. 
G’arbiy mintaqadan sharqroqda joylashgan markaziy orografik mintaqa 
shimolda Shan tog’ligidan boshlanib, Malakka yarim orolining janubiy qismigacha 
davom etadi. Shan tog’ligi va uning janubiy davomi bo’lgan tizmalar kembriydan 
oldingi qadimiy kristall jinslardan tarkib topgan. Ularning ustki qismi paleozoyning 
ohaktoshlari va qumtoshlari bilan qoplangan. Bu qadimiy burmalangan zona 
mezozoy va kaynozoyda vertikal tektonik harakatlar natijasida qaytadan ko’tarilib 
burmali-palaxsali tog’larga aylangan. Shan tog’ligi chuqur vodiylar va tog’oralig’i 
botiqlari bilan kuchli parchalangan. Uning g’arbiy ohaktoshli pastroq qismida karst 
rel’ef shakllari yaxshi rivojlangan. Sharqiy qismi tik yonbag’irli va dengiz sathidan 
2000-2500 m baland ko’tarilgan. Ular Saluin daryosining chuqur vodiysi orqali 
ajralib turadi. Shan tog’ligidan janubda Tanentaunji (Intixanon cho’qqisi, 2595 m) 
va Bilau tizmalari joylashgan. Malakka yarim orolida markaziy mintaqa ancha 
kengayib balandligi orta boradi. Malakkaning shimoliy qambar qismini Punet (1465 
m) va Luang (1793 m) tog’lari, janubiy kengaygan qismini Taxan (2187 m) va 
Korbu (2183 m) tog’lari egallagan. Hindixitoyning markaziy qismida maydoni 160 
ming km
2
atrofida bo’lgan Korat platosi joylashgan. Uning balandligi 150-500 m 
dan 1000 m gacha boradi. Korat platosi bilan Pasak vodiysi oralig’ida meridian 
bo’ylab Dongpxrayafay tizmasi (Miang cho’qqisi, 2320 m) cho’zilgan. Undan 
janubi-sharq tomonda Kravan (Kardamon) tog’i cho’zilgan. Baland nuqtasi Samkax 
cho’qqisida 1744 m ga yetadi. 
Hindixitoyning sharqiy qismidagi sharqiy orografik mintaqa shimoldan 
janubga dengiz qirg’og’i bo’ylab cho’zilgan. Uning shimoliy qismidagi kuchli 
parchalangan tog’likda yarim orolning eng baland nuqtasi
Fansipan cho’qqisi dengiz 
sathidan 3143 m ko’tarilgan. Undan janubga tomon cho’zilgan Chionshon 
tizmasidagi Saylayleng tog’ida maksimal balandlik 2711 m ga, Raoko tog’ida 2286 
m ga yetadi. Sharqiy mintaqa tog’lari janubga tomon pasayib boradi. Iravadi, 
Menam va Mekong daryolarining quyi qismlarida allyuvial pastekisliklar katta 
maydonlarni egallagan. Hindixitoyning janubi-sharqiy qismida yuzasi yassi tekis 
bo’lgan Dongrek botig’i joylashgan. Daryo vodiylari va pastekisliklar aholi eng zich 
joylashgan va maksimal o’zlashtirilgan yerlar hisoblanadi. O’lkaning qadimgi 
burmali strukturalardan tarkib topgan markaziy tog’ mintaqasi foydali qazilmalarga 
boy. Shan tog’ligidan qo’rg’oshin, rux, volfram, qalay, kumush va boshqa rudalar 
qazib olinadi. Malakka yarim orolidagi tog’larda, Annam tog’ida oltin, volfram, 


337 
qalay konlari joylashgan. Sharqiy mintaqaning kaynozoy yotqiziqlarida neft konlari 
bor. Kravan (Kardamon) tog’lari sapfir, yoqut kabi qimmatbaho toshlarga boy. 
Hindixitoy yarim orolining katta qismi subekvatorial mintaqada va janubiy 
(Malakka yarim oroli) qismi ekvatorial mintaqada joylashgan. Mintaqalar 
o’rtasidagi chegara taxminan 10° sh.k. dan o’tadi. Subekvatorial iqlim mintaqasida 
harorat, yog’in va musson sirkulyasiyasining fasliy o’zgarishi aniq ifodalangan. 
Bundan tashqari o’lka hududida tog’ tizmalarining meridianal yo’nalishi qish 
oylarida shimoldan kontinental sovuq havoning kirib kelishiga to’sqinlik qila 
olmaydi. Shuning uchun o’lkaning shimoliy qismida eng sovuq oyning o’rtacha 
harorati 1000 m balandlikda +16°S dan yuqori ko’tarilmaydi. Ayrim paytlarda 
yanvarda harorat +4°S gacha pasayadi. 15° sh.k. dan janubda kontinental havo 
massasining ta’siri sezilmaydi. Bu yerda eng sovuq oyning harorati +21°+23°S 
gacha boradi. Pastekisliklarda iyulning o’rtacha harorati +26°+27°S. Yarim orolda 
eng issiq oy iyul emas, aprel hisoblanadi. Aprelning o’rtacha harorati Rangunda 
+29°S ga teng, tekisliklarning ichkari hududlarida esa +30°S dan oshadi. 
Janubi-g’arbiy ekvatorial mussonlar o’lkaning katta qismiga nam havo 
massalarini keltiradi. Natijada yarim orolning g’arbiy qirg’oqlariga yiliga 3000 mm 
atrofida yog’in tushadi. Yog’inning 80% i yoz oylariga to’g’ri keladi. Ichki 
hududlarda yog’in miqdori 1000 mm gacha kamayadi. Hindixitoyning shimoliy 
qismida Janubi-Xitoy dengizidan esadigan janubi-sharqiy mussonlar harakat qiladi. 
Bu yerda ham yog’inning asosiy qismi yoz fasliga to’g’ri keladi. Dengiz tomonidan 
tropik tayfunlar kelib turadi. Yarim orolning sharqiy qirg’oqlariga yomg’irni 
shimoli-sharqiy yo’nalishdagi qishki mussonlar keltiradi. Maksimum yog’in kuz va 
qish oylarida kuzatiladi, yozda esa g’arbiy mussonlar sharqiy qirg’oqlarga orografik 
to’siq tufayli yetib bora olmaydi va u yerlar yoz faslida quruq bo’ladi. Shunga 
qaramasdan sharqiy sohillarga yiliga 1500 mm dan 3000 mm gacha yomg’ir 
yog’adi. Ekvatorial iqlim mintaqasida o’rtacha oylik harorat ham yog’in miqdori 
ham bir tekisda taqsimlangan. Yil davomida harorat +26°+29°S ni tashkil etadi, 
yog’in miqdori 1500-2000 mm va undan ham ko’proq. Kuchsiz shamollar esib 
turadi. 
Hindixitoy yarim orolining barcha yirik daryolari Tibet tog’ligidan va 
Himolayning sharqiy qismidagi tog’lardan boshlanadi. Ular yuqori oqimida tog’ 
tizmalarini va tog’liklarni kesib o’tib, quyi oqimida keng allyuvial pastekisliklar 
hosil qiladi. Kichik daryolar o’lka hududidagi tog’liklardan va tizmalardan 
boshlanadi. Barcha daryolar uchun musson rejim xarakterli. Mekong daryosi faqat 
Hindixitoyda emas, balki Yevrosiyoda eng uzun daryolardan biri hisoblanadi. Uning 
uzunligi 4500 km, havzasining maydoni 810 ming km
2
, maksimal suv sarfi 30000 
m
3
/sek ga, minimali 1500 m
3
/sek ga teng. Mekong Tibetning Tangla tizmasidan 
boshlanib, Tinch okeanning Janubi-Xitoy dengiziga quyiladi. Quyi oqimida 
Mekongning suv rejimini Tonlesap ko’li boshqarib turadi. Uzunligi jihatidan 
ikkinchi o’rinda Saluin daryosi turadi. Uning uzunligi 3200 km, havzasining 
maydoni 325 ming km
2
. Bu daryo ham Tangla tizmasining 4000 m balandligidan 
boshlanib, Hind okeanining Andaman dengizidagi Martaban qo’ltig’iga quyiladi. 
Saluin yuqori oqimida qor suvidan, o’rta va quyi oqimida yomg’ir suvidan to’yinadi. 


338 
Iravadi daryosi uzunligi jihatidan Mekong va Saluin daryolaridan keyin uchinchi 
o’rinda turadi. Uzunligi 2150 km ga, havzasining maydoni 430 ming km
2
ga teng. 
O’rtacha yillik suv sarfi 13600 m
3
/sek. Iravadi Tibetning janubiy yonbag’ridan 
boshlanib Andaman dengiziga quyiladi. Menam daryosi yuqorida ta’riflangan 
daryolardan farq qilib

o’lka hududidagi tog’lik va platolardan boshlanib, quyi 
qismida Menam allyuvial pastekisligidan oqib o’tadi va Janubi-Xitoy dengizining 
Siam qo’ltig’iga quyiladi. Barcha daryolar kemalarning qatnovi uchun juda qulay.
Hindixitoyda laterit tuproqlarining bir necha xillari, tog’larning quyi 
mintaqalarida podzollashgan lateritlar keng tarqalgan. Savannalarda sariq, qizil, 
qizg’ish-qo’ng’ir tuproqlar, yirik daryo vodiylarida va del’talarda allyuvial tuproqlar 
rivojlangan. Baland tog’lar uchun qora tusli qo’ng’ir va tog’-o’tloq tuproqlar 
xarakterli. O’lka hududida tropik kengliklarga xos bo’lgan barcha o’simlik tiplari 
uchraydi. Ayniqsa nam tropik o’rmonlar, mangrazorlar, savannalar, Malakka yarim 
orolida tipik ekvatorial o’rmonlar yaxshi rivojlangan. Hindixitoyning pastqam 
sohillarini mangra o’rmonlari egallab olgan. Mangrazorlarda lipa palmasi ham 
uchraydi. Bu o’rmonlar polosasi vaqti-vaqti bilan suv bosadigan sohilbo’yi 
o’rmonlari bilan almashinadi. Sohilbo’yi o’rmonlarida kokos palmasi, kazuarina, 
panduslar ko’pchilikni tashkil etadi. Eng ko’p tarqalgan o’simlik tipi nam tropik 
o’rmonlardir. Ular Hindixitoyning tekisliklarini, tog’ yonbag’irlarining quyi 
qismini, Malakka yarim orolini va sharqiy qirg’oqlarining katta maydonini egallab 
olgan. O’rmonlar tarkibida palmalar, fikuslar, bambuklar, daraxtsimon 
paporotniklar ustunlik qiladi. Qimmatbaho daraxtlardan qizil, nim pushti rang tiko 
va kauchuk beradigan daraxtlar o’sadi. Muskat, qalampir munchoq, koritsa 
daraxtlari ham uchraydi. Malakkadagi o’rmonlarda havoning katta namligi tufayli 
daraxtlarda mox va lishayniklarning qalin qoplami hosil bo’lgan. 
Hindixitoy tog’larining 700-800 m dan yuqori qismlari doimiy yashil emanlar, 
bambuklar, paporotniklar bilan, tog’larning baland qismi bargini to’kuvchi keng 
bargli (kashtan, dafna daraxti) o’rmonlar bilan qoplangan. Tog’larning eng baland 
cho’qqilarida qing’ir-qiyshiq o’rmonlar va subal’p o’tloqlari tarkib topgan. 
O’lkaning namgarchilik kam bo’ladigan shimoliy va ichki hududlarida savanna 
o’simlik tipi vujudga kelgan. Ular kesilib ketgan o’rmonlar o’rnida shakllangan 
bo’lib, antropogen savannalar hisoblanadi. Savannalar uchun boshoqli o’tlar va 
yovvoyi shakarqamishlar xarakterli. Tekisliklarda va tog’ etaklarida janubiy 
o’simlik o’rnini madaniy ekinlar egallagan. Pastqam yerlarda sholi, shakarqamish, 
bananlar yetishtiriladi. Qurg’oqchil sug’oriladigan hududlarda paxta, sal daraxti, 
kokos palmasi, geveya daraxti ekiladi. Tog’larning terrasalashtirilgan yon 
bag’irlarida choy plantasiyalari barpo etilgan. 
Hindixitoy yarim orolining fauna tarkibida o’rmon hayvonlari hukmronlik 
qiladi. Ular orasida gibbonlar, makakalar, Hindixitoy fili, qora ayiq, Malay ayig’i, 
yo’lbars, qoplon, karkidon, yovvoyi mushuk, bug’u, jayra, bambuk kalamushi 
ko’pchilikni tashkil etadi. Suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlardan timsohlar 
uchraydi. Qushlardan jannat qushlari, tustovuqlar, kakliklar, to’tilar, yovvoyi 
tovuqlar, tovuslar ko’p tarqalgan. 


339 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish