X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Shimoliy Uzoq Sharq.
Bu tabiiy geografik o’lka Yevrosiyoning eng chekka 
shimoli-sharqiy qismini egallaydi. Uning tarkibiga Chukotka tog’ligi, Anadir yassi 
tog’ligi, Anadir-Penjina pastekisligi, Koryak tog’ligi, Jugjur tizmasi, Kamchatka 
yarim oroli va Kuril orollari kiradi. O’lka tabiati shakllanishida uning geografik 
o’rni, shimol va sharq tomonlarida sovuq Chukotka, Bering va Oxota dengizlari 
bilan chegaralanganligi, qishda yuqori atmosfera bosimi ta’sirida bo’lishi va 
rel’efining xilma-xilligi katta rol o’ynagan. O’lka hududi shimoldan janubga 3000 
km masofaga cho’zilgan, maydoni 1 mln. km
2
ga yaqin. O’lka murakkab tektonik 
strukturasi va tog’li rel’efi bilan farq qiladi. Tekislik yuzalar kam tarqalgan bo’lib, 
ular materik ichkarisiga kirib borgan dengiz qo’ltiqlari sohillarida va yirik botiqlarda 
joylashgan. Bular Anadir va Penjina pastekisliklari, Parapol doli, Markaziy 
Kamchatka botig’i va boshqalardir. 
Paleozoyning oxiri va mezozoyning boshlarida o’lkaning shimoliy qismi 
Verxoyansk-Chukotka geosinklinal dengiz havzasining sharqiy chekkasi bo’lib, 
unda cho’kindi jinslar to’plana borgan. Mezozoy burmalanishida o’lkaning
shimoliy chekkalaridagi strukturalar - Chukotka tog’ligi va Ekiatap tizmasi paydo 
bo’lgan. Burmalar hosil bo’lgan paytda intruziyalar chiqib oltin, qalayi ruda 
konlarini vujudga keltirgan. O’lkaning katta qismi kaynozoy burmali oblastining 
Tinch okean mintaqasiga qaraydi. Uning asosiy qismining tarkib topishida Al’p 
orogenezi hal qiluvchi rol o’ynagan. Al’p burmalanishi bosqichida bo’r, paleogen 
va neogen yotqiziqlari burmalanib, shimoli-sharqiy yo’nalishdagi burmali 
strukturalar vujudga kelgan. Shu davrda o’lkani qamrab olgan vulkanik harakatlar 
ham nihoyatda kuchli bo’lgan. 
Neotektonik harakatlar antropogenda ham juda faol davom etgan. Natijada eski 
yoriqlarga ko’ndalang ravishda ko’plab yangi tektonik yoriqlar paydo bo’lib, 
burmali strukturalarni alohida-alohida palaxsalarga bo’lib yuborgan. Vulkanik 
harakatlar kuchayib bazalt, andezit lavalari oqib chiqqan, ko’plab plato va kichik 
burmali massivlarni hosil qilgan. Strukturalarni vujudga keltiruvchi neotektonik 
harakatlar hozir ham faol davom etmoqda. Vulkanlarning otilishi, tez-tez bo’lib 
turadigan zilzilalar bu zonada geosinklinal taraqqiyot bosqichini davom 
etayotganligidan dalolat beradi. O’lkaning xarakterli rel’ef tiplari - past tog’ va 
o’rtacha baland tog’ massivlaridir. Ularning ayrimlari chuqur vodiylar bilan kuchli 
parchalangan, ayrimlarida yassi tepalar saqlanib qolgan. Bu rel’ef tiplarining 
o’rtacha balandligi 500 m dan 1700 m gacha. Chukotka tog’ligining eng baland joyi 
1508 m, Markaziy Koryak massividagi Muz tog’ining balandligi 2562 m. Markaziy 
Koryak massivi Koryak tog’ligining orografik yadrosi bo’lib, undan o’rtacha 
balandligi 1000-1500 m bo’lgan Janubiy Mayn, Pikas, Olyutor, Paxachi va boshqa 
tog’ tizmalari atrofga tarqalgan. O’lkaning eng baland tog’lari Kamchatka yarim 
orolida joylashgan. 


303 
Kamchatka yarim oroli Koryak tog’ligidan va materikdan Parapol doli 
cho’kmasi orqali ajralib turadi. U shimoldan janubga 1200 km masofaga cho’zilgan, 
maksimal kengligi 480 km, maydoni 350 ming km
2
. Yarim orol hozirgi zamon 
Sharqiy Osiyo geosinklinal zonasida joylashgan va uning tog’ tizmalari nisbatan 
yaqinda burmalangan. Kamchatka rel’efining xarakteriga ko’ra g’arbdan sharqqa 
tomon 5 qismga bo’linadi: 
G’arbiy sohil tekisligi, O’rtaliq tizmasi, Markaziy 
Kamchatka tog’oralig’i botig’i, Sharqiy tizma va Sharqiy vulkanik hudud. 
Yarim orolning g’arbiy qismini kengligi 80-100 km keladigan G’arbiy 
Kamchatka pastekisligi egallagan. Markaziy qismida O’rtaliq tizma joylashgan 
bo’lib, uning eng baland nuqtasi Klyuchi Sopkasida 4780 m ga yetadi. Tizmaning 
o’rta qismida parchalanib ketgan lava platolari va vulkan konuslari joylashgan. 
O’rtaliq va Sharqiy tizmalar oralig’ida kengligi 50-80 km gacha cho’zilgan lavalar, 
flyuvioglyasial, prolyuvial va allyuvial yotqiziqlar bilan qoplangan Markaziy 
Kamchatka botig’i joylashgan. Murakkab strukturali sharqiy tizma Ganal, Valagin, 
Tumrok va Kumroch tog’laridan tarkib topgan. Sharqiy tizmada Kamchatkaning 
baland cho’qqilaridan shimolda Shiveluch (3283 m) va janubda Nomsiz (3628 m) 
vulkanlari joylashgan. Sharqiy vulkanik plato so’ngan va harakatdagi vulkanlarga 
juda boy. Bu yerda Kronoki vulkani dengiz sathidan 3528 m, Koryak 3456 m, 
Avacha 2741 m qad ko’tarilgan. Umuman Kamchatkada 160 ta vulqon mavjud 
bo’lib, shundan 28 tasi harakatdagi vulqon hisoblanadi. 
O’lkaning iqlimi musson xarakterga ega bo’lsada, uning shimoliy qismida 
janubga nisbatan musson iqlim belgilari ancha kuchsiz namoyon bo’ladi. Qishda 
Arktika frontining Oxota tarmog’i siklonlari o’tib, yog’inni bir oz ko’paytiradi. 
O’lkaning shimoliy hududlarida yoz salqin keladi va qisqa davom etadi. Iyulning 
o’rtacha harorati Chukotka tog’ligida va yarim orolida +4°+6°S ni, yanvar oyiniki -
-24°-32°S ni tashkil etadi. Anadir va Penjina pastekisliklarida issiq oyning o’rtacha 
harorati +8°+12°S, sovuq oyniki -24°-28°S bo’ladi. Janubda havo ancha iliq, 
Kamchatkada, Kuril orollarida va Oxota sohillarining janubida iyulning o’rtacha
harorati +16°S, yanvarniki -15°S gacha ko’tariladi. Atmosfera yog’inlari o’lkaning 
shimolida g’arbdan sharqqa tomon 250 mm dan 500 mm gacha orta boradi. Koryak 
tog’ligining g’arbiy yonbag’irida 300-350 mm, sharqiy yonbag’irida 800 mm gacha 
yog’in tushadi. Kamchatka yarim orolining sharqiy sohillari uchun dengiz iqlimi 
xarakterli, yillik yog’in miqdori 700 mm dan 1100 mm gacha boradi. Qor 
qoplamining kalinligi 1,5-2 m ni, shimolda esa 50 sm ni tashkil etadi. 
Kamchatkada hozirgi zamon muzliklari ham mavjud. Muzliklarning umumiy 
maydoni 874 km
2
bo’lib, uning ko’pchilik qismi O’rtaliq tizmada joylashgan. Bu 
yerda qor chizig’i 1500-1600 m balandlikdan o’tadi. Eng katta muzlik Klyuchi 
Sopkasi hududidagi Erman muzligi bo’lib, maydoni 34,1 km
2
, uzunligi 16 km. 
Baland cho’qqilarni va vulqon sopkalarini 5-7 qirrali yulduzsimon qiyofadagi 
muzliklar qoplagan. O’lkada gidrografik to’r yaxshi rivojlangan, ammo yirik 
daryolar juda kam. Eng yiriklari Anadir, Penjina va Kamchatka daryolaridir. Anadir 
daryosi (1145 km) Anadir yassi tog’ligidan, Mayn irmog’i Koryak tog’ligidan 
boshlanib, Bering dengizining Anadir qultig’iga qo’yiladi. Penjina (640 km) Kolima 
tog’laridan boshlanib, Oxota dengizining Penjina ko’rfaziga quyiladi. Bu daryolar 


304 
qor va yomg’ir suvidan to’yinadi. Kamchatka (770 km) daryosining to’yinishida yer 
osti suvlari katta rol o’ynaydi. Kamchatka yarim orolida vulkanik ko’llar va issiq 
buloqlar keng tarqalgan. Eng yiriklari Kronosk (212 km
2
) va Kuril (76 km
2
) vulkanik 
ko’llaridir. Geyzernaya daryosi vodiysida 22 ta harakatdagi yirik geyzerlar mavjud. 
Ulardan eng kattasi Velikan geyzeri qaynoq suvni 40-50 m gacha balandlikka otadi. 
Geyzer buloqlari suvining harorati 90-100°S ga teng. 
Shimoliy Uzoq Sharq o’lkasida sovuq va nam iqlim sharoitida tundra 
landshaftlari keng tarqalgan. Tundraning janubiy chegarasi Magadan yaqinidan 
o’tadi. Zonaniig torfli-gleyli tundra tuproqlari mox, lishaynik, qiyoq, momiqbosh, 
golubika, brusnika, yernik, qutb boshoqlilari bilan qoplangan. O’rmon-tundra zonasi 
yer bag’irlab o’suvchi kedr, olxa va past bo’yli o’rmonlardan tashkil topgan. 
O’lkaning janubida, Jugjur tog’larida tog’-tayga landshaftlari hukmronlik qiladi. Bu 
zonada Ayan yeli, oq po’stloqli pixta, toshqayinlar o’sadi. O’rmonlar tagida tipik 
tog’-tayga podzol tuproqlar rivojlangan. Tog’larning 1100-1300 m dan yuqori 
qismida baland tog’ tundra mintaqasi boshlanadi. O’lkaning shimoliy qismi uchun 
Sharqiy Sibir fauna elementlari, janubiy qismi uchun Manjuriya fauna elementlari 
xos. Kamchatka faunasi esa orol xarakteriga ega bo’lib, bir oz farq qiladi. Uning 
tarkibida Kamchatka soboli, qo’ng’ir ayiq, suvsar, tulki, shimol bug’usi, Kamchatka 
sug’uri, qor qo’yi uchraydi. Sibir taygasidan olmaxonlar Parapol doli orqali kirib 
kelgan. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish